Telegram-bot Virtual qabulxona

10.11.2023

15 million so'mlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi

Joriy yilning 2-noyabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Mulkanlik" MFYda yashovchi fuqaro B.E. Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Jizzax shahridagi maishiy texnika buyumlari savdo do'konidan "Samsung-55" rusumli televizorni 15 million so‘mga xarid qilgan. Ammo oradan bir necha kun o‘tgach, televizor nosoz ekani ma'lum bo'lgan. Iste’molchi uni do‘konga olib borgan, lekin savdogarlar tovarni qaytarib olmasligi, boshqasiga almashtirib ham bermasligini aytgan.

Holat Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning nosoz televizori boshqa yangisiga almashtirib berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00