Telegram-bot Virtual qabulxona

18.07.2023

7 million 200 ming so'mlik mebellar iste'molchiga yetkazildi

Uychi tuman Beruniy mahallasida istqomat qiluvchi E.F. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan mebel do‘konidan 7 200 000 so‘mga stol hamda 12 ta stul sotib olgan. So'ng, savdo do‘koni tomonidan xaridorning yashash manziliga mebellar olib borilgan, ammo ular iste'molchi tanlagan stol-stullar emasligi sababli, xaridor va do‘kon xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Sotuvchi 3 kun ichida mebellar almashtirib berilishini aytgan bo'lsa-da, 1 oy vaqt davomida na jihozlar almashitirlgan, na to'langan pul mablag'i qaytarilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan holatlar o‘rganilib, murojaatchiga o‘zi buyurtma qilgan stol-stullar olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00