Telegram-bot Virtual qabulxona

07.05.2024

Murojaatni o‘rganish yakunlari qarzdorlikning asossizligini ko‘rsatdi

Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Bog‘ibanon" ko‘chasida yashovchi Sh.O.ning ichimlik suvi ta'minotida yuzaga kelgan asossiz qarzdorlikdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida ichimlik suvi ta'minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan 1 300 000 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligini ma'lum qilib, holatga aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan. 

O‘rganish davomida ushbu holat bo‘yicha "Farg‘ona suv ta'minoti" AJning Qo‘qon shahar filialiga so‘rov kiritildi. Olingan rasmiy ma'lumotga ko‘ra, iste'molchiga haqiqatan ham ichimlik suvi to‘lovlaridan 1 200 978 so‘m noreal qarzdorlik hisoblangani o'z tasdig'ini topib, qarzdorlik bartaraf qilinganligi ma'lum qilindi. O‘rganish ishlari davomida iste'molchining bugungi kun holatiga ko'ra, real qarzdorligi 6 ming 642 so‘mni tashkil qilayotganligi qayd qilinib, bu haqda unga rasmiy ravishda ma'lum qilindi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00