Telegram-bot Virtual qabulxona

22.08.2023

Sovutmaydigan sovutgich boʼyicha murojaat ijobiy hal etildi

Yoz mavsumida sovutgich (konditsioner) qurilmalariga ehtiyoj keskin oshib, isteʼmolchilar tadbirkorlar taklifi asosida turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xarid qila boshlashadi. Narx masalasi ikkilamchi, sifat masalasida ham baʼzan eʼtirozlar bildiriladi.

Vobkent tuman jamiyati tomonidan oʼrganilgan navbatdagi murojaat ham aynan shu mavzuga aloqador. Isteʼmolchi J.S 6 200 000 soʼm evaziga tumanda joylashgan maishiy texnika savdo doʼkonidan "Аvalon" sovutgich (konditsioner)ni xarid qilgan. Sal oʼtmasidan sovutgich umuman sovutmay qoʼygan. Tadbirkor bu haqida ogohlantirilishiga qaramasdan muammo bartaraf etilmagan.

Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan isteʼmolchining murojaati tegishliligi boʼyicha Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʼrganilib, servis xulosasiga koʼra sovutgich nosoz deb topildi. Natijada, qiymati 6 200 000 soʼmlik sovutgich (konditsioner) yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00