
31.03.2023
Norin tuman iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.M tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2023-yilning yanvar oyida tumanda joylashgan MChJga qiymati 10 000 000 so‘mlik temir darvoza yasash uchun buyurtma bergan. Buyurtma o‘z vaqtida tayyorlangan, lekin texnik xato tufayli yasalgan darvozaning o‘lchamlari to'g'ri kelmagan. So'ng, fuqaro uni almashtirib berishini so'rab, MChJga bir necha marta murojaat qilishiga qaramay, muammo o‘z yechimini topmagan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, MChJ rahbariyatiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi va natijada, iste'molchi talabi asosida yangi darvoza yasab berildi.