Telegram-bot Virtual qabulxona

05.07.2024

Iste'molchiga qaytadan sifatli tibbiy xizmat ko'rsatildi

Navbahor tuman “Chorboqguzar” mahallasida yashovchi fuqaro Ch.R. “Aysberg” stomotologiya klinikasida tishlarini davolatib, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 2 million 100 ming so‘m to'lov qilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, tishlarining sifatsiz qo‘yilganligi oqibatida, stomatologiya klinikasiga yana murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Xizmat ko‘rsatgan davolovchi shifokor esa turli bahonalar bilan qayta davolashdan bosh tortgan.

Fuqaroning ushbu masalada yordam so‘rab, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan murojaati Navbahor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Xizmat ko‘rsatuvchi — “Aysberg” stomatologiya klinikasi rahbariyatiga hamda davolovchi shifokorga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining tegishli bandlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi — iste'molchining huquqlari hamda xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari batafsil tushuntirildi. Natijada, fuqaroga qaytadan tibbiy xizmat ko‘rsatildi — boshqa tishlar qo‘yildi, sifatli davolash xizmatlari olib borildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00