📢 Matbuot anjumani yakunlari!
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
📢 Matbuot anjumani yakunlari!
✨ «Zamonaviy bozorda iste’molchini himoya qilish yoki huquqiy savodxonlik — kelajak poydevori» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida federatsiya tomonidan o‘rganilgan muhim monitoring natijalari e’lon qilindi:
Yil boshidan boshlab iste’molchilar foydasiga 218,9 mln so‘mlik zarar iste’molchilar foydasiga hal etildi.
O‘quvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘rganishlarda taomlarning vazni kam berilganligi.
Uy ta’limidagi bolalarning darslari o‘z vaqtida o‘tilmaganligi va jurnallarning to‘g‘ri to‘ldirilmaganligi hamda boshqa masalalar keng turda muhokama qilindi.
🎁 Tadbir yakunida, kasb bayrami munosabati bilan aholining huquqiy savodxonligini oshirishda faollik ko‘rsatayotgan jurnalist va blogerlarga Federatsiya tomonidan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlari va ularning iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik rejalari belgilab olindi.
🌟 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni! 🇺🇿✨
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
Ushbu qutlug‘ sana bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi siz yoshlarni qizg‘in qutlaydi!
Bugungi kunda O‘zbekistonda, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida bo‘lib, yoshlarni nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida munosib o‘rin egallaydigan har tomonlama yetuk, bilimli va barkamol qilib tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yoshlarimiz — kelajakda qaysi sohada xizmat qilishidan qat’i nazar, avvalo iste’molchi hisoblanadi va o‘z huquqlarini himoya qiladigan iste’molchi sifatida yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi bosh kuch hisoblanadi.
Aziz yoshlar! Bilasizmi? Sizlarning huquqiy savodxonligingiz — mamlakatimizda raqobatni va yuqori sifatli bozorni shakllantirishga xizmat qiladi. O‘z huquqlaringizni biling va kelajakka ishonch bilan qadam tashlang!
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yoshlar! 🎉
























