Telegram-bot Virtual qabulxona

24.02.2023

12 million so'mlik nosoz maishiy texnikalar sifatlisiga almashtirib berildi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani "Bo'ston" MFY da yashovchi fuqaro A.D. ning 1091 ishonch telefoni orqali qilgan og'zaki murojaati Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganildi.

Murojaatga ko'ra, iste'molchi Andijon shahrida joylashgan "Elde" savdo markazidan 12 million so'mga xarid qilgan maishiy texnikalari (changyutgich, dazmol, havo tozalagich, kir yuvish mashinasi) nosoz chiqqan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan iste'molchi muammosi ijobiy hal qilinib, sifatsiz texnikalar sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00