Telegram-bot Virtual qabulxona

27.06.2024

Salkam 6,5 million soʻmlik maishiy texnika bepul ta'mirlab berildi

Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro X.O. tumandagi “Ishonch” maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 6 million 331 ming soʻmga “Artel” rusumli avtomat kir yuvish mashinasini uch oy muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan sotib oladi. Sotuvchi tomonidan ushbu maishiy texnika uchun bir yil muddatga kafolat beriladi. Ammo kir yuvish mashinasida kafolat muddati mobaynida nosozliklar kuzatiladi. Sotuvchi va ishlab chiqaruvchi esa oʻzlarining kafillik majburiyatlarini unutib, ta'mirlash ishlari pullik tartibda amalga oshirilishini ma'lum qilishadi.

Fuqaroning tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilab qoʻyilgan kafillik majburiyatlari tushuntirildi va nosoz maishiy texnika “Artel” servis markazi orqali bepul ta'mirlab berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00