Telegram-bot Virtual qabulxona

01.04.2024

Plastik kartadan ortiqcha yechilgan 1 100 000 so‘m murojaatchiga qaytarildi

Zomin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.A. joriy yilning 26-mart kuni federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.  

Unga ko'ra, fuqaro Zomin tumanidagi “Mediapark” savdo majmuasidan 3 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan elektr go‘sht qiymalagich sotib olgan va mavjud qarzdorlikni belgilangan muddatda so‘ndirgan. Ammo fuqaroning bank plastik kartasidan yana 1 100 000 so‘m ortiqcha pul yechib olingan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida, Zomin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, ko‘rsatilgan holat tasdiqlandi. Do‘kon xodimi tomonidan iste’molchi shartnomasi bekor qilinib, ortiqcha yechib olingan pul mablag'i qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00