Telegram-bot Virtual qabulxona

18.10.2023

Iste'molchiga maqbul kelmagan tovar yangisiga almashtirildi

Pop tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Uygʻursoy" mahallasida yashovchi fuqaro Y.D.dan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Pop tumanida joylashgan kredit savdo doʻkonlarning biridan 582 000 soʻmga "Chopper Art" mahsulotini muddatli toʻlov asosida xarid qilgan. Ammo tovar talabga javob bermaganidan norozi ekanligini bildirgan.

Ushbu murojaat tuman ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, sifatsiz mahsulot yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00