Telegram-bot Virtual qabulxona

11.06.2021

21.539.000 SOʻM MABLAGʻ ISTEʼMOLCHILAR FOYDASIGA HAL ETILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Balyasnikov tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda isteʼmolchi, 2020-yil fevral oyida  Samarqan shahar Boʻstonsaroy koʻchasida joylashgan “OOO Nafosat Boʻstoni” MCHJ ning aviabilet sotish shaxobchasidan Toshkent Kalliningrad yoʻnalishi boʻyicha jami 5 dona 11 539 000  (oʻn bir million besh yuz oʻttiz toʻqqiz ming) soʻmga aviachipta sotib olgan. Biroq, pandemiya davrida avia qatnovlar maʼlum muddatga uzaytirilganligi sababli parvoz amalga oshirilmagan. Shundan soʻng, fuqaro aviabilet pullarini qaytarishini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Ana shunday murojaatlardan yana biri, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.Samadov tomonidan kelgan boʻlib, isteʼmolchi “OOO  Doston Servis Plyus” MCHJ ning aviabilet sotish shaxobchasidan oʻgʻli  A.Samadovga Rossiya Federatsiyasiga borish uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻmga aviyachipta sotib oladi ammo,  fuqaro A.Samadovga aeroportda  aliment toʻlovlaridan  qarzdorlik mavjudligi sabab uchishga ruxsat berilmagan. Qiziqarli tomoni shundaki, fuqaro A.Samadovga aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan oʻz vaqtida ogohlantirilmagan. Fuqaro chipta uchun toʻlangan 10 000 000 (oʻn million) soʻm mablagʻni qaytarishni soʻrab  “OOO  Doston Servis Plyus” MCHJ ga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramay puli qaytarib berilmaganligini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaatlar oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchilar foydasiga 21.539.000 (yigirma bir million besh yuz oʻttiz toʻqqiz ming) soʻm mablagʻ undirilishiga erishildi.

Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

28.06.2021

Sifatsiz chiqqan 12 000 000 soʻmlik qurilish mollari!

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Norin tumanida yashovchi fuqaro M.Q.Xamidovdan murojaat kelib tushdi. 
Murojaatda bayon etilishicha fuqaro xonadonini taʼmirlash va jihozlash  uchun  Norin tuman Toʻda MFY da joylashgan qurilish mollari doʻkonidan 12 000 000 mln soʻmlik qurilish mollari hamda jihozlari sotib olgan, lekin fuqaro xonadonini taʼmirlash ishlari nixoyasiga etgach oradan 2 kun vaqt oʻtib  qurilish xom ashyo mollari sifatsiz chiqqanligidan norozi boʻlib, murojaat etdi.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Norin tuman jamiyati xodimlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda  oʻrganilib chiqildi va doʻkon raxbari tomonidan  isteʼmolchi foydasiga 12 000 000  soʻm pul miqdori undirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

25.06.2021

Iste'molchi huquqlari ta'minlandi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro T. O tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro  2020-yil sentyabr oyida Yangiqoʻrgʻon markazida joylashgan Stomservis xususiy shifoxonasining filalida tish shifokori faoliyatini olib borayotgan shifokor Q.P ga tish davolatish maqsadida oʻzaro kelishuv asosida 2.500.000 (ikki million besh yuz ming)soʻm toʻlovni amalga oshiradi va tishlarini davolatishni boshlaydi. Biroq, shifokor tomonidan T.O ga ikki dona tish qoʻyiladi va shifokorning turli bahonalari tufayli xizmat oʻz yakuniga yetmaydi. Isteʼmolchi bu borada bir necha marobata shifokorga uchrashsada hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi. 
Mazkur murojaat Federatsiyaning Yangiqoʻrgʻon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida isteʼmolchining huquqlari taʼminlandi va shifokor tomonidan unga yangi va sifatli tish qoʻyib berilishiga erishildi

Davomini o'qish

16.06.2021

Nosoz muzlatgich: sotuvchi pulning bir qismini olib qolmoqchi boʻldi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro J.Temirov tuman markazida joylashgan maishiy savdo doʻkonidan 3.975.000 (uch million toʻqqiz yuz yetmish besh ming) soʻm evaziga yangi muzlatgich xarid qilgan. Biroq, oradan bir hafta oʻtar-oʻtmas muzlatgich nosoz ekani maʼlum boʻlgan. Sotuvchiga murojaat qilganda esa, muzlatgich uchun toʻlangan pulning bir qismini olib qolishini bildirgan. Shundan soʻng isteʼmolchi yuqoridagi holatdan norozi boʻlib, muammoni qonuniy hal etilishida amaliy yordam soʻrab Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida nosoz muzlatgich uchun toʻlangan 3 975 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga toʻliq qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

16.06.2021

Aviachipta puli qaytarib berildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro J.Meliboyev 2020-yil 11-mart kuni yashash hududida joylashgan “Toshkent-Aviakassa” MCHJ filialidan Toshkent-Sankt Peterburg yoʻnalishi boʻyicha aviabilet 4 240 000 (toʻrt million ikki yuz qirq ming) soʻm evaziga 2 dona chipta sotib oladi. Biroq, pandemiya davrida avia qatnovlar maʼlum muddatga uzaytirilganligi sababli parvoz amalga oshirilmagan. Shundan soʻng, fuqaro aviabilet pullarini qaytarishini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmagach, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijada isteʼmolchi J.Meliboyevga aviachipta puli toʻliqligicha qaytarilishiga erishildi.

Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

16.06.2021

Qurilayotgan binolar talabga javob beradimi?

Jamoatchilik nazorati
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi oʻrtasida imzolangan memorandumga asosan, federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Bunda aholining murojaatlarini eʼtiborga olgan holda hududlarda qurilayotgan qurilish obyektlaridagi muammolarning bartaraf etilishiga, qurilishlar sifatining yanada yaxshilanishiga koʻmaklashish, qolaversa, aholining isteʼmolchi sifatida huquqlari buzilishining oldini olish maqsad qilingan.  

Ishchi guruh faoliyati davomida mavjud qurilish obyektlarining qurilishiga oid tegishli meʼyoriy hujjatlarining mavjudligi, qurilish obyektlarining sifati va texnik reglamentlarga mosligi, binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilganligi, nogironlarning obyektlardan moneliksiz foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilganligi kabi jihatlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Atrof- muhit va ekologik xavfsizlik talablari, shuningdek, sanitariya normalariga hamda qoidalariga rioya etilganligining mosligi kabi jihatlar ham mutaxassislar – Ishchi guruh aʼzolarining eʼtiboridan chetda qolmayapti.

Karmana tuman Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududida “Osiyo yugra” xususiy korxonasi tomonidan 5 qavatli 66 xonadonga moʻljallangan turar joy binosi qurilishi olib borilmoqda.
Oʻrganishlar jarayonida qurilishda ishlatiladigan sement, gʻisht va boshqa qurilish mahsulotlarining aksariyati uchun maxsus sertifikat qogʻozlari mavjud emasligi kuzatildi. Loyihada binoning birinchi qavatida havo tortgich shaxtalari koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan binoda mavjud emas. Qolaversa, xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda qurilish atrofi toʻliq oʻralmaganligi, ishchilarning birortasi ham maxsus va bosh kiyim (kaska)da emasligi kuzatildi.

Qurilishda ishlovchilar uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmagan. Ularning yotib-turishlari, dam olishlari va yuvinishlari uchun mutlaqo sharoit mavjud emas. Ovqat pishirish uchun esa qoʻl bola pechlardan foydalanib kelinmoqda.

Bu kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilmoqda. Oʻrganishlar davom etmoqda.

Davomini o'qish

14.06.2021

Noreal qarzdorlik: bundan kim manfaatdor

Ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan tabiiy gaz pulini oʻz vaqtida toʻlamaslik oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik tufayli elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda oʻchib qolishiga alohida urgʻu berilmoqda. Ayrim isteʼmolchilar fikricha, ushbu aqlli gaz hisoblagichlar noreal qarzdorlik va penya uchun oʻchirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham noreal qarzdorlik bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Jumladan, Namangan shahrida yashovchi Y. A. oʻz murojaatida 860 ming soʻm qarzdorligi mavjudligi sababli xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan  uzib qoʻyilgani, isteʼmolchi bir necha marotaba mutasaddilarga murojaat qilgan boʻlsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini qayd etgan. Yana bir murojaatchi — toʻraqoʻrgʻonlik N. A.ning xonadoniga tuman gaz taʼminoti korxonasidan tabiiy gaz uchun 907 ming soʻm qarzdorlik borligi haqida maʼlumot kelgan. Fuqaro esa bundan norozi boʻlgan. Boisi, har oy gaz haqini oʻz vaqtida toʻlab kelgan. Isteʼmolchi tuman gaz taʼminotiga qatnayverib kovushi yemirilgan. Shuningdek, Ellikqalʼa tumani Maxtumquli koʻchasida ijarada turuvchi fuqaro A. N.dan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda ham isteʼmolchiga gaz taʼminoti korxonasi tomonidan 2 million 800 ming soʻm noreal qarzdorlik boʻyicha maʼlumot kelgani qayd etilgan. Murojaat oʻrganilganda isteʼmolchining 630 ming soʻm qarzi borligi, 2 million 170 ming soʻm ortiqcha hisoblangani aniqlandi. Bundan tashqari, Doʻstlik tumanida yashovchi fuqaro M. A. tomonidan ham xuddi shu mazmundagi murojaat kelib tushadi. Unga koʻra isteʼmolchiga 2 million 572 ming soʻm qarzdorligi toʻgʻrisida notoʻgʻri xabar kelgan. Mazkur murojaatlar oʻrganilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga qariyb 6 million 500 ming soʻm mablagʻ undirib berilishiga erishildi, deya xabr beryapti federatsiya matbuot xizmati.

Davomini o'qish

17.06.2021

Demontaj boʻlgan plitalar yohud kimni aldashmoqchi?!

Avval xabar beragnimizdek,  Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Qurilish vazirligi oʻrtasida imzolangan memorandum asosida joylarda qurilib, foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino hamda inshootlarda jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-oʻrganishlar olib borilmoqda. 
Afsuski, oʻrganishlar natijasini ijobiy deb boʻlmaydi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) qurilib foydalanishga topshirilgan, ayni paytda qurilish ishlari davom etayotgan obyektlarda qurilish ishlarining “Shaharsozlik toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga muvofiqligi va sohadagi mavjud muammolar oʻrganilmoqda. 
Xususan, pudratchi tashkilot Absalim Nodirov MCHJ tomonidan Qiziriq tumani “Rabotak” maxallasida 2 qavatli “Maxalla guzari” binosi qurilish ishlari viloyat hududiy nazorat inspeksiyasi ruhsatnomasi asosida 2020-yil fevral oyida boshlangan boʻlsada, qurilish ishlari oʻz yakuniga yetkazilmagan. Bundan tashqari, bino qurilishida eski plitalardan foydalanilganligi, shuningdek, loyixa boʻyicha obyekt pishgan gʻishtdan qurilishi koʻrsatilgan boʻlsada, ikkinchi qavat qurilishida blok gishtdan foydalanilganligi maʼlum boʻldi. Vaholanki, qurilish shartnomasida pishgan gʻisht va plita uchun alohida pul mablagʻlari ajratib koʻrsatilgan. Binoning tom qismi esa toʻliq yopilmagan.
Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

21.06.2021

Bozorlarda sabzi narxi o'rganildi

Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, sabzi narxlarining oshib ketishi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib bordi. Xususan, birgina sabzi narxlari yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borilganda quyidagilar maʼlum boʻldi.
Toshkent shahri: 7,5 ming-14 ming soʻmdan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi: 7 ming-10 ming soʻmdan
Qashqadaryo viloyati: 7 ming-12 ming soʻmdan
Surxondaryo viloyati: 5 ming-8 ming soʻmdan
Fargʻona viloyati: 8 ming-10 ming soʻmdan,
Namangan viloyati: 9 ming-12 ming soʻmdan,
Andijon viloyati 10 ming-11 ming soʻmdan,
Xorazm viloyati 7 ming-10 ming soʻmdan,
Navoiy viloyati: 7 ming-9 ming soʻmdan, 
Buxoro viloyati: 8 ming-10 ming soʻmdan,
Jizzax viloyati: 8 ming-15 ming soʻmdan,
Samarqand viloyati: 9ming-12 ming soʻmdan

Davomini o'qish

23.06.2021

Isteʼmolchi huquqlari qonun himoyasida

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi fuqaro Maratgul Sohibova tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch tedlefoni orqali murojaat kelib tushdi. 
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi 1 641 600 (bir milllion olti yuz qirq bir ming olti yuz) soʻm noreal qarzdorlik va qoʻshimcha 333 162 (uch yuz oʻttiz uch ming bir yuz oltmish ikki) soʻm penyani mavjudligi sababli xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan  uzib qoʻyilgani, isteʼmolchi bir necha marotaba mutasaddilarga murojaat qilgan boʻlsa-da, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini qayd etgan.
  Murojaatga asosan Federatsiyaning Muborak tuman jamiyati mutahassislari tomonidan  “Muboraktumangaztaʼminot”i boʻlimi boshligʻi A.Gʻofurovga rasmiy xat yuborilgan boʻlsada, qonunda belgilangan tartib boʻyicha 10 kunlik muddat mobaynida mazkur arizani  oʻrganish uchun mutaxassis yuborilmadi. Shuningdek, soʻralgan malumotlar (abonent kartasidan koʻchirma, shartnomasi nusxasi hamda hatlov dalolatnomasi nusxalari) taqdim etilmadi.
Shundan soʻng, Federatsiya masʼullari tomonidan Muborak tuman sudiga daʼvo aʼrizasi kiritildi. Sud yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, daʼvogar (isteʼmolchi) ga nisbatan tabiiy gaz uchun hisoblangan  1 641 600 soʻm qarzdorlik va qoʻshimcha 333 162 soʻm penya soligʻi asossiz deb topildi va noreal qarzdorlik isteʼmolchi gardanidan olib tashlanishiga erishildi

Davomini o'qish

25.06.2021

Murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. murojaatlarning koʻpchiligini noreal qarzdorlik va savdo-sotiq bilan bogʻliq holatlar aks etadi. Ana shundan murojaatlardan biri Namangan viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro N.Soliyev tomonidan kelgan boʻlib, unda isteʼmolchi “YATT A.Axmedov” ga qarashli savdo doʻkonidan 1 450 000 (bir million toʻrt yuz ellik ming) soʻm evaziga Redmi 8A rusumli uyali aloqa telefoni sotib olgani, biroz vaqt oʻtib esa mazkur apparatda nosozliklar yuzaga kelgani, sotuvchiga bir necha marobata telefonni yangisiga almashtirib berishi yoki pulini qaytarib berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada hach qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida telefon uchun toʻlangna pullar isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Shuningdek, Denov tumanida yashovchi fuqaro tomonidan kelgan murojaatda isteʼmolchi 2021-yil 21-may kuni turmush oʻrtogʻi va qizi Munisa ishtirokida “Amirxolding savdo” majmuasidan NOKIA 150 rusumli telefonni 4 50000 ming soʻmga sotib olgani, oradan biroz vaqt oʻtgach telefonni qizib ketayotganligi sababli fuqaro sotuvchiga telefonni boshqasiga almashtirib berish yoki pulini qaytarishini soʻraganligi, biroq, sotuvchi turli bahonalar orqali bundan bosh tortganini taʼkidlagan.
Mazkur murojaat Denov tuman jamiyati masʼullari tomonidan oʻrganilganda mazkur apparat tekshirilganda unda hech qanday nosozlik yoʻqligi aniqlandi, shundan soʻng isteʼmolchi xohishiga koʻra telofonga yangi quvvat moslamasi (batareya)  quyib berildi.

Davomini o'qish

01.07.2021

Aviabilet uchun to'langan pullar iste'molchiga qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida yashovchi fuqaro S.Yakubova tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda isteʼmolchi, 2020-yil fevral oyida Bulungʻur tumani da joylashgan “Kamilla Travel” MCHJdan Rossiyaga ketish uchun 1 630 000 soʻmdan 4 ta bilet sotib olingan. Biroq, pandemiya davrida avia qatnovlar maʼlum muddatga uzaytirilganligi sababli parvoz amalga oshirilmagan. Shundan soʻng, fuqaro aviabilet pullarini qaytarishini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilsa-da, aviakassa Rossiya davlatiga tegishli ekanini aytib pullarini qaytarib berolmasligini aytib oʻtgan.
Ushbu holat boʻyicha Federatsiya tomonidan dalolatnoma tuzilib, Samarqand shahar fuqarolik sudiga marojaat qilindi. Sud qaroriga asosan isteʼmolchiga aviabiletlar uchun toʻlangan mablagʻ qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

07.07.2021

Iste’molchi murojati ijobiy hal qilindi.

Bugungi kunda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar tobora ko‘payib bormokda. Mana shunday texnologiyalardan biri — bu uyali aloqadir. Bu vosita bugun hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan. U masofalar kesimida biz yashayotgan kurrai-zaminni shunchalar kichraytirib qo‘ydiki, bugungi kunda yer sharining narigi burchagi bilan soniyalar ichida aloqa bog‘lay oladi. Shu o‘rinda biz qo‘l telefonining kundalik ijtimoiy foydali tomonlari haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz, bu haqida shundoq ham yetarlicha ma’lumot tarqatilgan. Ayniqsa, bu uyali aloqa vositalari reklamasida deyarli har kuni bearmon targ‘ib qilinmoqda. 

Buxoro shahar A.To‘qay ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro L.Sh. Buxoro shahar eski To‘qimachi bozoridagi tadbirkorga o‘zining A50 rusumli telefonini 1 470 000 so‘m (140$) berib, qo‘shimcha 1 417 000 so‘m (135$) to‘lovni amalga oshirib tadbirkorga jami 2 887 500 so‘m (275$)ga S9+ uyali telefonni xarid qilgan, ammo ko‘p vaqt o‘tmay telefonning sifatsizligi bilingan iste’molchi bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qiladi, ammo tadbirkor turli xil vajlar bilan rad javobini beradi. Bunday nohaqlikdan norozi bo‘lgan fuqaro L.Sh. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091-ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Murojaat shrganilishi natijasida iste’molchiga S9+ uyali telefonni uchun to‘langan 2 887 500 so‘m (275$) puli to‘liq qaytarib olib berildi.

Davomini o'qish

06.07.2021

Muzlatgich uchun to'langan pullar iste'molchiga qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlar federatsiyasiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Gulsun Oʻtayeva tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda isteʼmolchi, Sherobod tuman hududida joylashgan maishiy texnikalar sotuvchi “Otaxon Otabek Sabina” O.K ga qarashli maishiy tehnika savdo doʻkonidan, 5 135 000 soʻm evaga “Samsung” rusumli muzlatgich sotib olgan. Biroq oradan biroz vaqt oʻtgach  muzlatgich nosozligi sabab sotuvchiga  murojaat qilib, almashtirib berish yoki pulini qaytarishini soʻraydi. Ammo, sotuvchi bunga rozi boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, muzlatgich uchun toʻlangan pullar isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi

Davomini o'qish

07.07.2021

Printer uchun to'langan pullar iste'molchiga qaytarilishiga erishildi

Yangi xarid qilingan printer servis bilan bog‘liq muommolarga hamon uchrab turgani achinarli holdir. Buxoro viloyati Kogon shahar Axillik ko‘chasida yashovchi fuqaro Ya.G. Buxoro shahridagi “ORZU TECH” savdo do‘konidan joriy yilning 15 iyun kuni printer uskunasini 2 000 000 so‘mga xarid qilgan ammo printer ishlamayotgani va savdo do‘koni mas’ullari tomonidan almashtirib berilmayotganligidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur murojaatga aniqlik kiritish maqsadida birlashma xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. “ORZU TECH” savdo do‘koni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida tegishli tushuntirishlar berilgandan so‘ng, sifatsiz printer savdo do‘koniga qaytarilib, iste’molchi to‘langan 2 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq undirib berildi. 
.

Davomini o'qish

12.07.2021

12 milliarddan oshiqroq mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga hal etildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2021-yilning 1-yarim yilligi davomida fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 6314 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 3837 tasi ogʻzaki, 1640 tasi yozma, 837 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.
Mazkur murojaatlarning 837 ta elektron murojaatning 574 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 174 tasi yagona Davlat interaktiv poratli orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun yoʻllangan. 89 ta murojaat Federatsiyaning virtual qabulxonasiga hamda “Telegram” ijtimoiy tarmogʻida tashkil etilgan “@PotrebitelUz_bot” manzili orqali yoʻllangan.
Murojaatlarning 5937 tasi yaʼni, 94,0 % ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 12 166 168 672 (oʻn ikki milliard bir yuz oltmish olti millionbir yuz oltmish sakkiz ming olti yuz yetmish ikki) soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
32 ta murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini koʻzlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 314 651 898 (bir milliard uch yuz oʻn toʻrt million olti yuz ellik bir ming sakkiz yuz toʻqson sakkiz) soʻm moddiy va maʼnaviy zararlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Bundan tashqari, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan jami 34 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini koʻzlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yoʻllanib, ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga 15 400 000 (oʻn besh million toʻrt yuz ming) soʻm mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
Hisobot davrida isteʼmolchilar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, murojaatlarning 2414 tasi (38,2%) savdo sohasiga, 803 tasi (12,7%) gaz taʼminoti sohasiga, 673 tasi (10,7%) elektr taʼminoti sohasiga, 326 tasi (5,2%) suv taʼminoti sohasiga, 226 tasi (3,6%) kommunal xizmat sohasiga, 70 tasi (1,1%) sogʻliqni saqlash sohasiga, 432 tasi (6,8%) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga, 134 tasi (2,1%) transport sohasiga, 194 tasi (3,1%) aloqa (va internet) sohasiga, 1042 tasi (11,2%) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelishini koʻrishimiz mumkin.
Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali jami 1750 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi natijasida 1664 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.
Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 1 985 138 782 (bir milliard toʻqqiz yuz sakson besh million bir yuz oʻttiz sakkiz ming yetti yuz sakson ikki) soʻm mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga undirilgan.
Bugungi kunda fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida ularning tegishli murojaatlari Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, Federatsiyaning virtual qabulxonasi, Bosh prokuraturaning elektron dasturi (crm.trask.uz) hamda Prezidentga murojaat portali shuningdek, “telegram” ijtimoiy tarmogʻida tashkil etilgan “@PotrebitelUz_bot” manzili orqali qabul qilib kelinmoqda. Bunda fuqaro (isteʼmolchi)lar real vaqt rejimida murojaatlarini qoldirishlari mumkin

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

 

Davomini o'qish

13.07.2021

Iste'molchi huquqlari qonun himoyasida

Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi fuqaro X.Q. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti ishonch telefoni orqali qilingan murojaat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini hg‘imoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Murojaatda qayd etilishicha iste’molchi Olot tuman dexqon bozordagi tadbirkor D.B. dan RealMi S-11 rusumli telefonni 2 000 000 so‘mga xarid qiladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmay telefonning sifatsizligini bilgan iste’molchi bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qilgan, ammo tadbirkor rad javobini bergan.
Iste’molchi a’rizasi ko‘rib chiqilishi natijasida telefon apparati uchun to‘langan 2 000 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchi platik kartasiga ko‘chirib berildi.

Davomini o'qish

24.07.2021

AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLASH BORASIDA NIMA MUAMMOLAR BOR?

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Fargʻona viloyati hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga ichimlik suvi taʼminoti masalalarida jami 48 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shularning 8 tasi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni vositasida qabul qilingan boʻlsa, 40 tasi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Federatsiyaning viloyatdagi hududiy ijro etuvchi organlariga yozma va ogʻzaki ravishda qayd qilingan. Oʻtgan yilning mos davrida bu boradagi murojaatlar soni 24 tani tashkil qilgandi. Bundan kelib chiqadiki, ichimlik suvi taʼminoti masalalarida isteʼmolchilardan kelib tushayotgan murojaatlar soni teng baravarga ortgan. Misollarga toʻxtalamiz.
Qarzi bor deyilgan edi, haqdor boʻlib chiqdi
Toʻrisini tan olish kerak, koʻpchiligimizga elektr, gaz yoki suv taʼminoti idorasidan 20000 soʻm qarzing bor, deyishsa judayam xavotirga tushmaymiz. “Ha, boʻptida, toʻlab qoʻyamanda”, deb xotirjamlikka berilamiz. Lekin Fargʻona shahrida yashovchi L. Dyatlenko undaylardan emas ekan. Unga suv taʼminoti idorasi vakili 20 ming soʻm qarz boʻlib qolibsiz, tezda toʻlab qoʻying, deganda u anchagina asabiylashadi. Buni esa oʻziga yarasha sababi bor ekan ...
Xullas, isteʼmolchi ushbu masalada Federatsiyaning ishonch telefoniga murojaat qilib, masalaga aniqlik kiritishni soʻragan. Fargʻona shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganishda maʼlum boʻlishicha, isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun toʻlovlarni hisoblagich koʻrsatkichlari asosida olib borayotgan isteʼmolchida qarz tugul, 31 ming soʻm haqdorlik borligi maʼlum boʻlgan.
Yer ostidan kachalkada suv tortib isteʼmol qiladigan fuqaroga yarim million soʻm qarzdorlik hisoblangan
Qoʻshtepaning Baland Masjid mahallasida istiqomat qiluvchi T.Oxunovning Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaati oʻrganilganda, qiziq holatga duch kelingan. Isteʼmolchi xonadoniga ichimlik suvi tarmogʻi tortilmaganligi va ichimlik suvini yetkazib berish borasida tuman suv taʼminoti korxonasi bilan shartnoma ham imzolanmaganligini, lekin shunga qaramasdan undan korxona 432000 soʻm miqdoridagi qarzdorlikni soʻndirib qoʻyishni talab qilayotganligidan noroziligini bildirgandi.
Murojaatni Qoʻshtepa tuman jamiyati masʼullari tomonidan oʻrganilishi jarayonida fuqaro istiqomat qiluvchi koʻchada ichimlik suvi tarmogʻi mavjud boʻlsada, isteʼmolchi xonadoni ushbu tarmoqqa ulanmaganligi va oʻz-oʻzidan korxona va isteʼmolchi oʻrtasida shartnoma ham mavjud emasligi isbotini topgan. Xonadonga yer ostidan suv tortib olish uchun qoʻlbola kachalka oʻrnatilgan boʻlib, ularning asosiy ehtiyojlari mazkur uskuna vositasida tortib olinadigan suv bilan qoplanib kelingan. Mazkur holat “Fargʻonasuvtaʼminoti” MCHJning tuman boʻlimi masʼullari bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilgach, isteʼmolchiga nisbatan hisoblangan qarzdorlikni korxona billing bazasidan chiqarish boʻyicha qaror qabul qilingan.
Koʻcha kolonkasidan suv tashib ichish tarifi boʻyicha notoʻgʻri hisob-kitob yuritilgan
Oʻzbekiston tumanining Yakka tut mahallasida istiqomat qiluvchi M. Alimovning qilgan murojaatida ichimlik suvini koʻcha kolonkasidan tashib keltirishlari, lekin bu boradagi toʻlovlarni hisoblashda belgilangan tarifdan chetga chiqish holati kuzatilayotganligi maʼlum qilingandi.
Holatni Oʻzbekiston tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilishi jarayonida xonadonda 5 kishi istiqomat qilishi, ichimlik suvi taʼminoti korxonasi tomonidan xonadon koʻcha kolonkasidan suv tashib keltirib isteʼmol qiluvchi emas, balki xonadoniga ichimlik suvi tortilgan, lekin suv hisoblagich oʻrnatilmagan tarifidagi toʻlov boʻyicha hisob-kitob olib borilayotganligi maʼlum boʻlgan. Oʻrganish natijalari bilan xonadonning soʻngi ikki oy davomidagi isteʼmol koʻrsatkichlari koʻcha kolonkasidan suv tashib keltirish tarifi boʻyicha hisoblanishiga va bu davr uchun xonadon 116000 soʻm emas, balki jon boshiga 4567,5 soʻmdan, jami 45680 soʻm miqdorida toʻlovlarni amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtildi.
Adashib yechib olingan mablagʻ kelgusi isteʼmol uchun toʻlovlarga yoʻnaltirildiToshloq tumanida istiqomat qiluvchi A.Zokirovning onasi “Fargʻonasuvtaʼminoti” MCHJ tuman boʻlimiga isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun borganida, xonadon hisobida ichimlik suvi isteʼmoli borasida jarima ham mavjudligini aytishib, onaxonning bank plastik kartasidan 378000 soʻm mablagʻ yechib olingan. Toʻlovlarni muntazam amalga oshirib kelayotgan A.Zokirov esa bundan xabar topgach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaatni oʻrganish jarayonida mablagʻ haqiqatan ham yechib olinganligi, lekin xonadon hisobida ichimlik suvi taʼminoti masalalari boʻyicha hech qanday jarimalar mavjud emasligi maʼlum boʻldi. Olib borilgan oʻrganish ishlari natijasi bilan isteʼmolchi tomnidan toʻlangan pul mablagʻini kelgusi isteʼmol uchun oldindan toʻlov sifatida rasmiylashtirilishiga erishildi.
Fuqaroning murojaatidan soʻng avariya holati bartaraf etildi
Dangʻara tumani Teliming mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi A.Abdullayev xonadoni yonidan oʻtgan ichimlik suvi tarmogʻi trubasi yorilishi natijasida toza ichimlik suvi isrof boʻlayotganligi holati yuzasidan Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Isteʼmolchining murojaati tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, Dangʻara tuman jamiyati va “Fargʻonasuvtaʼminoti” MCHJ tuman boʻlimi masʼullari hamkorligida murojatda koʻrsatilgan joyda oʻrganishlar oʻtkazilib, yuzaga kelgan avariya holati bartaraf etilishiga erishilgan.
Fuqaroning oldindan toʻlovdaligi isbotini topdi
Fargʻona shahrida yashovchi Y.Mirzaxonov oʻz murojaatida suv taʼminoti uchun amalga oshirgan toʻlovlari boʻyicha oldindan toʻlovda boʻlganligini, lekin bugungi kunga kelib korxona uning ichimlik suvi uchun oldindan toʻlov sifatidagi 314 m3 haqdorligini eʼtiborga olmayotganligi maʼlum qilingandi.
Fargʻona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur murojaatni oʻrganish natijalari isteʼmolchining xonadonidagi suv hisoblagich koʻrsatgichini 00530 m3 igacha haqdorligini, yaʼni 40937 soʻm oldindan toʻlovda ekanligini koʻrsatgan va bu haqda fuqaroga tegishli tartibda maʼlum qilingan. 
Xuddi shuningdek, Margʻilon shahrida yashovchi M.Azizovaning Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaati oʻrganilishi jarayonida xonadonni ichimlik suvi bilan taʼminlash yaxshilanishiga erishilgan.
                                                                                     
                                                                                                                                                                                   Gʻayrat Mamatqulov

Davomini o'qish

24.07.2021

Isteʼmolchilar huquqlari qonun himoyasida


Bozor rastalari va maishiy savdo doʻkonlaridan harid qilganimizda avvalo mahsulot sifati, uning yaroqlilik muddati oʻtgan yoki oʻtmaganiga sinchiklab qarash koʻpchilikning hayoliga kelmaydi. Sababi, doim shoshib yuramiz. Mahsulotni xarid qilib boʻlgandan soʻng esa, uning sifati yoki yaroqlilik muddati oʻtganini bilib, darrov uni almashtirishga tushamiz. Baʼzi sotuvchilarimiz almashtirib berishadi, baʼzilari esa  turli bahonalar orqali almashtirib berishdan bosh tortishadi. Bu esa isteʼmolchilarning norozichiligini keltirib chiqarishi tabiiy. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham shunga oʻxshash koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda, ulardan biri Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro T.Roʻziyev tomonidan kelgan.
Isteʼmolchi oʻz murojaatida, 2018-yil mart oyida “Artel”  kompaniyasi bilan shartnoma qilib, kredit (3 yillik kafolat muddati) evaziga gaz plitasini xarid qilgan. Biroq, kafolat muddati davrida, yaʼni 2020-yil dekabr oyida gaz plitasi yonib ketgani bois  “Artel” kompaniyasiga murojaat qilib taʼmirlab berishi yoki almashtirib berishini soʻrab qilgan murojaati qanoatlantirilmagani, soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasiga qilgan shikoyati ham ijobiy hal etilmaganligini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilganda esa quyidagilar maʼlum boʻldi. Fuqaro T.Roʻziyev 2018-yilning mart oyida xonadoni uchun “Artel” maishiy texnika savdo doʻkonidan “Agrobank”ning 32 foizlik kredit mablagʻlari hisobidan 3 yillik kafolat muddati bilan gaz plitasi sotib olgan. Ammo, ushbu uskuna bir oy muddat oʻtmay nosoz holga kelib qolgan va shu sababli servis xizmati koʻrsatilgan. 2020-yilning dekabr oyida esa gaz plitasi oʻchik holda yonib ketganligi sababli yana servis xizmatiga murojaat qilganida servis xodimlari (kafolat muddati tugamay turib) tuzatib berish uchun fuqarodan 900 ming soʻm miqdorida xizmat haqqi talab qilgan. 
Fuqaro bu haqda 2021-yilning 2-mart kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining “Ishonch telefoni”ga yordam soʻrab murojaat qilgan. Agentlikning viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaroga “Oʻrganish natijalariga koʻra nosoz holatdagi mahsulot (yaʼni gaz plita) “New Generations Product” MCHJning servis markazi mutaxassislari tomonidan tekshirib koʻrilganda tabiiy gazning kiruvchi yuqori bosimi (80 mbar) tufayli gaz plitasi yonib ketganligi..., Kafolatli xizmat koʻrsatish qoidalarining 18, 19-bandlarida bepul xizmat koʻrsatish yengib boʻlmas kuch taʼsirida kelib chiqqan nosozliklarga tadbiq qilinmasligi koʻrsatilganligi...., Ushbu javobdan norozi boʻlgan taqdirda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi” toʻgʻrisida maʼlum qilingan
Shundan soʻng, Federatsiyaning Karmana tuman jamiyati xodimlari tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud qaroriga binoan, fuqaro T.Roʻziyev foydasiga yetkazilgan moddiy zarar uchun jami 4 mln 500 ming soʻm, maʼnaviy zarar uchun 500 ming soʻm tovon undirilishiga erishildi.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
 jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

24.07.2021

ISTEʼMOLCHI MUROJAATI IJOBIY HAL QILINDI.

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi fuqaro R.Z. Jondor tumani “Tijorat banki”ga isteʼmol krediti rasmiylashtirib 21 500 000 soʻm pul mablagʻini “Artel” maishiy texnika doʻkoniga koʻchirib berilgan, ammo tadbirkor tomonidan isteʼmolchiga maxsulotlar oʻz vaqtida yetkazib berilganmagani hamda shartnomani bekor qilib pul mablagʻlarni bank muassasasiga qaytarib bermaganidan norozi boʻlib Oʻzbekiston Istemolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga murojat qiladi.
Murojaat Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, isteʼmolchining talabiga mos maishiy texnika jihozlari mavjud emasligi va tadbirkor tomonidan yaqin orada yetkazib berilmasligi sababli mazkur savdo doʻkoni va bank oʻrtasidagi shartnoma bekor qilindi va boshqa maishiy texnika savdo doʻkoni bilan shartnoma tuzilib, isteʼmolchiga  21 500 000 soʻm evaziga maishiy texnika jihozlari olib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

02.08.2021

Isteʼmolchi huquqlarini qonun himoyasida

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyat Xududiy birlashmasiga Chust tumanida yashovchi fuqaro M.M tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha, fuqaro M.M Subsidiya asosida Namangan shaxar, Davlatobod tumani, Yuksalish MFY da yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylardan olish maqsadida Davlatobod tumanida joylashgan Tijorat bankiga murojaat etgan. Bank tomonidan murojaat oʻrganib chiqilib, xujjatlardagi ayrim kamchiliklar bartaraf etilishi tushuntirilgan.
Shundan soʻng, murojaatchi tomonidan bank xodimlari aytib oʻtgan kamchiliklarni bartaraf qilinishi va soʻralgan xujjatlarni taqdim etishiga qaramay, Tijorat banki tomonidan fuqaroga shu kunga qadar kredit ajratib berilmagan.
Isteʼmolchi, bank xodimiga kredit oʻz vaqtida ajratilmasa, qurilish firmasi bilan subsidiya asosida oldi-sotdi shartnomasini tuza olmasligi va subsidiya muddati tugashini maʼlum qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan
Mazkur murojaat Federatsiyaning Davlatobod tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga tijorat banki tomonidan 176 mln soʻm kredit ajratib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

02.08.2021

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Lalmikor” qoʻrgʻonida yashovchi fuqaro Sardor Tugizboyev tomonidan murojaat kelgan.
Unda qayd etilishicha, “Lalmikor” qoʻrgʻoni hududidagi maishiy texnika savdo doʻkonidan jami 4 million soʻmga “Artel” rusumli sovutgich xarid qilgan, biroz vaqt oʻtib esa muzlatgich nosozligi maʼlum boʻlgan. Isteʼmolchi sotuvchiga maxsulotni boshqa sifatlisiga almashtirishni soʻragan boʻlsada, sotuvchi  turli bahonalar orqali almashtirib berishdan bosh tortgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Gʻallaorol tuman jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida, muzlatgich uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarildi.

Davomini o'qish

09.08.2021

AVIABILET UCHUN TOʻLANGAN MABLAGʻ ISTEʼMOLCHIGA QAYTARILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro A.Tovmurodov tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
       Unda isteʼmolchi, Navoiy shahrida joylashgan Aviakassadan joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent - Krasnadar yoʻnalishi boʻyicha 4 100 000 soʻmga bilet xarid qilib olgani, ammo, fuqaro A.Tovmurodovga aeroportda COVID-19ga qarshi emlanmaganligi  sababli uchishga ruxsat berilmagan. Shundan soʻng fuqaro aviabiletni xarid qilib olgan aviakassasiga topshirgan boʻlsada, chipta uchun toʻlangan 4 100 000 (toʻrt million bir yuz ming) soʻm pul har xil mablagʻ turli vajlar bilan puli qaytarib berilmaganligidan norozili ekanini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida aviabilet uchun toʻlangan 4 100 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytarib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

10.08.2021

SIFATSIZ OʻRNATILGAN DERAZA ROMLARI QATYАDAN OʻRNATIB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlar federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro S.Umarov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi joriy yilning iyun oyida xonadonini qayta rekonstruksiya qilish barobarida eski deraza romlarini ham almashtirish maqsadida 5.350.000 soʻm evaziga usta Sardor Xaydarov bilan shartnoma tuzadi. Usta tomonidan sifatsiz oʻrnatilgan deraza romlari taʼmirdan chiqarilgan xonalarning  chiroyiga goʻyoki “gulzordagi yantoqdek” koʻrinib qolgan. Isteʼmolchi “qoʻli gul” ustani  izlab topish uchun ancha sarson boʻladi. Topganida  esa ustaning “otanga bor, onanga bor” qabilidagi  soʻzlaridan charchaganini aytib oʻtgan
      Mazkur murojaat, Federatsiyaning Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, sifatsiz oʻrnatilgan deraza romlari sifatli qilib oʻrnatib berilishiga erishildi

Davomini o'qish

11.08.2021

Menga soʻm emas dollar kerak...

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi qisqa raqamli 1091 “Ishonch telefoni” orqali Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro B.Normatov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi B.Normatovning farzandlari Rossiya Federatsiyasida ishlab topgan 1500$ bank orqali yuborilgan. Isteʼmolchi pulni olishga borganda esa tijorat banki xodimlari dollar oʻrniga 15.975.000 (oʻn besh million toʻqqiz yuz yetmish besh ming) soʻm miqdorida pul berishini aytib oʻtgan. Fuqaro soʻm emas, faqat dollar olishini aytgan boʻlsada, bank xodimlari turli bahonalar orqali dollar berishdan bosh tortganini aytib oʻtgan. 
Mazkur murojaat Federatsiyaning Denov tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga 15 975 000 (oʻn besh million toʻqqiz yuz yetmish besh ming) soʻm, yaʼni 1500$ dollari toʻligʻicha olib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

12.08.2021

“Umid lizing” nayranglari davom etmoqda

Bugun koʻpchilik “tadbirkor”lar yolgʻonchilikni oʻzlariga kasb qilib olgan. Ular fibirgarlik yoʻllari bilan koʻpchilik insonlarning sarson-u sargardon boʻlishlariga sabab boʻlmoqda.  Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga avtolizing kompaniyalaridan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro J.Yusupov (ismi oʻzgartirilgan) “Fargʻona shahar Sayilgoh koʻchasida joylashgan “Umid Avtolizing” MCHJ dan lizing orqali “Cobalt” rusumli avtoulov xarid qilish maqsadida shartnomaga asosan 46 831 000 (qiriq  olti million sakkiz yuz oʻttiz bir ming) soʻm miqdorida boshlangʻich toʻlovni amalga oshirgan boʻlsada avtomashina oʻz vaqtida fuqaroga yetkazilmagan, fuqaro bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat, Federatsiyaning Fargʻona shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Sud jarayoni boshlanguniga qadar davogar va “Umid Avto Lizing” MCHJ oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv natijasida ga 46 831 000 (qiriq  olti million sakkiz yuz oʻttiz bir ming) soʻm mablagʻ isteʼmolchi J.Yusupov (ismi oʻzgartirilgan)ning plastik kartasiga qaytarib berilishiga erishildi

Davomini o'qish

13.08.2021

Uy-joy bilan bogʻliq muaamolar oʻz yechimini topdi

Bugungi keng miqyosli oʻzgarish va islohotlar natijasida odamlarning hayoti yaxshilanib, kelajakka umid hissi kuchaydi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, yangi va arzon uy-joyga ega boʻlayotgan yosh oilalarning quvonchi cheksiz. Biroq, uyini oʻz vaqtida ololmayotgan fuqarolar ham talaygina.
Xususan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham xshunga oʻxshash koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shaxrida yashovchi fuqaro M.Pardayev tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha isteʼmolchi Zarafshon shaxar axolisi uchun koʻp qavatli turar-joylarini qurayotgan firmalarning biri bilan №168-sonli shartnoma asosida 2-xonali 73 kvm uyni  muddatli toʻlov evaziga 211.700.000 (ikki yuz oʻn bir million yetti yuz ming) soʻmga sotib olish uchun kelishuv belgilangan, shundan soʻng fuqaro boshlangʻich toʻlov sifatida 125.580.000 (bir yuz yigirma besh million besh yuz sakson ming) soʻm toʻlagan boʻlsada,  qurilish  firmasi tomonidan uy oʻz vaqtida topshirilmagani sababli uyuchun toʻlangan mablagʻni qaytarib olishda amaliy yordam soʻragan.
Ushbu murojaat Federatsiyaning Zarafshon shahar xodimlari tomonidan oʻrganilish natijasida isteʼmolchiga uy uchun toʻlangan 125.580.000 (bir yuz yigirma besh million besh yuz sakson ming) soʻm mablagʻ qatarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

05.08.2021

1200 NAFARDAN ORTIQ XODIM MEHNAT QILUVCHI FEDERATSIYA TOʻLIQ VAKSINATSIYADAN OʻTDI

Bugungi kunda respublikamiz aholisini COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyadan oʻtkazish muhim jarayon sanaladi. Jamiyatda ijtimoiy immunitetning shaklanishi kasallikka qarshi kurashishda bosh omil boʻlib xizmat qilmoqda. 
Bu borada Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi koronavirus infeksiyasini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida tizim xodimlari bilan faol ishtirok etishni maqsad qilgan. 
Ushbu jarayondaBugun, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatalari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Federatsiya markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining 1200 nafardan ortiq ishchi-xodimlari ishtirok etib, emlashning birinchi bosqichini toʻliq muvaffaqiyatli yakunlashdi. 
Qayd etish joizki, bugungi kunga kelib esa, davlatimizda kasallikka qarshi vaksinatsiya jarayonlarini toʻlaqonli tashkil etishda hech qanday muammo boʻlgani yoʻq. Eng muhimi, mavjud vaksinalar toʻliq tekshiruvdan oʻtgan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi asoslanmagan, yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasdan, tibbiyot xodimlari tomonidan vaksina olishi tavsiya etilgan barcha isteʼmolchilardan mazkur jarayondan tezroq oʻtishlarini soʻrab qoladi. Oʻzimiz va yaqinlarimizning sogʻligiga masʼulmiz.
Tibbiyot xodimlarining bergan tavsiyalariga amal qilsak, barchasi yengil kechadi.
Oʻylaymizki, vaksina qabul qilish, odatdagi hayotimizga qaytishning yagona chorasidir.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

06.08.2021

“COCA-COLA” KOMPANIYASI YUTUQLI AKSIYA GʻOLIBINING AVTOMOBILINI NEGA OʻZ EGASIGA TOPSHIRMAYAPTI

 

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJ kompaniyasi tomonidan 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan “Oʻzbekistonda Yangi yil Promo-aksiyasi 2020” Promo-aksiyasi doirasida koʻplab qimmatbaho sovrinlar oʻynalgan hamda unda millionlab isteʼmolchilar ishtirok etgan va sovrinlarni qoʻlga kiritgan.
Biroq bu kabi aksiyalarning oʻtkazilishi bilan bogʻliq jarayonlar va yutuqlarni oʻz egalariga topshirilishida isteʼmolchilarning manfaati buzilmayaptimi degan savol yuzaga kelmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kompaniya tomonidan oʻtkazilgan Promo-aksiyada bosh sovrin hisoblangan “NISSAN SYLPHY” avtomobillaridan birining gʻolibiga aylangan fuqaro Normatov Sayfiddin (Normatov Sayfiddin) murojaat qilib, 2021-yil 14-yanvar kuni “ZOʻR TV” telekanalidagi jonli efirda u tomonidan oʻynalgan “DIP440NR” proma kodli qopqoq gʻolib deb topilgani, jonli efirda u bilan telefon orqali bogʻlanishganligini hamda “NISSAN SYLPHY” avtomobilini qoʻlga kiritganligini maʼlum qilishganligini, bundan judayam xursand boʻlganligini maʼlum qilgan.
Ammo, hozirda u tomonidan “Coca-Cola Classic” mahsulotini xarid qilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan “DIP440NR” proma kodli qopqogʻi voyaga yetmagan farzandi tomonidan chiqindi sifatida tashlab yuborilganligi sababli, unga yutuq sifatida chiqqan “NISSAN SYLPHY” avtomobili kompaniya tomonidan berilmasdan kelinayotganligini bildirgan.
Fuqaro Normatov Sayfiddin va uning turmush oʻrtogʻi harbiy boʻlib, aynan 14-yanvarda aksiya gʻolibiga aylanishi ularning baxtiyorligini ikki karra oshirgan boʻlsa ne ajab.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mazkur holat boʻyicha kompaniya rahbariyatiga rasmiy murojaat qilib, fuqaro Normatov Sayfiddin (Normatov Sayfiddin)ga yutuqli sovrinni topshirilishida amaliy yordam soʻragan. Lekin, kompaniya rasmiylari yutuq topshirilishi uchun albatta “DIP440NR” proma kodli qopqoq kompaniyaga topshirilishini soʻrashgan.
Shundan soʻng, Federatsiya fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritgan.
Mazkur daʼvo arizasi sud tomonidan koʻrib chiqilib, joriy yilning 1-iyulida Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining qaroriga asosan, fuqaro S.Normatovni “Oʻzbekistonda Yangi yil Promo-aksiyasi 2020” Promo-aksiyasi doirasida oʻtkazilgan aksiya gʻolibi sifatida eʼtirof etish hamda “Nissan Sylphy” rusumli avtomobilni davogarga topshirish majburiyati “Coca-Cola Uzbekistan, LTD” MCHJ kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan.
Ammo, hanuz “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJ kompaniyasi fuqaroning yutugʻini topshirmasdan kelmoqda. Kompaniya masʼullariga qilingan qoʻngʻiroqlar esa javobsiz qolmoqda.
Kompaniya katta ehtimol bilan yutuqni bermaslik uchun sudning qarori ustidan appelyatsiya shikoyati bersa kerak.
“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJ kompaniyasi tomonidan Markaziy Osiyodagi eng yirik isteʼmolchi bozoriga ega boʻlgan davlatda Promo-aksiyani oʻtkazilishi kompaniyaning imijiga ham oʻzining ijobiy taʼsir koʻrsatgan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International)ning toʻlaqonli aʼzosi sifatida “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJ kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan Promo-aksiya ishini yuqori baholaydi.
Bugungi kunda yutuqli proma kodli qopqoq fuqaro tomonidan yoʻqotilgan. Ammo, ushbu yutuqli proma kodli qopqoq mazkur fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan. Undan begona shaxslar foydalana olmaydi. Shuningdek, yutuqli proma kodli qopqoqni boshqa shaxs topib olib yutuqni olish imkoniyatiga ega emas. Sababi yutuqli “DIP440NR” proma kodli qopqoq fuqaro Normatov Sayfiddin (Normatov Sayfiddin) nomiga rasmiylashtirilgan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ushbu holatni oʻrganib chiqib, xalqaro umumeʼtirof etilgan normalar va qadriyatlarga tayangan holda, inson, uning shaʼni va qadr qimmatini oliy darajadagi masala sifatida tan olib, fuqaro Normatov Sayfiddin (Normatov Sayfiddin)ga promo-aksiya gʻolibi sifatida “NISSAN SYLPHY” avtomobilini topshirilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Agarda shu holat gʻarb mamlakatlarining birida sodir boʻlgandami, oʻzini hurmat qilgan kompaniya darhol, hech qanday bahonalarsiz yutuqni oʻz egasiga topshirgan boʻlar edi. 
Nima ham der edik, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJ kompaniyasiga insof bersin.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD” MCHJning 57% davlat ulushini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarib kelmoqda.

Davomini o'qish

13.08.2021

35.000.000 soʻm mablag' iste'molchi foydasiga undirib berilishiga erishildi

 Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan kelgan boʻlib, unda qayd etilishicha, isteʼmolchi tuman markazida “EDIFICATION BUILDING” MCHJ tomonidan qoʻrilayotgan koʻp qavatli uy-joy sotib olish uchun oʻzaro 2020-yil 2-iyul kuni ikki tomonlama shartnoma tuzilgan, shartnomaga asosan fuqaro dastlab 8.055.100 (sakkiz million ellik besh ming bir yuz) keyin yana 20.000.000 (yigirma million) soʻm toʻlovni amalga oshirgan.
Uy esa joriy boshida topshirilishi koʻzda tutilgan boʻlsada, xozirgi kunga qadar uy qurib bitkazilmaganligidan norozi ekanini qayd etilgan. 
Mazkur murojaat oʻrganilishi davomida holat yuzasidan Fuqaroli ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudiga ariza kiritildi.
Sud hukmiga koʻra, isteʼmolchi foydasiga moddiy va maʼnaviy zararlarni inobatga olib 35.000.000 (oʻttiz besh million) soʻm undirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

19.08.2021

Isteʼmolchi ikki yarim million soʻm qarz majburiyatidan xalos boʻldi

Federatsiyaning Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan Qoʻchqorchi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Yu. Mullajonovning yozma murojaati oʻrganildi. Isteʼmolchi murojaatida iddao qilinishicha, shahar gaz idorasi uning xonadoniga nisbatan 2 669 880 (ikki million olti yuz oltmish toʻqqiz ming sakkiz yuz sakson) soʻm miqdorida asossiz qarz majburiyatini yuklagan. Oʻrganish jarayonida murojaatchi xonadoniga yangi gaz hisoblagich oʻrnatilganligi, isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovlar yil davomida oʻz vaqtida amalga oshirib kelinganligi va joriy yilning shu vaqtiga boʻlgan real qarzdorlik 78000 (yetmish sakkiz ming) soʻmni tashkil etishi maʼlum boʻldi. Oʻrganish natijalari bilan oshiqcha hisoblangan qarzdorlik asossiz deb topilishiga, oʻrganish maʼlumotnomasi va qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida qarzdorlikni Billingaz bazaviy dasturidan chiqarilishiga, shuningdek shahar gaz taʼminoti idorasi xodimlari tomonidan 2021-yil 2-avgust kuni tuzilgan dalolatnomani bekor qilinishiga hamda isteʼmolchining real qarzdorligiga aniqlik kiritib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

25.08.2021

KASBIDA “ISTEʼMOLCHILAR UYI” MAʼMURIY KOMPLEKSI FOYDALANISHGA  TOPSHIRILDI 

Soʻngi yillarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha sezilarli chora-tadbirlar koʻrildi. 
Jumladan, “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari shuningdek, “davlat + fuqarolik  jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” tamoyili asosida vertikal boshkaruvga ega mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan yirik jamoatchilik tashkiloti sifatida Oʻzbekiston isteʼmolchilar xukuklarini ximoya kilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan kator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib amalda tadbiq etildi.
Taʼkidlash joizki, Federatsiya tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish boʻyicha inovatsion gʻoyalar orqali oʻz tashabbusiga tayangan holda faoliyat koʻrsatayotgan jamoatchilik tashkiloti sifatida  “Isteʼmolchilar uyi” va “Istemolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chikilib, loyixa doirasida hokimliklar amaliy koʻmagida Oltiariq, Rishton, Bagʻdod, Fargʻona, Margʻilon, Qoʻshtepa, Yozyovon, Dangara, Qiziltepa, Tomdi, Konimex, Uchkuduk, Olot, Buxoro, Korakul, Koson, Kasbi, Shaxrisabz, Dehqonobod, Uzun, Boysun, Angor, Oltinsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Norin, Chortok, Mingbulok, Izboskan, Asaka, Xonobod tumanlari hamda Fargona, Karshi, Zarafshon, Namangan, Nukus, Shargʻun shaharlarida isteʼmolchi kutubxonasi va isteʼmolchilar uyi qurib foydalanishga topshirilishi natijasida federatsiyaning tuman (shaxar) bulimlari oʻz maʼmuriy binolariga ega boʻlishi bilan bir qatorda 30 dan ortik ishchi oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda loyiha doirasida 71 ta tuman va shaharda qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Kasbi tumanida qad rostlagan, zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining foydalanishga topshirilgani ham buning aksidir.
Tadbirni ochib berishda Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri birinchi oʻrinbosari Akmal Xolmatovich Saidov video aloqa orqali qatnashgani tadbir ishtirokchilari uchun kutilmagan voqea boʻldi. Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarning isteʼmolchilik huquq va maʼdaniyatini oshirish, ularning oʻz huquq va burchlari nimadan iborat ekanini oʻrgatish, oʻzlari qiziqqan sohalarining yetuk kadrlari boʻlib yetishishlari uchun oʻquv kurslarining ham joriy etilgani haqida aytib oʻtishdi. Faxriy nuroniy otaxonlar esa, koʻzlarida quvonch bilan yoshlar uchun bu kabi sharoitlarning yaratilayotgani, ularning kelajakda yetuk kadr boʻlishlarida asos boʻlib xizmat qilishini taʼkidlab oʻtishdi.
Qayd etish joizki, Mazkur kompleksdan oʻrin olgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham oʻrin olgan. Taʼkidlash joizki, ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasi ham shakllantirilgan boʻlib, barcha kitobxonlar arzon narxda masofadan turib xarid qilishlari mumkin.
Kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron oʻquv qurilmasi ham oʻrnatilgan. Bundan tashqari, majmuadan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar uchun tikuvchilik markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan 15 ga yaqin toʻgaraklar hamda hozirda yosh avlod katta qiziqish bildirayotgan milliy cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgatadigan boʻlimlarni oʻz ichiga jamlab olgan. Ular shahardagi barcha maktablarning musiqa fani oʻqituvchilari bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, ushbu darsni amaliyot shaklida haftaning muayyan soatida bu yerda oʻtishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksida joy olgan “Isteʼmolchi qabulxonasi”da esa, isteʼmolchilarning ariza va murojaatlari qabul qilinadi. 
Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh oʻgʻil-qizlarimizning ham maʼnaviy tafakkurini boyitish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, yashirin salohiyati va isteʼdodini kashf etish uchun beqiyos imkoniyatlar beshigi boʻlib xizmat qiladi.

Davomini o'qish

27.08.2021

“Isteʼmolchilar uyi”: Mustaqilligimizning 30 yilligi  arafasida Oltinsoyliklar uchun ajoyib tuhfa...

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyatlari institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida mahalliy hokimliklar amaliy koʻmagida bir qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda.
Isteʼmolchilik sohasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, murojaatlarning joyida tizimli koʻrib chiqilishida mutasaddi organlar bilan hamkorlikning yangicha mexanizmlarini joriy qilish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, kutubxonalar faoliyatini tashkil etish maqsadida, “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari ishlab chiqilib, loyiha doirasida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirildi.
“Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksi“Isteʼmolchi kutubxonasi”, “Isteʼmolchi qabulxonasi”, “Book cafe” va “IT-Markaz” kabilarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Qayd etish joizki, Zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksidan oʻrin olgan “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham oʻrin olgan.
Bugun, Oltinsoy tumanida qad rostlagan, zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksining foydalanishga topshirilgani ham buning aksidir. Tadbirda senat aʼzolari va hokimlik, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirni ochib berishda soʻzga chiqqan, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Abdiyevich Bobolov Federatsiyaning bu kabi loyihalari viloyat aholisining isteʼmolchilik borasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishning asosiy negizi ekanini qayd etish barobarida bu kabi xizmat koʻrsatish obyektlari viloyatning har bir tumanida qad rostlashi kerakligini alohida taʼkidladi. 
Shuningdek, yurtboshimiz tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Federatsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi bir guruh faol xodimlariga esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Davomini o'qish

30.08.2021

Mashina qaytadan ta'mirlab berilishioga erishildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida yashovchi fuqaro X.Quchqorov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha istexʼmolchi, mashinasini taʼmirlatish maqsadida Samarqand shaxrida faoliyat olib boradigan Fazliddin ismli ustaga boradi. Usta mashinani galovkasini almashtirish kerakligi yangisi esa oʻrnatib berish bilan 4.130.000 soʻm boʻlishini aytadi. Fuqaro rozi boʻlganidan soʻng mashina taʼmirlanadi va unga 6 oy kafolat (garantiya) beradi. Afsuski, oradan bir oy vaqt ham oʻtmasdan mashinada yana galovka bilan bogʻliq nosozlik yuzaga keladi. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ustabilan bogʻlanib, mashinani qaytadan taʼmirlab berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan. 
Murojaat Federatsiyaning Bulungʻur tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchining mashinasi 6 oy kafolati qaytadan taʼmirlab berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

30.08.2021

Aviabilet uchun to'langan pullar iste'molchiga qaytarilishiga erishildi

Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali Bulungʻur tumani Mingtepa MFYda yashovchi fuqaro S.Yakubova tomonidan kelib tushgan murojaatda, iste'molchi 2020-yil mart oyida Bulungʻur tuman markazida joylashgan “Kamilla Travel” MCHJ dan Rossiya Federatsiyasiga ketish maqsadida Samarqand-Moskva yoʻnalishi boʻyicha 4 dona aviabiletni 1.630.000 soʻm evaziga olgan.
Biroq, 2020-yil 15-martdan yurtimizda karantin eʼlon qilingani sababli fuqaro ketolmay qolishadi. Shundan soʻng, isteʼmolchi bir necha marotaba aviakassa xodimiga chipta pullarini qaytarib berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada, sotuvchi bundan bosh tortganini aytib oʻtgan.
Mazkur, murojaat oʻrganilishi natijasida isteʼmolchi foydasiga 1.630.000 soʻm mablagʻ undirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi O.U.dan kelgan murojaatda isteʼmolchi Buxoro shaxar Markaziy bozorida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkonidan “Samsung” rusumli sovutgich (konditsioner) ni 5 070 000 soʻm evaziga xarid qiladi, biroq, oradan koʻp vaqt oʻtmasdan sovutgich ishdan chiqib qolgan. Bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilganda esa, sotuvchi rad javobi berganini taʼkidlagan.

Davomini o'qish

31.08.2021

AVIABILET UCHUN TOʻLANGAN MABLAGʻ ISTEʼMOLCHIGA QAYTARILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro A.Tovmurodov tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Unda isteʼmolchi, Navoiy shahrida joylashgan Aviakassadan joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent - Krasnadar yoʻnalishi boʻyicha 4 100 000 soʻmga bilet xarid qilib olgani, ammo, fuqaro A.Tovmurodovga aeroportda COVID-19ga qarshi emlanmaganligi  sababli uchishga ruxsat berilmagan. Shundan soʻng fuqaro aviabiletni xarid qilib olgan aviakassasiga topshirgan boʻlsada, chipta uchun toʻlangan 4 100 000 (toʻrt million bir yuz ming) soʻm pul har xil mablagʻ turli vajlar bilan puli qaytarib berilmaganligidan norozili ekanini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida aviabilet uchun toʻlangan 4 100 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytarib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

31.08.2021

Iste'molchi huquqlari qonun himoyasida

Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi fuqaro R.I tomonidan murojaat kelgan boʻlib unda isteʼmolchi tuman markazida joylashgan maishiy tehnikalar doʻkoniga bank dan pul oʻtkazish orqali 9.500.000 soʻm evaziga  kir yuvish mashinasi va qoʻl telefoni xarid qilgan, biroq, doʻkon xodimi isteʼmolchiga oʻzi tanlagan maishiy texnika vositalari yetkazib berilmaganidan norozi ekanini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Kogon shahar jamiyati  xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida maishiy texnika vositalari boshqasiga almashtirib berilishiga erishildi
Shuningdek, Buxoro shahar S.Murodov koʻchasida yashovchi fuqaro A.A. oʻz murojaatida  joriy yilning iyun oyida 5.800.000 soʻm evaziga 2 ta “Akfa plast” romlarini buyurtma qilgan va 3.180.000 soʻm miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirgan. Ammo romlar isteʼmolchi xohlagandek sifatli chiqmagan, oʻlchamlari esa toʻgʻri kelmagani sababli usta-tadbirkordan toʻlagan pulini qaytarib berilishini soʻraganda usta turli bahonalar bilan pulini qaytarib bermaganini atytib oʻtgan.
Mazkur murojaat ham oʻrganilishi natijasida akfa-romlari uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

07.09.2021

Kundalik ehtiyojimiz uchun kerakli mahsulotlarning narxi qayerda qanday?


 
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.
Quyida 6-sentyabr holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning eng qimmat va qimmat narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Mahalliy un birinchi navi — Fargʻona, Andijon va Namangan 5.500-6.000 soʻm, Toshkent 6.500 soʻmni tashkil etmoqda.
Qolipli non — Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1.500 soʻm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 1.500-2.000 ming soʻm.
Makaron — Namangan, Fargʻona Andijonda 7.000-9.000 soʻm, Surxondaryo, Qashqadaryo 4.000-6.000 ming soʻm. 
Shakar — Andijon va Fargʻona viloyatida 8.500 soʻm, Namangan 9.000 soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 8000 ming soʻm.
Oʻsimlik yogʻi — Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatida 17.000-20.000 soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 21000-27000 ming soʻm.
Xoʻjalik sovuni — Surxondaryoda 2.500-3.000 soʻm, Andijon, Fargʻona, Namangan 2.000-3.000 soʻm, Toshkent shahri 3.500-4.000 soʻm.
Tuxum —Andijonda 500-800 soʻm, Fargʻona, Namangan 800-1.000 soʻm, Toshkent shahrida 1.100 soʻm.
Mol goʻshti — Qashqadaryo viloyatida 55.000-65.000 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 65.000-80.000 ming soʻm.
Qoʻy goʻshti — oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 46 mingdan 70 ming soʻmgacha.
Tovuq goʻshti — Andijon viloyatida 15.000 soʻm, Toshkent shahrida 24.000 soʻm.
Guruch — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 9.000-12.000 soʻmdan, Toshkent shahrida 10.000-14.500 soʻmdan.
Kartoshka — Surxondaryo viloyatida 3.500-4.000 soʻm, Andijon, Namangan, Fargʻona 2.000-4.000 soʻmgacha, Toshkent shahrida 4.500-5.000 soʻm.
Piyoz — Surxondaryoda 1.200-2.000 soʻm, Fargʻona, Namangan 800-2.000 soʻm, Andijon viloyati 1500 soʻm,  Toshkent shahrida 1.200-2.500 soʻm.
Sabzi — Surxondaryo, Qashqadaryoda 5.000-10.000 soʻm, Toshkent shahrida 8.000-10.000 soʻmgacha.

Davomini o'qish

08.09.2021

Urugʻlik kartoshka uchun olingan qariyb 25 million soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Samarqand viloyati hokimi onlayn qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaat Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Bulungʻur tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligi raisi F.Boymurodov 2020-yil 10-iyunda Toshkent shahrida joylashgan “Sifatli Ekspres” MCHJ bilan urugʻlik kartoshka olish boʻyicha jami 24 700 000 (yigirma toʻrt million yetti yuz ming) soʻmlik shartnoma imzolab, mablagʻni fermer xoʻjalik hisob raqamidan koʻchirib bergan. Tuzilgan shartnoma bandlari boʻyicha talablar “Sifatli Ekspres” MCHJ tomonidan yetkazib berilishi koʻzda tutilgan kartoshka urugʻlari oradan bir yil vaqt oʻtsa hamki, keltirib berilmagan. Isteʼmolchi F.Boymurodov bir necha marotaba “Sifatli Ekspres” MCHJga murojaat qilgan boʻlsa-da, turli bahonalarni roʻkach qilgan.

Oʻrganishlar natijasida, “Sifatli Ekspres” MCHJ va “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma haqiqatda bir yil avval tuzilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlari yuzasidan “Sifatli Ekspres” MCHJ bilan tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, “Dostonbek Najmiddin chorvasi” fermer xoʻjaligiga 7 tonna 500 kg urugʻlik kartoshkasi yetkazib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

09.09.2021

Nosoz telefon uchun to'langan pullar qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali maishiy tehnika vositlarining nosozligi bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Hususan, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro tomonidan kelgan murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchi shahar markazida joylashgan “Chorsu”  savdo markazidan 1.000.000 soʻm evaziga sotib olgani, oradan bir oy vaqt oʻtmasdan uyali aloqa telefoni nosoz ahvolga kelib qolgani, bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.  Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida uyali aloqa telefoni uchun toʻlangan 1.000.000 soʻm mablagʻ isteʼmolchga qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

09.09.2021

Sifatsiz akkumlyator yangisiga almashtirib berildi

Namangan viloyati Toshbuloq shaharchasida yashovchi fuqarodan kelgan boʻlib, istemolchi “Arzon va sifatli” nomli telegram-savdo doʻkoni orqali oldindan toʻlovni amalga oshirish orqali ayollar koʻylagi sotib olgan, biroq, buyurtma yetkazib berilganda esa mahsulot sifatsiz ekanligi maʼlum boʻlgan.  Tarmoq xordimlariga murojaat qilganda esa, mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortishganini aytib oʻtgan.
Ushbu murojaat, Namangan shaxar jamiyati xodimlari oʻrganilishi natijasida mahsulot uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarib olib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Bashr MFY Qoplaton QFY da yashovchi fuqarodan kelgan murojaatda isteʼmolchi, Namangan viloyati Namangan shaxrida joylashgan “Lola-jaxon” bozoridan avtomashina akumlyatorini 1 yillik kafolat muddati bilan 1.800.000 soʻm evaziga sotib olgan. Biroq sotib olgan akumlyatori 3 oy ichida ishlamay qolganligidan norozi boʻlib murojaat etdi.
Ushbu murojaat, Federatsiyaning Namangan shaxar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida tadbirkor tomonidan akkumlyator yangisiga almashtirib berilishga erishildi

Davomini o'qish

10.09.2021

30 million soʻm evaziga xarid qilingan mototsiklda nosoz ekani maʼlum boʻldi

Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi fuqaro O.Yormatov Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, Olot tuman markazidagi “Best-Moto” oilaviy korxonasiga tegishli texnika doʻkonidan 30 000 000 soʻmga uch gʻildirakli Muravey mototsikl xarid qilganini, ammo xariq qilgan mototsikli sifatsiz chiqqanidan va tadbirkorga qilgan murojaati etiborsiz qolganidan noroziligini bildirgan. Murojaat Olot jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilib, tadbirkorga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, tadbirkor isteʼmolchiga sotgan nosoz mototsikl sifatli qilib taʼmirlab berildi.

Davomini o'qish

10.09.2021

SIFATSIZ TELEVIZOR YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI.

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Buxoro viloyati Vobkent tumani Yangizamon Koʻlxatir MFYda yashovchi fuqaro J.I. tomonidan kelgan murojaatda, isteʼmolchi Vobkent tuman markazidagi maishiy texnika doʻkonidan 4 500 000 soʻmga “Samsung” televizorini xarid qilganini, oradan bir hafta oʻtar oʻtmas esa, xarid qilgan televizori sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan, bu borada bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Murojat Federatsiyaning Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, televizor yangi va sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Yana bir marojaat, Kogon shahar Temir yoʻlchi koʻchasida yashovchi fuqaro Sh.P. tomonidan kelgan boʻlib,  fuqaro oʻz murojaatida joriy yilning 18-avgust kuni Kogon shahri markkazida joylashgan dorixonadan 146.000 (bir yuz qirq olti ming) soʻm evaziga tanometr xarid qilgani, Uch kun oʻtgandan soʻng xarid qilingan tanometr toʻgʻri ishlamayotganligidan norozi boʻlib dorixona sotuvchisiga murojaat qilgan,  ammo uning eʼtirozi qondirilmaganini taʼkidlagan.
Ariza kelib tushgan kunning oʻzidaoʻrganib chiqilganda, haqiqattan ham tanometr nosoz ekani maʼlum boʻldi va tanometr yangisiga almashtirib berilishiga erishildi

Davomini o'qish

08.09.2021

“ISTEʼMOLCHI VA BANK” yoхud isteʼmolchilar  bank tizimi haqida nimalarni bilishi zarur...

Har bir isteʼmolchi ish-xizmatdan foydalanar ekan, birinchi galda uning oʻz manfaati uchun xavfsiz ekanligiga eʼtibor berashi lozim. Foydalanadigan ish-xizmatdan foydalanish qoidalari, oʻziga keladigan foyda yoki zarar toʻgʻrisida oʻylab koʻrishi shart.
Endi asosiy maqsadimiz, xozirgi kunda isteʼmolchilarning keng ommalari kundalik hayotlari davomida xoxlasa-xoxlamasa Banklar faoliyati bilan uzviy aloqada boʻladilar. 
Shu sababdan isteʼmolchilar Banklar bilan aloqa qilishlari davomida asosan eʼtibor qaratilishi, bilishlari lozim boʻlgan asosiy faktorlar bilan aziz isteʼmolchilarni tanishtirib oʻtishni lozim topdik.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi - Oʻzbekiston Respublikasi moliya va pul-kredit tizimining uzviy qismi hisoblanadi. Respublikamizda bank tizimi ikki pogʻonali bank tizimidan iborat boʻlib, oʻz ichiga Markaziy bank va tijorat banklarini oladi. Markaziy bankning tijorat banklari bilan hamda tijorat banklarining oʻz mijozlari bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari, jumladan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlarida belgilangan. 
”Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar”-deb belgilab berilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ularni farqlab olishga xarakat qilaylik.
Markaziy bank bilan tijorat banklarining bir-biridan nimalar bilan farq qiladi?
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashdan iborat.
Markaziy bankning asosiy vazifalari:
- monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
- Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash;
- banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
- Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qoʻshgan holda, saqlash va tasarruf etish;
- bank xizmatlarining ommabopligini oshirishni taʼminlash va bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish;
- davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari deb:
- narxlar barqarorligi;
- bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
- toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishini taʼminlash hisoblanadi.
Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bank xizmatlari isteʼmolchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish belgilangan.
Markaziy bank oʻz oldiga qoʻyilgan vazifaga erishish uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, banklar uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi. Markaziy bank vakolatlarining toʻliq roʻyxati “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunida aks ettirilgan. 
Tijorat banklari “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tijorat tashkilotlari hisoblanib, ularning faoliyati daromad olishga qaratilgan.
Tijorat bankining oʻziga xos xususiyati, bu yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablagʻlardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanishdan iboratdir. Shuningdek, tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, toʻlovlarni amalga oshiradi.

Davomini o'qish

13.09.2021

Suv nasos yangisiga almashtirib berildi.

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro M.Nurmamatova Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Qarshi shahar markazida joylashgan “Farxod” savdo majmuasidan 790.000 soʻm evaziga suv nasosini sotib olganligi, biroq, nasos sifatsiz chiqqani, sotuvchiga bir necha marotaba bogʻlanib vaziyatni tushuntirgan boʻlsada, hch qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganiilshi natijasida, suv nasos boshqa sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

14.09.2021

3.415.000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro D.Nazarovning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga qilgan murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar jamiyati hodimlari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha fuqaro, Qarshi Aviaturizm MCHJga qarashli Aviakassadan Qarshi-Krasnoyarsk yoʻnalishi boʻyicha 1 dona aviachiptani 3.415.000 soʻmga xarid qilgani, biroq, uchish uchun ayeroportta registratsiya (Roʻyxatga olish) ishlari vaqtida aviabiletta texnik xatoga yoʻl qoʻyilgani sababli uchib ketolmaslii atilgan. Shundan soʻng isteʼmolchi aviakassa xodimiga bir necha marotaba aviachipta pulini qaytarib berishi, yoki almashtirib berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, chipta uchun toʻlangan 3.415.000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

14.09.2021

ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro M.Boʻriyevning Sariosiyo tuman prokuraturasiga qilgan murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar jamiyati hodimlari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha fuqaro, 2021-yil 14-aprel kuni Sariosiyo tuman markazida joylashgan “Furqat Omad-avia” MCHJga qarashli aviakassadan Termez-Sankt Peterburg aviayoʻnalishi boʻyicha 2.150.000 (ikki million bir yuz ellik ming) soʻm evaziga bir dona aviabilet sotib olganligi, uchish vaqti pandemiya kuchaytirilgan paytga toʻgʻri kelgani sababli uchib ketolmagani, aviachipta uchun toʻlangan pullarni qaytarib olish uchun esa bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada qaytarib ololmaganini aytib oʻtgan. Murojaat oʻrganilishi natijasida esa, chipta uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro M.Nurmamatova Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Qarshi shahar markazida joylashgan “Farxod” savdo majmuasidan 790.000 soʻm evaziga suv nasosini sotib olganligi, biroq, nasos sifatsiz chiqqani, sotuvchiga bir necha marotaba bogʻlanib vaziyatni tushuntirgan boʻlsada, hch qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganiilshi natijasida, suv nasos boshqa sifatli yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Qarshi shahri Gulobod  koʻchasi  40-uyda  yashovchi fuqaro Gʻ.Javxarov tomonidan kelgan murojaatda isteʼmolchi, Qarshi shahri “Farxod” savdo majmuasida faoliyat olib borayotgan “Chudesa sveta” savdo doʻkonidan 422.000 soʻm evaziga sotib olgan  ARN apparati nosoz chiqqanligi, sotuvchiga bu borada koʻp marta murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini ayib oʻtgan. Mazkur murojaat rganilishi natijasida mahsulot utoʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

15.09.2021

Federatsiya va “Artel” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Xoʻsh nimalar oʻzgardi?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va “Artel” kompaniyasi vakillari oʻrtasida isteʼmolchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish hamda ijobiy hal qilish masalalariga bagʻishlangan amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joizki, “Artel Electronics” kompaniyasi Oʻzbekistondagi xususiy ishlab chiqarish kompaniyalari orasida ilk bor Fitch Ratings xalqaro kredit agentligidan “B” istiqbol reytingini qoʻlga kiritdi.
Artelga 2011-yilda asos solingan boʻlib hozirgi vaqtda keng assortimentdagi maishiy texnikalar va elektr jihozlar ishlab chiqarayotgan oʻzbek kompaniyasi sanaladi. Korxona Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq ish oʻrni yaratgan. Artel oʻz mahsulotlarini MDH va Yaqin Sharq mintaqasidagi 20 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi. Samsung hamda Viessmann kabi dunyoga mashhur ishlab chiqarish kompaniyalarining hududiy hamkori sanaladi. Bu oʻz oʻrnida kompaniyaning iqtiqbolidan dalolat beradi.
Bugungi kunda “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari Respublika doirasida eng koʻp xarid qilinayotganligi mahsulotning xamyonbop ekanligidadir. Biroq, Federatsiyaga mazkur brend ostida ishlab chiqilgan mahsulotlar bilan boqliq kelib tushayotgan murojaatlar ham talaygina.
Xoʻsh, kompaniya bunga qanday munosabat bildiradi?
Federatsiya va “Artel” kompaniyasi oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvda isteʼmolchilar va kompaniya oʻrtasida koʻprik yaratish, shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik masalalari borasida fikrlar almashildi.
Shuningdek, isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “Bir murojaat – bir yechim” tamoyili asosida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Federatsiya raisi oʻrinbosari I.Tagayev “isteʼmolchi qachon bizdan rozi boʻladi, qachonki unga sifatli mahsulot va sifatli xizmat bera olsak. Uni vaqti va mablagʻini tejasak, bu esa kelgusida qilinajak ishlarimizning asosiy tamoili, bosh maqsadi sifatida qarashimiz kerak” deya oʻz taklif va tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Davomini o'qish

17.09.2021

Nosoz telefon yangisiga almashtirib berilishiga erishildi

Federatsiyaning Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tuman jamiyatiga mazkur tumanda yashovchi fuqaro M.Yusuvaliyeva tomonidan murojat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi, tumandagi kredit savdo doʻkonlarining biridan iyun oyida 3.753.600 soʻm evaziga muddatli toʻlov sharti bilan Samsung rusumli qoʻl telefoni xarid qilgan. Lekin ushbu qoʻl telefoni nosoz chiqqanligi bois sotuvchi bilan bogʻlanib nosoz qoʻl telefoni oʻrniga, shu markadagi boshqa telefonga almashtirib berishlarini talab qilgan.
Sotuvchi esa, qoʻl telefonini texnik koʻrikdan oʻtkazgan va haqiqattan ham  telefon apparati nosoz ekani maʼlum boʻlgan. Doʻkon xodimlari mazkur markadagi telefon yoʻq ekani, agar 3-4 kun kutsa, yangisi kelganda almashtirib berishlarini aytgan. Isteʼmolchi oradan 5 kun oʻtib yana xabar oladi. Biroq, yana turli bahonalarni roʻkaj qilib telefon apparatini almashtirib berishmaganini taʼkidladi.
Oʻrganishlar davomida sotuvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra Samsung rusumli qoʻl telefoni  oʻrniga Xiaomi Mi Note 9 128 G rusumli qoʻl telefoniga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

17.09.2021

Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Fargʻona viloyati Quva tumanida yashovchi fuqaro  Z.Xolmatovninig Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati Federatsiya masʼullari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchi xonadoniga 2004-yilda tabiiy gaz oʻtkazilgan boʻlib, isteʼmolchi toʻlovlarni muntazam va oʻz vaqtida amalga oshirib kelishiga qaramay Quva tuman Gaz taʼminot korxonasi tomonidan 175 560 (bir yuz yetmish besh ming besh yuz oltmish) soʻm qarzini oʻz vaqtida toʻlashi kerakligi haqida xat kelgan.
Murojaatini oʻrganish jarayonida amalga oshirilgan toʻlovlar qayta hisob-kitob qilinganda, isteʼmolchining haqiqatda 47 320 soʻm qarzdorligi mavjudligi, bazaga notoʻgʻri hisob kiritilishi natijasida qarzdorligi 222 880 soʻmga aylanib ketganligi aniqlandi.
Yana bir holat. Ushbu hududda yashovchi yana bir fuqaro X.M. ning murojaati ham oʻrganilishi jaaryonida gaz idorasi xodimlari tomonidan gaz hisoblash uskunasining koʻrsatgichi notoʻgʻri kiritilishi natijasida isteʼmolchida 101 339 soʻm asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi maʼlum boʻldi.
Yuqoridagi holatlarni oʻrganish natijasida, isteʼmolchilarga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik bartaraf etilishiga erishildi.

Davomini o'qish

20.09.2021

Isteʼmolchiga yuborilgan SMS xabardagi qarzdorlik isbotini topmadi 

Federatsiyaning Fargʻona tuman jamiyati tomonidan Vodil shaharchasi Dilkusho MFY hududida yashovchi O.Taniqulovaning murojaati oʻrganildi. Isteʼmolchi oʻz murojaatida tabiiy gazdan toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi yoʻq boʻlsada, mobil telefoniga SMS xabar kelayotganligidan noroziligini bildirgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari hamda “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali Fargʻona tuman boʻlimi masʼul xodimi ishtirokida oʻrganilib, isteʼmolchining tabiiy gaz uchun amalga oshirgan toʻlov qogʻozlari asosida qayta hisob-kitoblar oʻtkazildi. 
Oʻrganish toʻlovlar boʻyicha fuqaroning tabiiy gazdan qarzi yoʻqligini koʻrsatib, mobil telefonga yuborilgan qarzdorlik toʻgʻrisidagi SMS xabar yuzaga kelgan texnik xatolik tufayli sodir boʻlganligi maʼlum boʻldi. Natijada isteʼmolchi asabbuzarligi holatiga sabab boʻlgan 791 200 (yetti yuz toʻqson bir ming ikki yuz) soʻm qarzdorlikning asossiz ekanligi isbotini topdi.

Davomini o'qish

20.09.2021

Aviachipta uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarildi

Federatsiyaning Andijon viloyati hududiy birlashmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumaladan, Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi fuqaro A.Sheraliyev tomonidan kelgan murojaat qonun doirasida o'rgani chiqildi. Murojaatda qayd etilishicha, iste'molchi tuman markazida joylashgan aviakassadan  "Moskva-Toshkent" yo'nalishi bo'yicha 1.674.000 (bir million olti yuz yetmish to'rt ming so'm) evaziga aviachipta sotib olgan, biroq karantin cheklovlari sababli uchish noma'lum muddatga qoldiriladi. Iste'molchi bir necha marotaba sotuvchi bilan bog'lanib aviachipta uchun to'langan mablag'ni qaytarib berishlarini so'ragan bo'lsada hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tgan.
Murojaat o'rganib chiqilishi natijasida, aviachipta uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarib olib berildi.

Davomini o'qish

21.09.2021

Suv nasos sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi

Bugun kundalik hayotimizda maishiy tehnika bilan bogʻliq koʻplab muammolar uchrab turibdi. Bunga sabab esa, maishiy savdo doʻkonlari orqali mahsulot xarid qilganda koʻpchilik isteʼmolchilar uning sifati, yaroqlilik muddati, xattoki, necha amper kuchlanishda ishlashi haqida umuman qiziqmaymiz, mahsulot qanchalik arzon boʻlsa, bir mahsulot puliga ikkita mahsulot harid qilish bizning odatiy shiorimizga aylanib ulgurganligidadir.  Biroq, mahsulot sifatsiz chiqqanida esa albatta ishlab chiqaruvchi kompaniya yoki sotuvchiga aybni agʻdarib qoʻyamiz.
Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham shu bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi murojaatlardan biri, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaro Z.Fatullayeva tomonidan kelgan boʻlib, unda qayd etilishicha, isteʼmolchi, Gʻijduvon tumanmarkazida joylashgan “Mega stroy” savdo doʻkonidan 6.657.000 (olti million olti yuz ellik yetti ming) soʻm evaziga bir guruh maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilgan, biroq, mazkur mahsulotlardan biri “370 VT” rusumli suv nasosi sifatsiz chiqqan.
Sotuvchiga mahsulot sifatsiz ekani haqida bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, murojaat eʼtibordan chetta qolgan.
Murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, suv nasosi tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

21.09.2021

Bank xodimining sirlari fosh bo'ldi

Kreditlar isteʼmol ehtiyojlari, avtomobil sotib olish, birlamchi bozorda uy-joy sotib olish, maishiy texnika sotib olish yoki taʼlim olish uchun ajratiladi. Gʻijduvon tuman Mirakon MFY Adoq qishlogʻida yashovchi fuqaro S.Jumayeva joriy yilning 15-iyul kuni Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Gʻijduvon tuman jamiyatiga yozma shaklda murojaat qilib, mazkur tuman markazida joylashgan tijoraat banklaridan biriga murojaat qilib, 2019-yil iyun oyidan 2019-yil oktabr oyigacha naqt pul shaklda uy joy krediti toʻlovlarini amalga oshirganligini ammo bank xodimlaridan biri tomonidan hech qanday kvitansiya taqdim etilmaganligini va mazkur pullar bank hisob raqamiga kirim qilinmay oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligidan norozi boʻlib murojaat qiladi. 
Murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib chiqilishi natijasida,bank xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va isteʼmolchining 2 920 000 soʻm mablagʻi bank hisob raqamiga kirim qilinib istemolchiga belgilangan tartibda toʻlov kvitansiyasi taqdim etilishiga erishildi

Davomini o'qish

22.09.2021

Muzlatgich uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarilishiga erishildi

Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro M.O tomonidan kelgan oʻlib, unda qayd etilishicha isteʼmolchi, Buxoro shahrida joylashgan maishiy texnika savdo doʻkondan 2021-yil fevral oyida oʻz extiyoji uchun 4.200.000 (toʻrt million ikki yuz ming) soʻmga “Oynali muzlatgich” (vitrina xolodilnik) ni sotib olgan. Savdo doʻkoni tomonidan ushbu muzlatgichga bir yillik kafolat berilgan boʻlib shu davr mobaynida maishiy texnikasiga biror bir nuqsoni chiqgan taqdirda savdo doʻkoni ustalarining oʻzlari kelib taʼmirlab berishlarini bildirilgan. “Oynali muzlatgich” maishiy texnikasi olib kelingandan soʻng, bir hafta mobaynida isteʼmolchi muzlatgich talab darajasida ishlamayotganligidan norozi boʻlib savdo doʻkoniga telefon orqali murojaat qilgan. Savdo doʻkoni tomonidan bir oy davomida ikki marotaba usta joʻnatilib muzlatgich taʼmirlangan, ammo isteʼmolchi murojaati toʻliq qodirilmagan. Savdo doʻkoniga qayta-qayta murojaat qilishdan charchagan fuqaro (isteʼmolchi) M.O. Federatsiyasiga murojaat qilishga majbur boʻlganini aytib oʻtgan.
 Murojaat Kogon tumani jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilishi natijada isteʼmolchiga muzlatgich uchun toʻlangan jami 4.200.000 (toʻrt million ikki yuz ming) soʻm mablagʻ qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

23.09.2021

Ishga boʻlgan loqaydlik: qariyb 15 million soʻm isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bong urib aytilayotgan holatlar hali hamon oʻz nihoyasiga yetgani yoʻq. Xoh u noreal qarzdorlik boʻlsin, xoh nosozligi aniqlangan mahsulot, yoki elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi muammolar barchasi bugungi kunning asosiy masalalari qatoridan oʻrin egallagan. Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaga ham mazkur holatlar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan biri, Fargʻona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro V.Qoraboyev tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha fuqaro yashash manziliga bir necha oy oldin yangi va zamonaviy elektr hisoblagich oʻrnatilgan, isteʼmolchi elektr energiyai uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirib kelayotgan boʻlishiga qaramasdan unga nisbatan 14 mln. 596 ming. 465 soʻm qarzi borligi toʻgʻrisida xat kelgan. Isteʼmolchi esa bu borada “Hududiy Elektr tarmoqlari” korxonasiga bir necha marotaba qarzdorlikni qayta koʻrib chiqish, kvitansiyalar bilan kompyuterdagi maʼlumotlarni bir-biriga solishtirishni  soʻragan boʻlsada, turli vajlar orqali murojaat oʻzrinsiz qolganini aytib oʻtgan.
Isteʼmolchi murojaati oʻrganilganda haqiqatan ham fuqaro yashash xonadoniga bir necha oy ilgari yangi, zamonaviy, aqlli elektr hisoblagich oʻrnatilganligi, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirib kelinayotganligi maʼlum  boʻldi. Dastlabki hisob-kitoblar isteʼmolchida noreal qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlandi.
Tuman elektr taʼminoti korxonasidan olingan javob xati esa buni tasdiqladi. Xat mazmuni esaquyidagicha “Aniqlanishicha, Buvayda tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan fuqaro V.Qoraboyevning yashash xonadonida mavjud boʻlgan hisoblagich koʻrsatkichini amaldagiga nisbatan notoʻgʻri kiritilishi oqibatida, 14 596 465 soʻm miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan”.
Natijada, noreal qarzdorlik boʻyicha xatlov dalolatnomasi rasmiylashtirilib, xonadon shaxsiy hisobvaraqasidan chiqarib yuborilishi erishildi.

Davomini o'qish

23.09.2021

Muzlatgich uchun toʻlangan  2 mln. 330 ming soʻm mablagʻ qaytarilishiga erishildi.

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro D.Xidirov tomonidan kelgan boʻlib, isteʼmolchi sotib olgan muzlatgich oradan hech qancha vaqt oʻtar-oʻtmas turli nagʻmalari chiqib, ishlamay qolgan. Sotuvchi esa mahsulotni almashtirib berishdan bosh tortgan. Muzlatgichdagi nosozlik ishlab chiqaruvchi korxonaning loqaydligi sabab yuzaga kelgani sabab servis markazga olib borib koʻrsatishini aytilgan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida tomonlar kelishuviga asosan, isteʼmolchiga  muzlatgich uchun toʻlangan  2 mln. 330 ming soʻm mablagʻ qaytarilishiga erishildi.

Davomini o'qish

29.09.2021

Nosoz gaz hisoblagichini yangisiga almashtirib berilishiga erishildi

Buxoro viloyati Romiton tumanida yashovchi fuqaro K. Bobonazarovaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali qilgan murojaati Federatsiya masʼullari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha isteʼmolchi, Romiton tuman markazida joylashgan savdo doʻkonidan 1 550 000 soʻmga gaz hisoblagich sotib olganini, hamda sotib olgan gaz husoblagich nosoz chiqganligini, doʻkon xodimiga murojaat qilganida almashtirib bermaganidan va qoʻpol muomalada boʻlganligidan norozini bildirgan.
Murojaat Federatsiyaning Romiton tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida nosoz gaz hisoblagichini yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

29.09.2021

Iste'molchi huquqlari qonun himoyasida

Buxoro viloyati Qorakoʻl tuman Quvacha MFY da yashovchi fuqaro N.N tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi, joriy yilning 16-fevral kuni Gʻijduvon tumanidagi “Gʻijduvon Avtotexxizmat” avtosalonidan 83 620 000 soʻm evaziga Nexia-3 avtomashinasi xarid qilgan. Avtomashina  3200 km yurganidan soʻng avtomashina sovutgich vintelyatori nosoz holda kelib qolgan. Bu borada avtosalon xodimlariga bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida? “Gʻijduvon Avtotexxizmat” avtosalon xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, Nexia-3 avtomashinasi sovutgich vintelyatori avtosalon xodimlari tomonidan taʼmirlab berildi.

Davomini o'qish

30.09.2021

Nosoz bolalar motosikli uchun to'langan mablag' iste'molchiga qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi fuqaro D.Muhammedova tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi, Qarshi shahri markazida joylashgan YATT J.Abdullayevga qarashli savdo doʻkonidan 1million 650 ming soʻm evaziga bolalar motosiklini sotib olgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan unda turli nosozliklar paydo boʻlganligi sotuvchi bilan bogʻlanganda esa hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida motosikl uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Sogʻintirgan kredit

Margʻilon shaxar Toshkesar MFYda yashovchi fuqaro Xushnudbek yaxshi niyatlarda “IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI”ni tamomlab, sertifikatni qoʻliga olgan kunidan boshlab oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida xarakatni boshlab yuboradi. Tadbirkorlik soxasida uncha-muncha bilim va salohiyatga ega boʻlgan Xushnudbek oʻzi kabi intiluvchan yoshlarni bandligini taʼminlash va ularni moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentning tashabbuslari bilan turli tarmoqlarda yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan olib, ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida tashabbus koʻrsatib, avtomobil yuvish shahobchasi tashkil qilishni rejalashtiradi. Oʻz maqsadi yoʻlida barcha toʻsiqlarni yengib oʻtishga tayyor Xushnudbek yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirib, bankka imtiyozli kredit (24 000 000 “yigirma toʻrt million” soʻm) olish uchun topshiradi. Kredit chiqishini kutib oʻtirmay shartnoma imzolagan firmasi bilan oʻzaro kelishgan holda to kredit mablagʻi firma xisob raqamiga kelib tushguniga qadar avtomobil yuvish shahobchasi uchun kerakli jihozlarni olib kelib ishni boshlab yuboradi. Quvonarlisi Xushnudbek ochgan “avtomoyka”da 8 nafar talaba yoshlar oʻqishdan boʻsh vaqtlarida tirikchilik qilish uchun ish bilan taʼminlangani edi. Afsuski bank tomonidan shartnoma tuzilgan firmaga qisqa muddatda kredit mablagʻi chiqarib berilishi toʻgʻrisida kafolat xati berilishiga qaramay oradan ikki oy fursat oʻtsa hamki kreditdan darak boʻlmaydi, shartnoma tuzilgan, kafolat xati berilgan va oʻzaro kelishilgan boʻlishiga qramay, “avtomoyka”ni jihoz bilan taʼminlagan firma xam hisob raqamiga ikki oy vaqt oraligʻida pul tushmagach, yetkazib bergan mahsulotlarini olib chiqib ketishi mumkinligi toʻgʻrisida Xushnudbekni ogoxlantiradi. Shundan soʻng isteʼmolchi bank xodimlariga yuzlanadi, ular “boʻldi bajaramiz, xozircha resurs yoʻqligi sababli kredit toʻxtab turibdi, keyingi haftada albatta tushadi” deb isteʼmolchini ikki oydan buyon tinchlantirib kelishgan. Xushnudbek onasining tavsiyasiga koʻra, Margʻilon shaxar Isteʼmolchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga ariza bilan shikoyat qiladi. Isteʼmolchidan kelib tushgan arizaga asosan mutaxassislar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, Respublika Markaziy banki bilan aloqa oʻrnatilib, isteʼmolchining nomiga rasmiylashtirilgan (24 000 000 “yigirma toʻrt million” soʻm) imtiyozli kredit shartnoma tuzilgan firma hisob raqamiga chiqarib berishda amaliy yordam berildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Zarafshonda qurilish firmasi uy olish fikridan qaytgan mijozning boshlangʻich toʻlovidan “urib” qolmoqchi boʻldi

Zarafshon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 13-sentyabr kuni fuqaro M.Zayniddinova tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga koʻra, fuqaro Zarafshon shahar aholisi uchun koʻp qavatli turar joy kvartiralarini qurayotgan qurilish firmalarning biridan 2 xonali uyni umumiy bahosi 263 mln soʻmga kelishib, boshlangʻich toʻlov uchun 23 mln soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Bugungi kunga kelib fuqaroning toʻlov qobilyati boʻlmaganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilgan. Va toʻlagan toʻlovni qaytarib olish uchun qurilish firmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Firma esa toʻlangan summa uchun qoʻshimcha 10 foiz ustama olgan. 

Bundan norozi fuqaro murojaat jamiyat masul xodimlari tomonidan joyida borib oʻrganib chiqildi. Haqiqatdan ham oʻrganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan muammolar oʻz isbotini topgan. Jamiyat masul xodimlari tomonidan qurilish firmasi mutasaddi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari tushuntirilgan.  

Shundan soʻng qurilish firmasi fuqaro M.Zayniddinova tomonidan toʻlangan 23 000 000 soʻm mablagʻ (boshlangʻich toʻlovni) toʻliq naqd shaklda qaytarib berildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

“Lochin” taʼmirlab berildi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi X.Komiljon Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga ishonch telefoni orqali murojaat qildi.
Fuqaroning maʼlum qilishicha, u shu yilning sentyabrida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “REALMOTO” MCHJdan 25 600 000 soʻmga “Lochin” rusumli mototsiklni 1000 km harakatlanish kafolati bilan sotib olgan, ammo mototsikl 449 km harakatlangandan soʻng buzilgan. Isteʼmolchining mototsiklni almashtirib berish haqida tadbirkorga qilgan murojaati eʼtiborsiz qoldirilgan.

Murojaat Qorovulbozor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, “REALMOTO” MCHJ rahbari va ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan. Shundan soʻng tadbirkor tomonidan nosoz mototsikl toʻliq taʼmirlab berildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Quyonlar “quyon” boʻlib qolishdi...

Chortoq tumanida yashovchi Husniddin Joʻrayev “HALOL GOʻSHT EXPORT” MCHJ bilan 27 million soʻmlik shartnoma tuzadi.
Ikkala tomonning oʻzaro bitimiga koʻra, MCHJ yuqoridagi mablagʻ evaziga fuqaroga “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida zotli quyonlarni yetkazib berishi kerak edi. Ammo shartnomadagi quyonlar “quyon” boʻlib qolsa deng! Yaʼni MCHJ nomi kabi halol boʻlmay, quyonlarni berishdan bosh tortib keladi.

Chorasiz qolgan H. Joʻrayev Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yordam soʻrab murojaat qiladi. Shundan soʻng ish Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga oshiriladi. 

Sud jabrlanuvchi foydasiga qaror chiqaradi. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasiga koʻra, MCHJ tomonidan keltirilgan zarar hamda maʼnaviy zarar – jami 27 mln 500 ming soʻm daʼvogar foydasiga undirib berildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Asossiz qarzdorlik olib tashlandi

Shu yilning 22-iyunida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Chust tumani jamiyatiga Chust tumani Axcha QFYda yashovchi T.M. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda bayon etilishicha, Chust tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan asossiz ravishda hisoblangan 5 million 742 ming soʻm qarzdorlik sababli fuqaroning yashash xonadoni elektr energiyasidan uzib qoʻyilgan.

Ushbu murojaat Chust tumani jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida oʻrganib chiqilganda haqiqatan ham tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hisoblangan asossiz qarzdorlik tufayli uzilgani aniqlandi.

Chust tumanlararo sudiga fuqaro manfaati yuzasidan shikoyat arizasi kiritilib, unga qoʻyilgan 5 million 742 ming soʻm qarzdorlik olib tashlandi. Shuningdek, fuqaroning xonadoni elektr energiya tarmogʻiga ulanishiga erishildi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Isteʼmolchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan moddiy zararning oldi olindi

Rishton tumani “Uzun koʻcha” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi I.Sultonov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining PotrebitelUz_bot telegram boti orqali murojaat yoʻllagan.
Murojaatda keltirilishicha, u 2020-yil dekabr oyida “Zohidon yigitlari” MCHJga qarashli savdo doʻkonidan “Quvasoy shifer zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer xarid qilib olib qoʻygan. Shu yilning avgust oyida xonadoni tom qismiga yopilgan shiferlardan 50 tasi oradan bir necha kun oʻtib yorilib ketgan.

Murojaat Rishton tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilishi jarayonida shifer ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati nomiga ham soʻrov xati yuborilib, unda oʻrganish ishlarida korxonadan bir nafar malakali mutaxassis ishtirok etishi soʻraldi.

Oʻrganish davomida esa mazkur mutaxassis ishtirokida isteʼmolchi xonadonidagi yorilgan shiferlar boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va oʻrganuv kunining ertasiga isteʼmolchiga nuqsonli shiferlar oʻrniga yangi, sifatli 50 dona shifer yetkazib berildi. Natijada isteʼmolchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan 2 mln. soʻmlik moddiy zararning oldi olindi.

Davomini o'qish

01.11.2021

NNTlar jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolarni hal etishda yelkadosh boʻlmoqda

Oʼzbekiston xalqi muhim siyosiy jarayon arafasida turibdi – prezidentlikka saylov boʼlib oʼtadigan kun tobora yaqinlashmoqda.
Bugungi kunda demokratik saylovlarni nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokisiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Аyni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlari Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish jarayonida barcha ishtirokchilarning huquqiy hamda elektoral madaniyatini oshirishga doir keng miqyosdagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Yaqin tarixdan maʼlumki, nodavlat notijorat tashkilotlari ehtiyojlari tizimli tahlil qilinmagani, davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʼrtasida konstruktiv muloqot yoʼlga qoʼyilmagani, davlat va jamiyat hayotiga doir muhim masalalar boʼyicha oʼzaro fikr almashish uchun maydonlar yaratilmagani ularni nomigagina faoliyat yurituvchi tashkilotlarga aylantirib qoʼygan edi.

Ularning ijtimoiy mavqeini oshirish u yoqda tursin, minglab NNTlarning hatto oʼtirib ishlaydigan joyi ham yoʼqligi hech kimni oʼylantirmas edi. Аksari NNT rahbarlari tashkilot muhrini yonida olib yurib, faoliyat yuritgani hech kimga sir emas.

Oʼzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijro hokimiyati uchun jamoat tashkilotlari jiddiy va teng huquqli, shu bilan birga, hurmatga loyiq hamkor sifatida namoyon boʼla boshladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining nufuzi orta boshladi. Bugun NNTlar jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini oʼylantirayotgan, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etishda davlat hokimiyati organlariga yelkadosh boʼlib kelmoqda.

Аyni paytda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 10 mingdan ortiq NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda mahalliy davlat boshqaruvi va ijro organlariga koʼmakdosh boʼlib kelmoqda. Mazkur institutlar fuqarolarning salohiyatini roʼyobga chiqarish, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashda munosib oʼrin tutadi.

Turgan gapki, Yangi Oʼzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlariga qaratilayotgan eʼtibor, yangi tashabbus va takliflar ularni faollikka, tashabbuslarga undamoqda.

Buni soʼnggi yillar ichida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tizimida amalga oshirilgan ishlar misolida ham koʼrishimiz mumkin.

Bugungi kunda tizimda 14 hududiy birlashma, 197 tuman (shahar) jamiyatlari faoliyat koʼrsatib, xodimlar umumiy soni 1218 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Federatsiyaning tashkilot, korxona, muassasa, oʼquv yurtlarida 4986 ta «Tayanch guruh»lari tashkil etilgan boʼlib, federatsiya aʼzolari soni 578 162 nafarni tashkil etadi.

2017-2021 yillar davomida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qariyb 50 milliard soʼm mablagʼ isteʼmolchilar foydasiga hal etilgan.

Jamoat tashkilotlari ichida birinchilardan boʼlib Federatsiyaning yagona 1091 qisqa raqamli «ishonch telefoni» tashkil etildi. 2018 yilda Federatsiya Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International)ning toʼlaqonli aʼzoligiga qabul qilindi.

Federatsiya mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish boʼyicha innovatsion gʼoyalar va tashabbuslarni ilgari surib, turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Аlbatta, ilgari surilgan takliflar, oʼrtaga tashlangan har bir tashabbus oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida aniq tasavvur berish barobarida, masʼuliyat hissini ham yuklaydi. Jumladan, «Obod xonadon – yurt koʼrki», «Orolboʼyini obod etaylik» loyihalari ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Yurtimizning turli goʼshalarida, tuman va shaharlarida 50 dan ortiq «Isteʼmolchi kutubxonalari» va «Isteʼmolchilar uyi» qurib foydalanishga topshirildi.

2019 yil 14-19 yanvarь kunlari «Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari Forumi»ning respublikamizning Toshkent va Samarqand shaharlarida yuqori saviyada oʼtkazildi.

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya jamoasi 24 oktyabrь kuni boʼlib oʼtadigan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi faol ishtirok etadi va Vatan taqdiri, istiqboli uchun befarq emasligini namoyish etadi.


 

                                                                                                                                                                            Jahongir SARIMSOQOV,

                                                                                      Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi

Davomini o'qish

01.11.2021

“Isteʼmolchi daftari” qanday yoʻnalishlarni qamrab oladi

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subʼektlari” taʼmoyili asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning mahallabay tizimini joriy etishga qaratilgan “Isteʼmolchilar markazi”ni tashkil etila boshlandi.
Аna shunday maskanlardan dastlabkisi. Buxoro viloyati, Buxoro tumani “Shergiron” mahallasida foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Buxoro tumani hokimi Xayrulla Joʼraevning takidlashicha, respublika boʼylab tanlanma asosida ikkita mahalla hududida “Isteʼmolchilar markazi” tashkil etilishi nazarda tutilgan.

KUTILАYoTGАN NАTIJА

“Isteʼmolchilar markazi”da aholi muammolarini tizimli oʼrganish va ularning aniq hal etilishida davlat boshqaruvi va xoʼjalik boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlikda ishlashning yangicha tizimi yoʼlga qoʼyiladi. Fuqarolarning (savdo, gaz va elektr taʼminoti, suv taʼminoti, kommunal xoʼjaligi, ekologiya, qurilish, kadastr, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, sogʼliqni saqlash, taʼlim, xizmat koʼrsatish (servis) transport sohasiga, aloqa boshqa sohalar)dagi murojaatlari mahallabay koʼrib chiqilishida huquqiy maslahatlar beriladi. Muammolar joyida hal etilishiga sharoit yaratiladi.

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan har bir mahalla kesimida “Isteʼmolchi daftari” shakllantiriladi.


Isteʼmolchi daftari” — mahalladagi mavjud xonadonlar kesimida, aholi (isteʼmolchilar)ga uy-joy, kommunal xizmat, servis va xizmat koʼrsatish, transport, aloqa va kommunikatsiya, savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat koʼrsatish va boshqa sohalarda muammolarni jamoatchilik nazorati tartibida oʼrganish va oʼrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning joyida bartaraf etilishi boʼyicha takliflar oʼrganildi.

YOʼNАLIShLАR

Isteʼmolchi daftari” quyidagi yoʼnalishlarni qamrab oladi:

- mahallada har bir xonadon kesimida elektr energiyasiga ulanish holati, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasi shartlarining belgilangan tartibda bajarilish holatlarini monitoring qilish, tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;

- har bir xonadon kesimi hamda ijtimoiy soha obʼektlarining tabiiy gazga ulanganlik (suyultirilgan gaz baloni bilan taʼminlanganlik) holati, gaz taʼminoti tashkilotlari bilan tuzilgan gaz taʼminoti shartnomasi shartlarining belgilangan tartibda bajarilishi holatlarini monitoring qilish, tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;

– xonadonning ichimlik suv bilan taʼminlanganlik holati, ichimlik suvi yetkazib beruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma hamda tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;

- xonadonning chiqindi tashish xizmatidan foydalanishi, chiqindi tashish xizmatini koʼrsatuvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma hamda tomonlarning huquq va majburiyatlariga tizimli ravishda amal qilish ustidan doimiy jamoatchilik nazoratini oʼrnatish orqali tartibga solinishini taʼminlash;

- komunal toʼlovlarni amalga oshirishda toʼlov qobiliyatiga ega boʼlmagan oilalarni aniqlash orqali homiylik mablagʼlari hisobidan qarzdorliklarni soʼndirish choralarnii koʼrish;

- oilada kasal, tibbiy xizmatdan foydalanishga muhtojligi boʼlgan aʼzolar, kasalligi boʼyicha qoʼyilgan tashxis, davolanish muddati (har uch oyda, har olti oyda), dorilarga ehtiyoji va h.k.;

- mahalla hududida faoliyat yurituvchi jamoat transporti, ichki yoʼllar ahvoli;

- mahalla hududidagi savdo va xizmat koʼrsatuvchi obʼektlarining mavjudligi hamda faoliyatidan aholining qoniqish darajasi.

Loyiha doirasida 28 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etiladi.

Loyihani amalda tatbiq etish orqali koʼzlangan natijaga erishilsa, kelgusida respublikaning 9440 ta mahalla fuqarolar yigʼini hududida “Huquqiy maslahat” markazlari tashkil etish orkali 18880 nafar ishchi oʼrinlari yaratish imkoni paydo boʼladi.

Davomini o'qish

01.11.2021

Avtomobil sotib olish uchun avtosalon bilan shartnoma imzolagan fuqaroga mashina berilmadi

Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining xabar berishicha, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga Fargʻona shahri Yangi asr koʻchasida yashovchi G.R.dan murojaat kelib tushgan.

Fuqaroning murojaatiga koʻra, u Yozyovon tumani Andijon koʻchasi 2-uyda joylashgan “AS-FERGANA SERVIS” shoʻba korxonasiga tegishli avtosalon bilan metan gaz uskunasi oʻrnatilgan, qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulov sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan.

Maʼlum boʻlishicha, shartnoma imzolanganidan soʻng avtosalon maʼmuriyati "UzAutoMotors” tomonidan gaz uskunasi oʻrnatish bekor qilingani sababli shartnoma bekor qilib, avtoulovni berilmasligini maʼlum qilgan.

Federatsiyaning bayon qilishicha, ushbu shikoyat boʻyicha Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy jamiyati xodimlari tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablaridan kelib chiqib tushuntirish ishlari olib borilgan.

Tushuntirish ishlari yakuniga koʻra, isteʼmolchining xuquqi  tiklanib 9 kunda qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulovni olishiga erishilgan.

Davomini o'qish

01.11.2021

Oʻzbekistonda isteʼmolchilar koʻproq qaysi sohadan norozi ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqni himoya qilish jamiyati federatsiyasi 2021-yilning 9 oyi davomida qaysi soha boʻyicha koʻprok murojaat tushganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2021-yilning toʻqqiz oyi davomida fuqarolardan jami 8686 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 5108 tasi ogʻzaki, 2313 tasi yozma, 1265 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Qayd etilishicha, ariza va shikoyatlarning 7656 tasi yaʼni, 88,1 foizi ijobiy hal etilishi natijasida, isteʼmolchilar foydasiga jami 15 milliard 188 million 83 ming 366 soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinib, qaytarib berilgan. Bundan tashqari, federatsiya va uning hududiy boʻlinmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilingan.

Unga koʻra, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 3272 tasi (37,7 foiz) savdo sohasiga, 1188 tasi (13,7 foiz) gaz taʼminoti sohasiga, 915 tasi (10,5 foiz) elektr taʼminoti sohasiga, 437 tasi (5 foiz) suv sohasiga, 285 tasi (3,3 foiz) kommunal xizmat sohasiga, 103 tasi (1,2 foiz) sogʻliqni saqlash sohasiga, 547 tasi (6,3 foiz) xizmat koʻrsatish sohasiga, 180 tasi (2,1 foiz) transport sohasiga, 276 tasi (3,2 foiz) aloqa va internet sohasiga va 1483 tasi (17,1 foiz) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelgan.

Avvalroq Oʻzbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi aytilgandi. Shuningdek, mamlakatda koʻproq qaysi soha xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani maʼlum boʻlgan.

Davomini o'qish

01.11.2021

Tojikistonda o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy konfrensiya bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yilning 25-27-oktyabr kunlari Tojikiston iste’molchilar uyushmasi (UTP) va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashish, iste’molchilarning huquqlari nimalardan iborat ekani, iste’molchilik madaniyatini shakllantirish maqsadida joylarda tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi delegasiyasi SPT taklifiga binoan Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Federasiya 3 kunlik tashrif davomida Xo‘jand va Dushanbe shaharlarida tashkil etilgan press-tur tadbirlarda ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur shaharlarda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan ikkita davra suhbati, “Xo‘jandvodokanal” DUK huzuridagi Iste’molchilar jamoatchilik kengashi bilan amaliy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar pandemiya davrida iste’molchilar huquqlarini amaliy himoya qilish shartlari, usullari va yondashuvlarini muhokama qildilar. Davra suhbatlarida Tatariston Respublikasi Hukumati huzuridagi Monopoliyaga qarshi xizmat va “Tojikstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, Federasiya delegasiyasi Tojikistonning B.Gʻofurov tumanidagi “Arbob” saroy majmuasi, Dushanbe shahridagi “Ko‘xi Navro‘z” madaniy-ko‘ngilochar majmuasi va Nurek suv omboriga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan va qilinishi ko‘zda tutilgan ishlar bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkailashga qaratilgan konferensiyalari har yili 2018-yil 19-aprelda Tojikiston iste’molchilar uyushmasi va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida o‘tkaziladi.

Davomini o'qish

03.11.2021

15 MILLION SOʻM MABLAGʻ ISTEʼMOLCHI FOYDASIGA HAL QILINDI

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi fuqaro O.Z. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali murojaat qildi.
Murojaatda qayd etilishicha isteʼmolchi, tuman markazida joylashgan qurilish materiallari savdo kompleksida faoliyat olib boruvchi Saʼdulla ismli tadbikordan 15 million soʻm evaziga 280m² tunukafon harid qilgan. Biroq, tunukafon talabga javob bermagan. Bu borada tadbirkorga bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, sifatsiz tunukafonlar sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

03.11.2021

IMEI kod bilan bogʻliq muammolar hali ham uchrab turibdi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaro M.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Qayd etilishicha, isteʼmolchi sentyabr oyida Gʻijduvon tuman “Sharifjon” majmuasi yonida joylashgan “Samsung” doʻkonidan 2 200 000 soʻmga A12 rusumli qoʻl telefoni xarid qilganini, oradan bir kun oʻtib esa 1170 rakamidan IMEI kodini ruyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida sms xabarnoma kelgan. Sotuvchiga bu haqda murojeaat qilgan, biroq u xech kanday muammo yoʻqligi, telefon allaqachon roʻyhatdan oʻtkazilganini aytib oʻtgan. Biroq, oradan 20 kun oʻtar oʻtmas telefon umuman ishlamay qolgan. Sotuvchiga bu borada qayta murojaat qilganda esa, u apparatni almashtirib berishdan bosh tortganini aytib oʻtgan.

Mazkur murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida bloklanib qolgan telefon UzIMEI roʻyxatidan oʻtgan yangisiga almashtirib berildi.

Davomini o'qish

04.11.2021

Iste'molchilar huquqlari qonun himoyasida

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi fuqaro Q.G. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi, joriy yilning oktyabr oyida Olot tuman “Dehqon” bozori hududida joylashgan savdo doʻkonidan 1 970 000 soʻm evaziga telefon sotib olgan. Biroq, oradan biroz vaqt oʻtib mazkur telefonda nosozliklar aniqlanganligi, sotuvchiga bu borada bir necha marotabaa murojaat qilgan boʻlsada hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida telefon apparati sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

05.11.2021

Mebel uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro Z.Zaripova tomonidan murojaat kelib tushdi. 
Qayd etilishicha isteʼmolchi, Zarafshon shahrida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexlarining biridan qiymati 3000000 soʻm boʻlgan mebel jixozilariga buyurtma bergan va yarim pulini toʻlagan. Qolgan mablagʻni esa jixozlarni olib kelib oʻrnatilgach toʻlashga kelishgan. Biroq, oradan 3 oy oʻtsa hamki mebeldan darak boʻlmagan. Xizmat koʻrsatuvchidan buning sababi soʻralganda tanlangan mebelning oʻrniga boshqa turdagi mebel jixozi taklif etilgan. Bunga rozi boʻlmagan istemolchi toʻlangan mablagʻlarni qaytarilishini soʻragan. Toʻlangan mablagʻ esa, turli bahonalar orqali qaytarib berilmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat, Federatsiya masʼullari tomonidan oʻrganilishi natijasida  mebel uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarib berildi.

Davomini o'qish

08.11.2021

Isteʼmolchilar huquqlari qonun himoyasida

Ingliz allomasi Tomas Fuller yolgʻon gapirayotgan doʻkon sotuvchisiga qarata shunday degan ekan: “Meni mahsulotning narxini yuqori aytib aldashing mumkun, ammo uning sifati bilan emas”.
Darhaqiqat,  bugun savdo doʻkonlari orqali mahsulot xarid qilganda koʻpchilik isteʼmolchilar uning sifati, yaroqlilik muddati, xattoki, necha amper kuchlanishda ishlashi haqida umuman qiziqmaymiz, mahsulot qanchalik arzon boʻlsa, bir mahsulot puliga ikkita mahsulot harid qilish bizning odatiy shiorimizga aylanib ulgurganligidadir. Mahsulot arzon ekanini koʻrishimiz bilan uning sifati, ishlab chiqarilgan sanasi-yu talab darajasida ekanligini tekshirish hech birimizning hayolimizga ham kelmaydi.
Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham shu bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu kabi murojaatlardan biri, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro R.A. tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha, isteʼmolchi tuman markazida joylashgan mayishiy texnika doʻkonidan 1 200 000 soʻmga changyutguch xarid qilgan, ammo xarid qilgan chang yutguchi koʻp vaqt oʻtmay nosoz axvolga kelib qolgani va Buxoro shahrida yashovchi fuqaro M.S ning “Ishonch” doʻkonidan 800 000 soʻmga xarid qilgan chang yutgichi nosoz chiqqan.
Holat yuzasidan ikki isteʼmolchi ham tadbirkorga murojaat qilganligini, ammo tadbirkorlar murojaatni etiborsiz qoldirib kelayotganini taʼkidlangan.
Murojaatlar oʻrganilishi natijasida, istemolchi R.A.ning nosoz changyutgichi boshqa chang yutguchga hamda istemolchi M.S.ning nosoz changyutgichi ariston suv isitish moslamasiga almashtirib berildi.
Shuningdek, Romitan tuman Gʻazberon qishlogʻida yashovchi fuqaro X.U oʻz murojaatida, Buxoro shahar Markaziy bozor hududidagi doʻkondan 6 000 000 soʻmga suv isitish qozoni (kotyol) xarid qilgani, ammo xozirda suv isitish qozoni (kotyol)da nosozliklar vujudga kelganligi, tadbirkorga murojaat qilganda esa hech qanday oʻzgarish boʻlmagani taʼkidlangan.
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isitish qozoni uchun toʻlangan 6 000 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Yana bir murojaatchi, A.Y. oʻz arizasida Buxoro shahar Markaziy bozor yoʻli yoqasida joylashgan “Alpon” savdo doʻkonidan 4 000 000 soʻmga elektron velosiped xarid qilganini 40 km yurishi kerak boʻlgan velosiped 8 km yurib quvvati tugab qolayotganidan norozi boʻlib, tadbirkorga murojaat qilganini, ammo murojaatlari etiborga olinmaganidan noroziligini bildirgan. 
Murojaat oʻrganilishi natijasida, isteʼmolchiga tadbirkor tomonidan elektron velosiped aakumulyatori yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

09.11.2021

125 million mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga hal etildi

Chortoq tumanida yashovchi bir qator fuqarolar tomonidan kelgan murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchilar mazkur tumanda joylashgan “HALOL GOʻSHT EXPORT” MCHJ “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida jami 125 000 000 soʻmlik zotli kuyonlar yetkazib berilishi toʻgʻrisida shartnoma imzolashgan.
Buni qarangki, maʼlum vaqtta yetkazib berilishi koʻzda tutilgan quyonlar vaqtida oʻz egalariga topshirilmagan.Bundan norozi boʻlgan isteʼmolchilar tadbirkorga bir necha marotaba shikoyat qilgan, ammo murojaat eʼtiborsiz qoldirilganligi taʼkidlangan.
Federatsiya hodimlari oʻrganishlar davomida tadbirkorga bir necha marotaba tushuntirishga oʻringan boʻlsada, muammo oʻz yechimini topmagan.
Holat yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud qaroriga asosan, 125 000 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga hal etildi.

Davomini o'qish

10.11.2021

“Sayyoh - 2021” xalqaro forumi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Jamiyat-islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoni va natijadorligi toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazilishida koʻmaklashish maqsadida, Federatsiya tomonidan xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan forumlar, uchrashuvlar va boshqa ijtimoiy ahamiyati loyihalar asosida tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ana shunday nufuzli anjumanlarning navbatdagisi, Federatsiya tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25-noyabr kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlari jadal tarzda olib borilmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turizm oshiruvchi faoliyatni kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʻmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga tusqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan isteʼmolchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga qadar sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. Federatsiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni oʻrganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish,  xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ulkan rol oʻynaydi. Bir soʻz bilan aytganda, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mamalakatimizning boy tarixi va bugungi rivojlanishlar bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishda Forumning oʻz oʻrni bor.
Qayd etish joizki, “Sayyoh - 2021” xalqaro forumida Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International) prezidenti Marimutu Nadasan hamda bosh direktori Xelena Loran, Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi boshqaruvchi raisi Dimitriy Yanin va oltmishga yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ushbu forumda xalqaro tashilotlarning bu kabi vakillarining ishtiroki mamalakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlarni keng ommaga targʻib etishda, rivojlangan mamalakatlarning bu sohadagi tajriba va yutuqlarini oʻrganishda ulkan imkoniyat boʻlib xizmat qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Davomini o'qish

12.11.2021

J.Sarimsoqov Federatsiya raisi lavozimiga saylandi. 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konfrensiyasi oʻtkazildi.
Tadbir davomida, Federatsiyaning 2016-2020-yillar va 2021-yil 9 oylik faoliyati  tahlil qilindi.
Konfrensiya  delegati aʼzolari  tomonidan  boshqaruv organi rahbariyati tayinlandi.
Federatsiya raisi lavozimiga 2016-2021-yillar davomida Federatsiya raisi lavozimida faoliyat yuritgan J.Sarimsoqov saylandi.
Qayd etish joizki, J.Sarimsoqov 1974-yil Samarkand viloyatida tugilgan. 1992-1996-yili Toshkent davlat universitetini, 2003-2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat va jamiyat kurilishi akademiyasini, 2020-2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistratura bosqichini tamomlagan.

Davomini o'qish

12.11.2021

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot Konferensiyasi oʻtkazildi

Soʻngi yillarda Federatsiya tomonidan axolining isteʼmol madaniyati va xukukiy savodxonligini oshirish, konuniy manfaatlarini ximoya kilish shuningdek “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” gʻoyasini amalda roʻyobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari shuningdek, “davlat + fuqarolik  jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” tamoyili asosida vertikal boshkaruvga ega mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan yirik jamoatchilik tashkiloti sifatida kator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib amalda tadbiq etildi.
Buning natijasi oʻlaroq bugun, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konfrensiyasi oʻtkazildi.
Hisobot Konferensiyasi kun turtibidan 7 muhim masalalar oʻrin olgan. 
1. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2016-2020-yillar va 2021-yilning 9 (toʻqqiz) oylik faoliyati boʻyicha hisoboti toʻgʻrisida. 
2. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Nazorat-taftish komissiyasining hisoboti toʻgʻrisida. 
3. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yangi tahrirdagi Ustavi loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida. 
4. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashi tarkibiy miqdorini tasdiqlash va Federatsiya rahbar organlari aʼzolarini saylash toʻgʻrisida. 
5. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Nazorat-taftish komissiyasi aʼzolarining tarkibini saylash toʻgʻrisida. 
6. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatini 2022-2026-yillarga moʻjallangan rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida. 
7. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatiga doir boshqa masalalar. 
Tadbir davomida, 5 yillik natijalarni oʻz ichiga qamrab olgan videorolik delegatlar eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, Federatsiyaning 210 nafar fidoiy xodimlari fahriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 
Qayd etish joizki, shu kunga qadar Federatsiya tizimida 14 ta hududiy birlashma, 199 ta tuman (shahar) jamiyati faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, xodimlar umumiy soni 1243 nafarni tashkil etadi. Tashkilot, korxona, muassasa va oʻquv yurtlarida Federatsiyaning 4986 ta tayanch guruhi tashkil etilgan boʻlib, Federatsiyaga aʼzo boʻlganlar soni 600 000 kishini tashkil etadi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi  2018-yildan boshlab Xalqaro isteʼmolchilar tashkilotiga (Consumers International) MDHga aʼzo davlatlarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari orasida toʻlaqonli aʼzoligiga qabul qilingan yagona  tashkilot hisoblanadi.

Davomini o'qish

18.11.2021

Murojaatlar oʻz yechimini topmoqda

O'zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro Jahongir Murodov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Isteʼmolchi oʻz murojaatida Termiz shahrida joylashgan aviakassadan “Qarshi/Moskva” Termez- yoʻnalishi boʻyicha 1.700.000 soʻm evaziga bir dona aviabilet sotib olganligi, uchish vaqti pandemiya kuchaytirilgan paytga toʻgʻri kelgani sababli uchib ketolmagani, aviachipta uchun toʻlangan pullarni qaytarib olish uchun esa bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada qaytarib ololmaganini aytib oʻtgan. Murojaat oʻrganilishi natijasida esa, chipta uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Yana bir murojaat, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi fuqaro D.Z. tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Buxoro shahri marzkazida joylashgan H.Raxmatov YATT ga qarashli “Texnomir” maishiy texnika doʻkonidan “Elektrolyuks” konditsionerini 7 806 000 soʻmga xarid qilganini, ammo hozirgi kunga uning nosoz ahvolga kelib qolganidan, ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tadbirkorga bir necha bor murojaat qilganligini va murojaatlari inobatga olinmay kelinayotganligidan noroziligini bildiradi. 
Murojaat oʻrganilishi natijasida, sotuvchi tomonidan kondetsioner sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi
Shuningdek, Navoiy viloyati Navoiy  shahrida yashovchi fuqaro  Farxod Bekpoʻlatov oʻz murojaatida Navoiy shahrida joylashgan maishiy savdo doʻkonidan 5 500 000 soʻmga muddatli toʻlov asosida sotib olgan televizor kafolat muddati ichida nosoz chiqqanidan  norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam soʻragan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga televizor  uchun toʻlagan 5 500 000 soʻm  pul mablagʻi  qaytarilishiga erishildi

Davomini o'qish

24.11.2021

“Sayyoh-2021” Xalqaro forumiga start berildi

Hech kimga sir emaski, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25-noyabr kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumi oʻtkazilmoqda. 
Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʻmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat aʼzolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat aʼzolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi

Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yoʻllagan murojaat oʻqib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

24.11.2021

Har bir sayyoh - isteʼmolchi

Bugungi kunda yurtimizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, mamlakatimizda ham turizm rivoji tobora jadal tus olayapti. Koʻhna zaminimizdagi mavjud tarixiy yodgorliklar, madaniy meros obyektlari va muqaddas qadamjolarga  sayyohlar safi yil sayin kengaymoqda. Xususan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatalri federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur forum ham sayyoxlik oqimini yanada kengaytirish, yurtimizning koʻhna qadamjolari, shuningdek, sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish qilishga qaratilgan muhim anjumanlardan biridir.
Kunning birinchi qismida, “Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlari” mavzusida maʼruza tinglandi.
Unda chetellik sayyoh (isteʼmolchi) larning murojaatlarini chetel fuqarosi boʻlshiga qaramasdan oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ilgʻor xalqaro tajribani joriy qilish haqida soʻz bordi
Turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida oʻtkazilayotgan “SAYYOH-2021” xalqaro forumi isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat  sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasidagi mexanizmlarni takomillashtirishi, xavfsiz turizmga oid masalalar bugun har bir isteʼmolchining huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishadi.
Zero, har bir sayyoh qayerga tashrif buyurmasin, oʻsha davlatda uning isteʼmolchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi – dedi, Federatsiya raisi J.Sarimosoqov

Davomini o'qish

24.11.2021

Turizmni rivojlantirish orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish asosiy burch

Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʻla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʻliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi.
Mazkur forum, davomida chetellik ekspertlar tomonidan ham turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlari implementatsiya qilinishi, turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish borasida maʼruzalar tinglandi.
Turiz mavsumiy davrni uzaytirish, koʻrsatiladigan xizmat turlarini koʻpaytirish, xususan, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. 
Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin soʻzga chiqib, Sayyohlar (Xalqaro isteʼmolchilar) tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yoʻllar boʻyida sanitariya-gigiyena shahobchalarini koʻpaytirish, madaniy meros obyektlarida isteʼmolchilarning maroqli xordiq olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot markazlari joriy etish, sayyohlar uchun yangi xizmatlar tashkil etish orqali valyuta tushumini koʻpaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
 Zero, Turizmni rivojlantirish orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish asosiy burch deya, oʻz firkini davom ettirdi – Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

24.11.2021

Yurtimizda sayyohlik oqimini kengaytirishga qaratilgan forum oʼz ishini davom ettirmoqda

Hech kimga sir emaski, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25 noyabrь kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumi oʼtkazilmoqda. 
Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʼib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʼmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga toʼsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat aʼzolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat aʼzolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi
Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yoʼllagan murojaat oʼqib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.
Forum ikkinchi kunining birinchi qismida, “Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlari” mavzusida maʼruza tinglandi.
Unda chetellik sayyoh (isteʼmolchi) larning murojaatlarini chetel fuqarosi boʼlishiga qaramasdan oʼz vaqtida sifatli xizmat koʼrsatish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ilgʼor xalqaro tajribani joriy qilish haqida soʼz bordi
Turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida oʼtkazilayotgan “SAYYOH-2021” xalqaro forumi isteʼmolchilarning transchegaraviy murojaatlarini koʼrib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasidagi mexanizmlarni takomillashtirishi, xavfsiz turizmga oid masalalar bugun har bir isteʼmolchining huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishadi.
Zero, har bir sayyoh qaerga tashrif buyurmasin, oʼsha davlatda uning isteʼmolchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi – dedi, Federatsiya raisi J.Sarimosoqov!
Qayd etish joizki, mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʼla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʼliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi.
Mazkur forum, davomida chetellik ekspertlar tomonidan ham turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlari implementatsiya qilinishi, turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish borasida maʼruzalar tinglandi.
Turizm mavsumiy davrini uzaytirish, koʼrsatiladigan xizmat turlarini koʼpaytirish, xususan, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida toʼxtalib oʼtildi. 
Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin soʼzga chiqib, Sayyohlar (Xalqaro isteʼmolchilar) tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yoʼllar boʼyida sanitariya-gigiena shahobchalarini koʼpaytirish, madaniy meros obʼektlarida isteʼmolchilarning maroqli xordiq olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot markazlari joriy etish, sayyohlar uchun yangi xizmatlar tashkil etish orqali valyuta tushumini koʼpaytirish masalasiga alohida toʼxtalib oʼtdi.
 Zero, Turizmni rivojlantirish orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish asosiy burch deya, oʼz firkini davom ettirdi – Xalqaro isteʼmolchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin


Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

30.11.2021

NЕGA ISTЕ’MOLCHI XORIJIY VALYUTASINI ALMASHTIRISHDA QIYNALISHI KЕRAK....? YOXUD VALYUTA AYIRBOSHLASHDAGI SUN’IY TO‘SIQLAR KIMGA XIZMAT QILMOQDA?

Bundan 4-5 yil avval yurtdoshlarimiz uchun xorijiy valyutalarni erkin sotib olish ushalmas orzu edi. Respublikamizda amalda 2 ta davlat va qora bozor valyuta kurslari muomalada boʼlgan. Ular oʼrtasidagi farq katta boʼlib, oddiy fuqarolarga davlat kursida valyuta sotib olish shunchaki ertak edi.
Mijozlar banklardan koʼra qora bozordan dollar ayirboshlashni maʼqul koʼrishardi, negaki, banklarda (5 yil avval) taxminan 2821,43 soʼmni, «qora bozor» da esa, 5300 soʼmdan 6100 soʼmgacha xarid qilish va sotish imkoni mavjud edi. Shu sababli, fuqarolar bankdan koʼra qora bozorni maʼqul koʼrishar edi.
Vaholanki, bankdan valyuta sotib olishga kelganda esa, istashsa ham olisholmasdi...
Qora bozordagi koʼngilsizliklarni esa asta qoʼyavering. Buni bila turib ham, harna 2 barobar ortiqchasi bilan alishtiryapmizku deb qora bozor bilan boʼlgan munosabatni uzishni istamas edik. Bu ham yashirin holda amalga oshirilishi bor gap. Negaki, valyuta ayirboshlab turgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kelib qolsa, ham valyutadan ham soʼmdan ajralib qolishingiz hech gap emasdi...
Odilona siyosat orqali yurtboshimiz tomonidan, Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bogʼliq muammolar bartaraf etilishi bilan bogʼliq qaror imzolandi, bu esa oʼz navbatida “qora bozor” ga biroz boʼlsada chek qoʼyilishiga sabab boʼldi. Qora bozordagi pul aylanmalari hajmi birdaniga emas, balki asta-sekinlik bilan kamayib bormoqda, katta ehtimol bilan esa, ancha vaqt amalda boʼlib turadi. Negaki, valyuta ayirboshlovchi mijoz bankomatdagi koʼngilsizliklar sabab qora bozorga murojaat qilishga majbur boʼlmoqda. Balki, qora bozor mavjud boʼlishidan manfaatdor yana bir tomon vakillari mavjuddirki, bu holatni tezkorlik bilan toʼxtatib boʼmayapti. Eng qizigʼi, soʼrab-surishtirilganida koʼpincha valyutafurushlar vaqtincha ishsiz boʼlib chiqishmoqda. Ularning aksariyati oʼrta maxsus maʼlumoti boʼla turib, biror-bir ishning qoʼlini tutmagan fuqarolar ekani esa...

DOLLАR АLMАShTIRIShDА YuZ BERАYoTGАN АSOSIY MUАMMOLАR
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda dollar ayirboshlash bilan bogʼliq holatlar turli muhokamalarga sabab boʼlmoqda. 
Hech kimga sir emaski, qaysi soha vakili yoki tadbirkor boʼlmasin, har bir fuqaro (isteʼmolchi) chet el valyutalari bilan albatta muomalaga kirishadi. Bu yaxshi albatta, lekin dam olish kunlarida ayirboshlash shahobchalarining ishlamasligi esa, dilni xira qiladi.
Yana bir muammo shuki, “Yagona Umumrespublika protsessing Markazi”ning 2021 yil 20 sentyardagi 919-sonli xatiga asosan, barcha “UZCARD” qatnashchilari uchun 100 va 50 АQSh dollar nominalli pullarni aylanmasini vaqtinchalik toʼxtatligini maʼlum qilgan.
Bunga sabab qilib, “UZCARD” bankomatlar tizimida 50 va 100 АQSh dollarlik nominallik pullarda, qalbaki pullar aylanmasi ham qayd etilgani koʼrsatilgan
Shu oʼrinda savol tugʼilishi tabiiy, qiziq, valyuta ayirboshlash bankomatlarini nahotki qalbaki yoki qalbaki emasligini tekshiradigan qilishning imkoni boʼlmasa, isteʼmolchilarni qiynashni kimga keragi bor?

MUАMMO BIR EMАS...

Har bir muammo oʼzidan-oʼzi paydo boʼlib qolmaydi. Yuqoridagi fikrlarimizda biz bir yoqlama muammo haqida gapirdik, lekin, tanganing ikkinchi tomoni boʼlgani masalaning ham ikkinchi tarafi mavjud.
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarin himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoni orqali ham mazkur holat boʼyicha kelib tushayotgan murojaatlar bu mavzuga qoʼl urishga undadi.
Kelib tushayotgan murojaatlar asosan ikki xil koʼrinishda,
Biri, bankomatlarning 50 va 100 $ koʼrinishidagi valyuta qabul qilmasligi boʼlsa, yana biri bank kassalari va bankomatlar oʼrtasidagi valyuta ayirboshlash bilan bogʼliq tafovutdir.
Bankomatlar orqali ayirboshlash ishlari olib borilganida esa qiymatidan 10-15 ming soʼm kam mablagʼ beriladi.
Sababi soʼralganda esa, yaxlitlikni ushlab turish uchun deb qoʼyaqolishadi.
Xoʼp yaxlitlikni taʼminlamoqchi ekansan, ey barakatopkur, fuqaroning 200-500 soʼmini, bor ana 1000 soʼmini ushlab qol, qolganini yaxlit xolda beraver... 
Bularning hammasi goʼyoki gʼalati aksiomaga oʼxshaydi

BАNKOMАTMI YoKI BONKАMАT?

Bilamizki, banklar ham xizmat koʻrsatuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Biroq, bugungi globallashuv jarayonida mazkur xizmatning doimiy tarzda ishlamasligi biroz boʻlsada isteʼmolchilarning eʼtiroziga sabab boʻladi.
Xoh u biznesmen boʻlsin, yoki davlat ishida ishlovchi xodim boʻlsin, bank xizmatlaridan haftaning 5 kunida foydalana oladi xolos, u doimiy tarzda ishdan chiqib, bankka bora olmaydi. Vaholanki, ular uchun dam olish kuni qulay. Afsuski, bizda doim bankomatlar talab darajasida ishlamagan. Yo bankomat ishlamay qoladi, yoki etarlicha mablagʻ bilan taʼminlanmagan boʻladi. Boringki, valyutani yutib yuborish kabi holatlar ham uchrab turadi. 
Masalan, istalgan mamlakatga borganingizda turli koʻrinishdagi kupyuralarga roʻpara boʻlasiz, ayirboshlash uchun esa tun-u kun bonkomatlar ishlab turadi. Yoki dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shahobchalari ham ishlab turishi bor gap.
Deylik, dori olish maqsadida koʻchaga chiqqan fuqaro noilojlikdan valyuta ayirboshlash uchun bankomatga boradi, lekin, bankomat pulni yutib yubordi...
Ishonch telefonlariga murojaat qilganda esa 3 ish kunida sizning pullaringiz qaytarilishi haqida taʼkidlashi bor gap.
Bemor 3 kun kuta oladimi,  albatta yoʻq, unga pul kerak...
Oʻylab qolasan kishi, bu oʻzi pul ayirboshlaydigan bakomatmi yoki yutib yuboradigan bonkamat...

 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Davomini o'qish

01.12.2021

Nosoz telefon yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro X.Ergashovtomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda qayd etilishicha isteʼmolchi Navoiy shahri markazida joylashgan “GULOBOD” savdo markazidan 5 032 000 soʻm evaziga “Samsung A72” telefon apparatini sotib olgan. yekin ushbu qoʻl telefoni nosoz chiqqanligi bois sotuvchi bilan bogʻlanib nosoz qoʻl telefoni oʻrniga, shu markadagi boshqa telefonga almashtirib berishlarini talab qilgan. Sotuvchi esa turli bahonalar orqali uni almashtirib berishdan bosh tortganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida, nosoz telefon yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Davomini o'qish

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00