“ONIX” avtomobili bilan bog‘liq muammo ham o‘zining ijobiy yechimini topdi.
- Информация о материале
- Автор: Andijon viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 17
Avtomobil — bu shunchaki temir va texnika emas. U insonning kundalik hayotidagi qulaylik, oilasi bilan bog‘liq rejalar, mehnati va harakat erkinligini ta’minlaydigan muhim vositadir. Shu sababli xarid qilingan har qanday transport vositasi sifatli va soz holatda bo‘lishi iste’molchining tabiiy huquqidir.
Marhamat tumani, “Gargar” MFYda yashovchi fuqaro D.Siddiqov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qildi.
Fuqaroning ma’lum qilishicha, u joriy yilning 10-may kuni Marhamat tumani markazida joylashgan avtosalondan “ONIX” rusumli avtomobilni muddatli to‘lov shartnomasi asosida xarid qilgan. Biroq oradan vaqt o‘tib, avtomobilda texnik nosozlik, xususan, glushitel qismida muammo yuzaga kelgan.
Iste’molchi 27-iyun kuni avtomobilni avtosalonga qaytarib topshirgan bo‘lsa-da, transport vositasi servis xizmatiga yo‘naltirilmagan. Shu sababli fuqaro o‘zining qonuniy huquqlarini tiklash maqsadida murojaat qildi.
Mazkur murojaat Marhamat tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada avtomobil servis xizmatiga yo‘naltirilib, iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Natijada nafaqat texnik muammo bartaraf etilishi uchun imkon yaratildi, balki iste’molchining ishonchi va huquqlari ham tiklandi.
Ellikqaladagi vaziyat: Tozalik va yuqori madaniyat namunasi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 22
Shomanoy tumanidagi yoqilg'i quyish shahobchasidagi muhim masalalarni ko'rib o'tib, Ellikqal’a tumani misolida bu sohadagi tajribalarni va yaxshi o'zgarishlarni ko'rib chiqishga bo'ladi. Ellikqal’a tumanidagi kasb egalari va mas'ul shaxslar xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga, jumladan, sanitariya va tozalik talablarini qat'iy nazorat qilishga ulkan e'tibor qaratgan.
Zamonaviy talablar va tozalik Ellikqal’a tumanidagi zamonaviy yoqilg'i quyish va gaz quyish shahobchalari – bu faqatgina avtomobillarni yoqilg'i bilan ta'minlaydigan o'rin emas, albatta, iste'molchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha yaxshi misol bo'lib hisoblanadi.
Sanitariya-gigiyena talablari: Bu yerdagi shahobchalarda mo'ljallangan sanitariya o'rinlari (hojatxona va yuvinish xonalari) muntazam ravishda tozalanib, barcha bo'limlari talabga javob beradigan vaziyatda.
Xizmat ko'rsatish madaniyati: Operatorlar va xodimlar tomonidan iste'molchilarga hurmat bilan munosabat qilinib, har bir keluvchiga qulay sharoitlar yaratilgani ko'zga tashlanadi. Tozalik va tartib – bu yerdagi asosiy nazoratdagi yo'nalishlardan biri.
O'rnakli shahobchalar qanday bo'lishi kerak? Ellikqal’a tumani tajribasi ko'rsatganidek, har bir kasb egasi o'z xizmat hududida quyidagi qoidalarni qat'iy ravishda bajaradi:
Zamonaviy standart: Iste'molchilarga qulaylik yaratish, sanitariya talablariga to'liq amal etish va tozalikni saqlash – xizmat ko'rsatish sifatining asosiy o'lchovi bo'lib hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish sohasidagi bunday tajribalar va tartib-intizom barcha hududlar uchun yaxshi namuna bo'lib xizmat qiladi.
Kafolat bor, ammo xizmat yo‘qmi? 1091 murojaati muammoni hal qildi!
- Информация о материале
- Автор: Andijon viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 26
Xarid qilingan texnika kafolat ostida bo‘lsa-da, ayrim hollarda iste’molchilar servis xizmatidan asossiz ravishda rad javobini olishmoqda. Bunday vaziyatda esa qonun iste’molchi tomonida turadi.
Andijon shahri, “Haqiqat” ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.G‘aniyeva shahardagi “O‘zbegim” savdo markazida joylashgan “Idea” savdo do‘konidan noutbuk xarid qilgan. Ammo foydalanishning dastlabki oyidayoq qurilmada texnik nosozlik yuzaga kelgan.
Fuqaro kafolat muddati amal qilayotgan bo‘lishiga qaramay, servis markaziga murojaat qilganida unga kafolatli xizmat ko‘rsatish rad etilgan. Shundan so‘ng u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qoldirdi.
Murojaat Andijon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hamda mas’ul servis markazi bilan olib borilgan muzokaralar va tushuntirish ishlari natijasida servis markazi o‘z majburiyatini bajardi. Noutbuk kafolat shartlariga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud nosozlik bartaraf etildi.
❗️Agar siz ham xarid qilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifati bo‘yicha muammoga duch kelsangiz, sukut saqlamang. Qonuniy huquqlaringizni himoya qilish uchun 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling. Har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganiladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.
Iste'molchining huquqi himoya qilindi: Motosikl masalasi bartaraf etildi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaroning murojaati To'rtko'l tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko'rib chiqilib, murojaat ijobiy yechim topdi.
13 million so'mlik savdo: Fuqaraning ukasi "O'.T" do'konidan muddatli to'lov asosida bahosi 13 000 000 so'm bo'lgan motosikl sotib olgan.
Aniqlangan nuqson: Vaqt o'tib, transport vositasida nosozlik yuzaga kelgan.
Federatsiyaning aralashuvi: Fuqaraning murojaati asosida jamiyat mutaxassislari do'konga borib, to'g'ridan-to'g'ri tushuntirish va o'rganish ishlarini olib bordilar.
Natijada: Shartnoma bekor qilinib, to'langan 13 million so'm mablag' fuqaroning ukasining shaxsiy plastik kartasiga qaytarib berildi.
Beruniy tumani 1-sonli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi: “Kesteli retseptlar” va xalqning azobi – rahbarlarning kibrli qo'pol munosabatiga qachon chek qo'yiladi?
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
Beruniy tumanidagi 1-sonli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi vaziyatlar “islohot” degan so'zning ma'nosini yo'qotishga aylanib bormoqda. O'rganishlar natijasi masala faqatgina loyqa devorlar yoki eskirgan mebellardan iborat emasligini, balki tibbiyot muassasasining boshqaruv tizimidagi va shifokorlarning kasbiy qarashidagi chuqur inqirozda ekanligini ko'rsatadi.
1.D-med: Elektron tizim bor, biroq “qog'oz” ustunligi saqlanib turibdi Bugungi kunda barcha tibbiyot muassasalari D-med elektron tizimiga o'tib bormoqda. Biroq, Beruniy tumanidagi 1-sonli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi vaziyat boshqacha: tizim bo'lsa-da, shifokorlar hamon dori-darmonlar uchun “retsept” deb qog'oz yozib berishni “kasb” etgan. Bu – xalqning vaqtini olish va aldashdan boshqa narsa emas. Nima uchun elektron tizim kiritildi? Agar shifokorlar undan foydalanmaydigan bo'lsa, unda bu muassasada kimlar o'z ishini bajarib yotibdi?
2.Kutish zallari va “tushlik” bahonalari Poliklinika koridorlarida vaziyat juda og'ir. Navbat kutib turgan qariyalar, nogironligi bor odamlar va kichkina bolali onalar uchun o'tiradigan joylar ham yetarli emas. Odamlar tik oyoqda, sovuq munosabatga chidab navbat kutadilar. Shifokorlar esa, “tushlik” vaqtini bahona qilib, soat 12:00 dan so'ng xalqni hech qiqinchiliksiz “tushdan keyin keling” deb bekorga qaytarib yubormoqdalar.
3.Boshqaruv tizimidagi “tinchsizlik”: tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, bosh buxgalter va xo'jalik mudiri Masalaning ildizi – poliklinika boshqaruvida emasmi? Xo'jalik mudiri qayerda muammo bo'lsa, darhol bosh shifokorga ma'lumot berishi kerak emasmi? Bosh shifokor: Boshqarish va nazorat qilish o'rniga, faqatgina “majlisba-majlis” yurishni qobiliyat deb hisoblaydi.
Bosh buxgalter: Shifokorlar va xodimlarning xizmat safari va o'qishga ketadigan pullari, shuningdek, boshqa tegishli to'lovlari vaqtidan kechikib tushirib berilayotganligi, ularning noroziligiga sabab bo'lmoqda. Xo'jalik mudiri: Muassasada suv yo'q, loyqa devorlar. Bu kamchiliklarni ko'rib turib nega chora ko'rmaydi? Bemorlar 5-10 litrli baklashkalarda suv ko'tarib yurishga majbur.
4.“Qo'lingdan kelganini qil!” – munosabat Poliklinika rahbarlariga va shifokorlariga ehtiyoj yuzasidan murojaat etilganda, ular “Qo'lingdan kelganini qil, bari bir qo'lingdan hech narsa kelmaydi” degan kibrli javob qaytaradilar. Davlat tomonidan berilayotgan moliyaviy qo'llab-quvvatlashlar va islohotlar shu “kibrli” rahbarlarning cho'ntagiga yoki bo'sh “majlislariga” ketib yotgan yo'qmi?
Biz Sog'liqni saqlash vazirligidan va tegishli nazorat qiluvchi tashkilotlardan talab etamiz:
1.Beruniy tumanidagi 1-sonli poliklinikasidagi boshqaruv (Bosh shifokor, bosh buxgalter, xo'jalik mudiri) faoliyatini qat'iy o'rganish.
2.Xalqqa qo'pol munosabatda bo'lgan, o'z ishiga befarq, elektron tizimdan foydalanmaydigan shifokorlarga tegishli intizomiy choralar ko'rish.
3.Poliklinikada suv, o'tiradigan joylar va gigiyena talablarini tez arada o'z iziga tushirish.
Xalq dardi bilan yashash – shior emas, bu – har bir tibbiyot xodimining burchidir!
Страница 1 из 2
























