Telegram-bot Virtual qabulxona

27.03.2023

Iste'molchi onlayn xarid qilishda nimalarga etibor berishi kerak?

Bilamizki, onlayn savdo yildan yilga ommalashib bormoqda. Bugungi kunda ko'pchilik insonlar ish va o'qishdan, kundalik yugur-yugurlardan ortib bozorga borishga ham vaqt topa olmaydi. Shu sababli, vaqtni tejash maqsadida onlayn xaridni afzal ko'rishadi. Ammo so'nggi paytlarda onlayn savdo oqibatida iste'molchilarning firibgarlar tuzog'iga tushib qolish holatlari ham ko'plab kuzatilmoqda.

Onlayn xarid qilishda nimalarga etibor berishingiz kerak? Avvalo, sotuvchining shaxsini aniqlang:

  • bog'lanish uchun ma'lumot;
  • shirkat nomi;
  • elektron pochta;
  • manzil;
  • telefon raqami.

Xavfsiz saytlardan xarid qiling:

  • manzillar panelidagi "qulf" belgisiga e'tibor bering;
  • qulf belgisi saytning internetdagi foydalanuvchilari o'rtasida ma'lumotlarning xavfsiz uzatilishini ta'minlaydigan "Secure Socket Layer" (SSL) kriptografik protokollaridan foydalanganligini bildiradi. SSL shifrlashi bo'lmagan veb-saytlarga ishonmang.
  • "htpps" dagi "S" harfi veb-sayt va sizning kompyuteringiz yoki uyali telefoningiz o'rtasidagi aloqa xavfsiz va shifrlanganligini anglatadi.

Bilamizki, onlayn savdoda, asosan, plastik kartalar orqali to'lov amalga oshiriladi.

  • CVC yoki PIN kodlarini har doim o'zingiz kiritasiz;
  • kartaning tasdiqlash SMS-kodini boshqa shaxslarga berish mumkin emas, maxfiy ma'lumotlarni hech kimga ulashmang;
  • "Fishing" firibgarlariga tushib qolmang;
  • "https" sertifikatisiz, xavfsiz ulanishga ega bo'lmagan saytlarda plastik karta orqali to'lovni amalga oshirmang.

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00