⚡️Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
- Информация о материале
- Автор: Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 0
⚡️Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat va Nuroniylar markazi" binosida" Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste'mol madaniyatini oshirishda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Hududiy birlashma tomonidan media-tadbirlar rejasi asosida tashkillangan mazkur muloqot Raqobat boshqarmasi hamda O‘zNNTMAning viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirda : Kasbi, Gʻuzor, Qamashi, Koʻkdala, Nishon, Muborak, Qarshi tumani va Qarshi shahar jamiyati raislari hamda hududiy birlashma mutaxassislari ishtirok etishdi.
Muloqot jarayonida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi va hamkorligining o‘rni va ahamiyati, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Sifatsiz yoqilg‘i sotilishi sabab avtomobilga yetkazilgan zarar qoplatildi
- Информация о материале
- Автор: Farg‘ona viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 40
"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun 20-moddasiga ko‘ra, tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste'molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta'min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste'molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Qo‘shtepa tumanida shunday holatlardan biri kuzatildi.
Shu tumanda istiqomat qiluvchi K.A. Marg‘ilon shahri hududidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan o‘z avtomobiliga AI-92 markasidagi benzin quyib harakatni davom ettirgan. Biroq muayyan vaqt o‘tib avtomobilda texnik nosozlik kuzatilgan. Muammo nimadaligini bilmagan iste'molchi avtoservisga murojaat qiladi. U yerda esa mashinaning motor qismida nosozlik kelib chiqqanligi, bunga esa yoqilg‘i sifatining yomonligi sabab qilib ko‘rsatiladi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi bilan bu boradagi muammoni hal qila olmagan iste'molchi Qo‘shtepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Murojaat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanish inspeksiyasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida o‘rganilishi jarayonida mutaxassislar tomonidan AYoQShda sotilayotgan AI-92 markasidagi benzin yoqilg‘isidan namunalar olinib, Ispeksiyaning Toshkent shahridagi markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasiga yuborilgan. Laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra esa benzin yoqilg‘isidan olingan namunalar Davlat andozasi talabalariga mos kelmasligi qayd qilingan.
O‘rganish ishlari yakuni bilan avtomobilda yuzaga kelgan nosozlikka yoqilg‘i sifati sabab bo‘lganligi isbotini topgach, yoqilg‘i quyish shoxobchasi tomonidan iste'molchi K.A. tomonidan Damas rusumli avtomashinasini ta'mirlatish bilan bog‘liq holda ko‘rilgan 2 915 000 so‘m zararning o‘rni to‘liq qoplab berildi.
























