Telegram-bot Virtual qabulxona

16.06.2021

Qurilayotgan binolar talabga javob beradimi?

Jamoatchilik nazorati
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi oʻrtasida imzolangan memorandumga asosan, federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Bunda aholining murojaatlarini eʼtiborga olgan holda hududlarda qurilayotgan qurilish obyektlaridagi muammolarning bartaraf etilishiga, qurilishlar sifatining yanada yaxshilanishiga koʻmaklashish, qolaversa, aholining isteʼmolchi sifatida huquqlari buzilishining oldini olish maqsad qilingan.  

Ishchi guruh faoliyati davomida mavjud qurilish obyektlarining qurilishiga oid tegishli meʼyoriy hujjatlarining mavjudligi, qurilish obyektlarining sifati va texnik reglamentlarga mosligi, binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilganligi, nogironlarning obyektlardan moneliksiz foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilganligi kabi jihatlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Atrof- muhit va ekologik xavfsizlik talablari, shuningdek, sanitariya normalariga hamda qoidalariga rioya etilganligining mosligi kabi jihatlar ham mutaxassislar – Ishchi guruh aʼzolarining eʼtiboridan chetda qolmayapti.

Karmana tuman Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududida “Osiyo yugra” xususiy korxonasi tomonidan 5 qavatli 66 xonadonga moʻljallangan turar joy binosi qurilishi olib borilmoqda.
Oʻrganishlar jarayonida qurilishda ishlatiladigan sement, gʻisht va boshqa qurilish mahsulotlarining aksariyati uchun maxsus sertifikat qogʻozlari mavjud emasligi kuzatildi. Loyihada binoning birinchi qavatida havo tortgich shaxtalari koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan binoda mavjud emas. Qolaversa, xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda qurilish atrofi toʻliq oʻralmaganligi, ishchilarning birortasi ham maxsus va bosh kiyim (kaska)da emasligi kuzatildi.

Qurilishda ishlovchilar uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmagan. Ularning yotib-turishlari, dam olishlari va yuvinishlari uchun mutlaqo sharoit mavjud emas. Ovqat pishirish uchun esa qoʻl bola pechlardan foydalanib kelinmoqda.

Bu kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilmoqda. Oʻrganishlar davom etmoqda.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00