
22.05.2024
Xorazm viloyati Xiva tumani "Qushchi Kattabog'" mahallasida yashovchi fuqaro N.A.ning federatsiya Telegram boti orqali qilgan murojati Urganch shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganildi.
Murojaatda keltirilishicha, 2023-yil dekabr oyida iste'molchi va Urganch shahrida joylashgan "Avto Layner Xorazm" MChJ xorijiy korxonasi o'rtasida "Tracker" rusumli avtomashinaga shartnoma tuzilgan va ayrim sabablarga ko'ra, 2024-yil 6-yanvar kuni bekor qilingan. Ammo avtomashina uchun to'lagan 224 000 000 so'm puli mablag'i egasiga qaytarilmagan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, 224 000 000 so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarib berildi.