Telegram-bot Virtual qabulxona

11.09.2023

Foydalanishga yaroqsiz shiferlar sifatlisiga almashtirildi

Pop tumani "Yuqori Xonobod" MFYda yashovchi fuqaro P.S. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro qurilish mollari savdo doʻkonidan 2 million 160 ming so'mga shifer mahsuloti xarid qilgan. Ammo foydalanish davomida shiferlarning yaroqsiz ekani ma'lum bo'lgan.

Oʻrganish yakunida Pop tuman ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan Qonunning tegishli moddalari toʻgʻrisida tushunchalar berilib, isteʼmolchi foydasiga jami 2 160 000 soʻm boʻlgan yaroqsiz shiferlar sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00