01.11.2021
Shu yilning 22-iyunida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Chust tumani jamiyatiga Chust tumani Axcha QFYda yashovchi T.M. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda bayon etilishicha, Chust tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan asossiz ravishda hisoblangan 5 million 742 ming soʻm qarzdorlik sababli fuqaroning yashash xonadoni elektr energiyasidan uzib qoʻyilgan.
Ushbu murojaat Chust tumani jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida oʻrganib chiqilganda haqiqatan ham tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hisoblangan asossiz qarzdorlik tufayli uzilgani aniqlandi.
Chust tumanlararo sudiga fuqaro manfaati yuzasidan shikoyat arizasi kiritilib, unga qoʻyilgan 5 million 742 ming soʻm qarzdorlik olib tashlandi. Shuningdek, fuqaroning xonadoni elektr energiya tarmogʻiga ulanishiga erishildi.