
25.06.2024
Xorazm viloyati Xiva tumani "Shamohulum" mahallasida yashovchi fuqaro E.Q. 2024-yil 10-iyun kuni Xiva tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi B.M.ga deraza va eshiklarni tuzatib berishi uchun buyurtma bergan. Ammo belgilangan muddatda buyurtmani yetkazmagani sababli, 6 ta deraza va 4 ta eshik uchun to'langan 12 000 000 so'm pul mablag'ini qaytarib berishni so'raganida rad javobini olgan.
Murojaat Xiva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganilib, deraza, eshiklar ustasi B.M.ga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchiga 12 000 000 so'm pul mablag'i qaytarilishi ta'minlandi.