Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

6 milliondan ortiq mablag' iste'molchiga qaytarildi

Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida yashovchi fuqaro M.A tomonidan tuman ijro etuvchi apparatining ishonch telefoniga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, murojaatchi tumandagi avto ehtiyot qismlari do’konidan 6 280 000 so’mlik tovarlar xarid qilgan. Avtomobillarga xizmat ko’rsatish ustasi esa ularni qabul qilmagani sababli, fuqaro tovarlarni do’konga qaytarib olib borishga majbur bo'lgan, ammo sotuvchi qaytarib olishdan bosh tortgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o’rganilib, fuqaroga do’kon ma’muriyati tomonidan 6 280 000 so’m mablag’ qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00