
14.07.2023
2023-yil 12-iyul kuni Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahar Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro N.A.dan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishcha, fuqaro markaziy buyum bozori yonida joylashgan "Navoiy Terra 777" nomli savdo do‘konidan 3 500 000 so‘mga "Boayu" 180 rusumli tikuv mashinasi xarid qilgan. Ammo ushbu texnika vositasi kafolat muddati ichida nosoz holga kelib qolgan. Sotuvchi esa uni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda tikuv mashinasi haqiqatan ham nosoz holda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan savdo do‘koni rahbariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada,nosoz chiqqan tikuv mashinasi yangi sifatlisiga almashtirib berildi.