Выберите язык
📌 PASTDARG‘OM TUMANI ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH JAMIYATINING 2026-YIL BIRINCHI YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAQDIM ETILDI
Pastdarg‘om tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hisobot davrida iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Yil boshida tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq mahallalar, ta'lim muassasalari, tibbiyot birlashmasi, bozor va savdo komplekslari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarida yig‘ilishlar, o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etilib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi.
Hisobot davrida jamiyatga kelib tushgan 90 ta murojaatning barchasi ijobiy hal etilib, iste'molchilar foydasiga 176 million 918 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib undirib berildi. Shuningdek, tumandagi 28 ta mahalla aholisiga tuman gaz ta'minoti korxonasi bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jamiyat tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali amalga oshirilayotgan ishlar, iste'molchilar huquqlariga oid qonunchilik, murojaatlar natijalari hamda foto va videolavhalar muntazam yoritib borildi. Bu orqali aholining huquqiy xabardorligini oshirish va ochiqlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
Hisobotda jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyati ham alohida e'tirof etildi. Xususan, jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan 10 ta mahalladagi 120 ta xonadonga Yangi yil, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, Ro‘za hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan saxovat va ko‘mak aksiyalari tashkil etildi. Kam ta'minlangan oilalar, keksalar, yoshlar hamda xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan uyda yakka tartibda va inklyuziv ta'lim olayotgan bolalarga planshetlar, kompyuter jamlanmalari, badiiy adabiyotlar, esdalik sovg‘alari hamda bepul davolanish uchun yo‘llanmalar topshirilgani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida ta'lim sifatini oshirish va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida monitoringlar o‘tkazilgani, shuningdek, radio va televideniye orqali chiqishlar qilinib, iste'molchilar bilan bir qatorda tadbirkorlarning ham huquq va majburiyatlari, iste'mol madaniyati yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borilgani alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida Pastdarg‘om tumani jamiyati faoliyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish samaradorligini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Federatsiya tomonidan tumandagi xizmat ko'rsatish obyektlarida iste'molchi huquqlarini himoya qilish va xizmat ko'rsatish madaniyatini yaxshilashga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
Navbatdagi reja asosidagi o'rganish va tushuntirish ishlari Bozatov tumanidagi xotin-qizlar go'zallik salonlarida tashkil etildi.
Shuningdek, salon xodimlari va xizmatdan foydalanuvchi iste'molchilar bilan o'zaro suhbat o'tkazilib, ularga o'z huquq va majburiyatlari bo'yicha amaliy maslahatlar berildi.
Asosiy maqsad — aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish va har bir iste'molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat!
Federatsiya tomonidan tumandagi xizmat ko'rsatish obyektlarida iste'molchi huquqlarini himoya qilish va xizmat ko'rsatish madaniyatini yaxshilashga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
Navbatdagi reja asosidagi o'rganish va tushuntirish ishlari Bozatov tumanidagi xotin-qizlar go'zallik salonlarida tashkil etildi.
Shuningdek, salon xodimlari va xizmatdan foydalanuvchi iste'molchilar bilan o'zaro suhbat o'tkazilib, ularga o'z huquq va majburiyatlari bo'yicha amaliy maslahatlar berildi.
Asosiy maqsad — aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish va har bir iste'molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat!
Tuman aholisining murojaatlari va talablarini qat’iy nazoratga olish, ularning turmush sharoitini yaxshilash yoʻnalishidagi ushbu chora-tadbirlar oʻz natijasini bermoqda.
Jumladan, Qoraoʻzak tumani jamoatchiligining aralashuvi va Tumanli Inson ijtimoiy xizmatlar markazining koʻrsatgan yordami orqali bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi:
Qoraoʻzak tumani A.Dosnazarov MFY fuqarosi Sultanova Dilarag‘a zaruriy yordam sifatida bahosi 170 000 soʻm boʻlgan Tirsakli qoʻltiq tayoq olib berildi.
Berdaq MFY fuqarosi Oralbay Dawlimovga alohida e’tibor koʻrsatilib, bahosi 2 500 000 soʻm boʻlgan nogironlik aravachasi berildi.
Xalqning manfaati yoʻlida olib borilayotgan bunday ezgu va xayrli ishlar kelgusi vaqtlarda ham davom etadi.
Iste’molchilarning obod turmushi — asosiy vazifamiz!
Страница 1 из 2