18.08.2023
Joriy yilning 14-avgust kuni Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Zarafshon shahar 1-36-2 xonadonda yashovchi fuqaro Sh.Z. yozma ariza bilan murojaat qildi.
Murojaatda keltirilishicha fuqaro joriy yilning 6-avgust kuni Zarafshon shahar markaziy buyum bozorida joylashgan maishiy texnikalar savdosi bilan shug‘ullanadigan savdo do‘konidan narxi 10 000 000 (o‘n million) so‘mlik “Samsung” muzlatgichini sotib olganligi ammo ushbu muzlatgichning muzxonasi muzlatmayotganligidan noroziligini bildirib o‘tgan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va sotuvchiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng fuqaroning muzlatgichi yangisiga almashtirib berildi. Yana bir murojaat ijobiy hal qilindi.