Telegram-bot Virtual qabulxona

04.07.2023

Iste'molchi sarsongarchiligiga chek qo'yildi

Surxandaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro J.J. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2022-yil 11-avgust kuni "Lacetti" rusumli avtomobil sotib olish maqsadida Namangan shahridagi "Auto Centr Namangan" avtosaloni bilan shartnoma tuzgan. Shartnomaga ko'ra, avtomashina 2023-yil 30-aprel kuniga qadar iste'molchiga yetkazilishi belgilangan bo'lsa-da, shartlar shu vaqtgacha bajarilmagan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, murojaatchi xohishiga ko'ra, qo'shimcha to'lov evaziga "Kobalt" avtomobili fuqaroga yetkazildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00