Huquqiy maʼlumot
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
⚖️ 2-Savol: Turizm va mehmonxona xizmati sohasida kimlar isteʼmolchi hisoblanadi?
Javob: Bu sohada isteʼmolchilar boʻlib turist va mehmon tan olinadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuniga koʻra:
🧳 Turist — vaqtincha boʻlib turgan mamlakatidagi (joyidagi) daromad manbalaridan daromad olish bilan band boʻlmagan holda, vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs.
📸 Ekskursant — vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan, yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs.
🛌 Mehmonxona xizmatlari boʻyicha buyurtmachi — shartnomaga muvofiq xizmatlarni buyurtma beruvchi yoki sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblansa, isteʼmolchi (mehmon) — vaqtincha yashash bilan bogʻliq mehmonxona xizmatlarini buyurtma qilgan, sotib olgan va ulardan amalda foydalanuvchi jismoniy shaxs hisoblanadi.
📌 Manba: "Turizm va mehmonxona xizmati sohasida isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari" kitobi
Huquqiy maʼlumot
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13

⚖️ 3-Savol: Sotib olingan tovarning kamchiliklari (braki) bor boʻlsa, isteʼmolchi qanday huquqlarga ega?
Javob: 🛠 Fuqarolik kodeksining 434-moddasiga muvofiq, agar siz sotib olgan tovarda oldindan aytilmagan kamchiliklar koʻzga tashlansa, quyidagilardan birini talab qilishga toʻliq huquqlisiz:
1️⃣ Tovarni xuddi shunday markadagi sifatli tovarga almashtirib berishni;
2️⃣ Tovar narxini oʻsha kamchiligiga mos ravishda kamaytirishni (arzonlashtirishni);
3️⃣ Tovar kamchiliklarini sotuvchi hisobidan bepul sozlab (taʼmirlab) berishni;
4️⃣ Shartnomani bekor qilib, toʻlagan pulingizni toʻliq qaytarib olishingizni.
💰 Shuningdek, sifatsiz tovar oqibatida sizga qandaydir zarar keltirilgan boʻlsa, bu zararni ham sotuvchi qoplab berishi shart.
📌 Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, 408-, 434-moddalari va "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun.
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
Nukus shahrida yashovchi fuqaro E.Oteniyazov sotib olgan konditsioneri ishlamay qolganligi va korxona ustalari ishni keyinga surganligi sababli Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan edi.
Jamiyat inspektori B. Nurlibaeva tomonidan murojaat o‘rganib chiqilib, korxona ustalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada nosoz konditsioner qayta ishlab berildi. O‘z muammosi vaqtida hal etilganidan minnatdor bo‘lgan fuqaro jamiyat xodimlariga yozma ravishda minnatdorchilik bildirdi.
Andijonda 1 milliard 866 million so‘mlik noreal qarzdorlik iste’molchilar foydasiga bekor qilindi
- Информация о материале
- Автор: Andijon viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 28
Fuqarolarning qonun bilan kafolatlangan iste’molchi huquqlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatida hisob-kitoblarning haqqoniyligini qaror toptirish hamda kommunal xizmatlar sohasida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi esa davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlik, shuningdek, jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlari orqali ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-apreldagi 414-son qarori hamda Andijon viloyati hokimining tasdiqlangan kuzatuv-o‘rganish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Andijon viloyati hududiy birlashmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida keng qamrovli ijtimoiy xatlov ishlari tashkil etildi. O‘rganishlar davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar, joylardagi haqiqiy holat va elektron billing tizimidagi ma’lumotlar o‘zaro solishtirilib, har bir holat huquqiy va amaliy jihatdan tahlil qilindi.
Tahlillar natijasida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari bo‘yicha ayrim iste’molchilarga amaldagi holatga mos kelmaydigan qarzdorliklar hisoblangani aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan sanitariya-tozalash korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi, hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqildi hamda elektron billing bazasiga zarur tuzatishlar kiritildi.
Ko‘rilgan choralar qisqa muddatda amaliy natija berdi. Xususan, 2026-yil may oyida 1 milliard 519 million so‘m, iyun oyida esa 347 million so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik “Toza Makon” elektron billing tizimidan chiqarildi. Natijada ikki oy davomida jami 1 milliard 866 million so‘mlik noreal qarzdorlik bekor qilinib, minglab iste’molchilarning qonuniy manfaatlari tiklandi.
Erishilgan ushbu natijalar jamoatchilik nazoratining amaliy ahamiyati tobora ortib borayotganini, elektron hisob-kitob tizimlari ustidan doimiy monitoring yuritish muhimligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik o‘zining aniq samarasini berayotganini tasdiqlaydi. Bu kabi tizimli ishlar aholining kommunal xizmatlar sohasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sifati va hisob-kitoblar shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Страница 1 из 2