Telegram-bot Virtual qabulxona

24.06.2024

Oʻlchami toʻgʻri kelmagan shinalar boshqasiga almashtirildi

Koʻkdala tumanida yashovchi fuqaro S.R. Qarshi shahrida joylashgan ehtiyot qismlar bozoridan oʻziga tegishli “Neksiya” rusumli transport vositasi uchun 1 million 800 ming soʻmga toʻrt dona shina sotib oladi. Biroq mazkur shinalarni avtomashinaga oʻrnatmoqchi boʻlganida ularning oʻlchami toʻgʻri kelmasligi ma'lum boʻladi. Iste'molchining ushbu mahsulotni toʻgʻri oʻlchamdagi boshqasiga almashtirib berish haqidagi talabi esa sotuvchi tomonidan e'tiborsiz qoldiriladi.

Fuqaroning murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda, iste'molchiga sotilgan qismlarning oʻlchami kichikligi, ular aslida “Labo” rusumli transport vositasi uchun moʻljallangan shinalar ekanligi aniqlandi. Holat sotuvchiga ma'lum qilinib, amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi hamda iste'molchiga toʻgʻri oʻlchamdagi sifatli mahsulotlar olib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00