10.05.2023
Pop tuman "G'urumsaroy" MFYda yashovchi fuqaro Sh.N.dan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, “Ipak Yo’li” bank Namangan filiali tomonidan murojaatchining plastik kartasidan 1 million 690 ming pul yechib olingan.
O'rganishlar davomida murojaatchi o'z hamkasbi R.S.ga ajratilgan muddatli kredit uchun kafil sifatida shartnoma imzolagani, R.S. esa kredit to’lovlarini o’z vaqtida to’lamagani sababli, kafildan pul yechilgani ma'lum bo'ldi. Natijada, fuqaro hisobraqamidan yechib olingan summa to'liq qaytarib berilishiga erishildi.