Telegram-bot Virtual qabulxona

11.06.2021

21.539.000 SOʻM MABLAGʻ ISTEʼMOLCHILAR FOYDASIGA HAL ETILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Balyasnikov tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda isteʼmolchi, 2020-yil fevral oyida  Samarqan shahar Boʻstonsaroy koʻchasida joylashgan “OOO Nafosat Boʻstoni” MCHJ ning aviabilet sotish shaxobchasidan Toshkent Kalliningrad yoʻnalishi boʻyicha jami 5 dona 11 539 000  (oʻn bir million besh yuz oʻttiz toʻqqiz ming) soʻmga aviachipta sotib olgan. Biroq, pandemiya davrida avia qatnovlar maʼlum muddatga uzaytirilganligi sababli parvoz amalga oshirilmagan. Shundan soʻng, fuqaro aviabilet pullarini qaytarishini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Ana shunday murojaatlardan yana biri, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.Samadov tomonidan kelgan boʻlib, isteʼmolchi “OOO  Doston Servis Plyus” MCHJ ning aviabilet sotish shaxobchasidan oʻgʻli  A.Samadovga Rossiya Federatsiyasiga borish uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻmga aviyachipta sotib oladi ammo,  fuqaro A.Samadovga aeroportda  aliment toʻlovlaridan  qarzdorlik mavjudligi sabab uchishga ruxsat berilmagan. Qiziqarli tomoni shundaki, fuqaro A.Samadovga aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan oʻz vaqtida ogohlantirilmagan. Fuqaro chipta uchun toʻlangan 10 000 000 (oʻn million) soʻm mablagʻni qaytarishni soʻrab  “OOO  Doston Servis Plyus” MCHJ ga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramay puli qaytarib berilmaganligini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaatlar oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchilar foydasiga 21.539.000 (yigirma bir million besh yuz oʻttiz toʻqqiz ming) soʻm mablagʻ undirilishiga erishildi.

Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00