Telegram-bot Virtual qabulxona

16.02.2023

2 mln 224 ming so'mlik nosoz telefon puli iste'molchiga qaytarildi

Samarqand viloyati Bulungʼur tumani "Kichik Kildon" MFY da yashovchi А.H. fevral oyi boshida Bulungʼur shahar "Dehqon bozori" MChJ hududida joylashagan doʼkondan 2 224 000 soʼmga "Samsung" А22S 5G telefon apparatini xarid qilgan. Oradan besh kun oʼtib telefon ishlamay qolgan. Fuqaro uni sotuvchi almashtirib bermayotganidan norozi boʼlib, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Bulungʼur tumani jamiyatining mutaxassis xodimlari tomonidan sotuvchiga tushuntirish ishlari olib borilib, fuqaro А.H ga 2 224 000 soʼm puli qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00