Telegram-bot Virtual qabulxona

23.06.2021

Isteʼmolchi huquqlari qonun himoyasida

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi fuqaro Maratgul Sohibova tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch tedlefoni orqali murojaat kelib tushdi. 
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi 1 641 600 (bir milllion olti yuz qirq bir ming olti yuz) soʻm noreal qarzdorlik va qoʻshimcha 333 162 (uch yuz oʻttiz uch ming bir yuz oltmish ikki) soʻm penyani mavjudligi sababli xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan  uzib qoʻyilgani, isteʼmolchi bir necha marotaba mutasaddilarga murojaat qilgan boʻlsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini qayd etgan.
  Murojaatga asosan Federatsiyaning Muborak tuman jamiyati mutahassislari tomonidan  “Muboraktumangaztaʼminot”i boʻlimi boshligʻi A.Gʻofurovga rasmiy xat yuborilgan boʻlsada, qonunda belgilangan tartib boʻyicha 10 kunlik muddat mobaynida mazkur arizani  oʻrganish uchun mutaxassis yuborilmadi. Shuningdek, soʻralgan malumotlar (abonent kartasidan koʻchirma, shartnomasi nusxasi hamda hatlov dalolatnomasi nusxalari) taqdim etilmadi.
Shundan soʻng, Federatsiya masʼullari tomonidan Muborak tuman sudiga daʼvo aʼrizasi kiritildi. Sud yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, daʼvogar (isteʼmolchi) ga nisbatan tabiiy gaz uchun hisoblangan  1 641 600 soʻm qarzdorlik va qoʻshimcha 333 162 soʻm penya soligʻi asossiz deb topildi va noreal qarzdorlik isteʼmolchi gardanidan olib tashlanishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00