Telegram-bot Virtual qabulxona

17.06.2021

Demontaj boʻlgan plitalar yohud kimni aldashmoqchi?!

Avval xabar beragnimizdek,  Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Qurilish vazirligi oʻrtasida imzolangan memorandum asosida joylarda qurilib, foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino hamda inshootlarda jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-oʻrganishlar olib borilmoqda. 
Afsuski, oʻrganishlar natijasini ijobiy deb boʻlmaydi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) qurilib foydalanishga topshirilgan, ayni paytda qurilish ishlari davom etayotgan obyektlarda qurilish ishlarining “Shaharsozlik toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga muvofiqligi va sohadagi mavjud muammolar oʻrganilmoqda. 
Xususan, pudratchi tashkilot Absalim Nodirov MCHJ tomonidan Qiziriq tumani “Rabotak” maxallasida 2 qavatli “Maxalla guzari” binosi qurilish ishlari viloyat hududiy nazorat inspeksiyasi ruhsatnomasi asosida 2020-yil fevral oyida boshlangan boʻlsada, qurilish ishlari oʻz yakuniga yetkazilmagan. Bundan tashqari, bino qurilishida eski plitalardan foydalanilganligi, shuningdek, loyixa boʻyicha obyekt pishgan gʻishtdan qurilishi koʻrsatilgan boʻlsada, ikkinchi qavat qurilishida blok gishtdan foydalanilganligi maʼlum boʻldi. Vaholanki, qurilish shartnomasida pishgan gʻisht va plita uchun alohida pul mablagʻlari ajratib koʻrsatilgan. Binoning tom qismi esa toʻliq yopilmagan.
Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00