
13.05.2024
Uychi tuman ijro etuvchi apparatining ishonch telefoni orqali fuqarodan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda aytilishicha, fuqaro Uychi tuman markazida joylashgan tilla buyumlar savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida jami 7 million so'mlik bir dona ayollar uzugi va ziragini xarid qilgan. Ammo xarid qilingan uzukning koʻzi yaxshi oʻrnatilmaganligi sababli, fuqaro uni doʻkonga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa nuqsonli tovarni qaytarib olishdan bosh tortgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ijro etuvchi apparat xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, fuqaro va savdo do'koni o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi va murojaat ijobiy yechim topdi.