
13.03.2024
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqoro Q.T. O'zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga qo’ng’iroq qilib, "Ishonch" savdo do’konidan sotib olgan 200 kilogramgacha o’lchashga mo’ljallangan tarozisi nosoz ekani va savdo do’koni xodimlarining almashtirib berishdan bosh tortayotganidan norozi bo'lib, ariza qoldirgan.
Murojaat Qiziltepa tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o’rganish davomida tarozi nazoratdan o’tkazildi va unda haqiqatan nosozliklar kuzatildi. Shundan so’ng tadbirkorga fuqoroning iste’molchi sifatidagi huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari tushunturilgach, nosoz tarozi sifatlisiga almashtirib berildi.