Telegram-bot Virtual qabulxona

10.07.2023

Salkam 5 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Qiziriq tumani "Xamkon" MFY da yashovchi fuqaro Ch.O’. Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Angor tuman Tijorat bozoridagi maishiy texnika do’konlarining biridan “AUX” 12 rusumli konditsioner xarid qilish uchun 4 900 000 so’m to’lov qilgan. Ammo do’kon ishchi xodimlari tomonidan “AUX” 12 emas, “AUX” 9 rusumli konditsioner sotilgan. Murojaatchi uni xonadoniga o’rnatish jaroyonida farqini sezib qolgan va do'kon sotuvchisidan to'langan pul mablag'ining qaytarilishini talab qilgan. Biroq mas'ullar "O’zingiz shu konditsionerni tanladingiz. Tovar almashtirilmaydi, pul mablag’ingiz ham qaytarilmaydi", deya muammoni hal qilib bermagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, do'kon rahbariyatiga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, 4 900 000 so’m pul mablag'i murojaatchiga qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00