Telegram-bot Virtual qabulxona

20.02.2023

3 million 200 ming so'm mablag' iste'molchi foydasiga hal etildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani "Xo‘jala" MFYda yashovchi fuqaro T.H. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, Qorako‘l tumandagi do‘konidan 2023-yil 18-yanvar kuni 3 200 000 so‘mga generator xarid qilgani, lekin nuqsoni borligini bilgach, almashtirib berish yoki to‘langan pulini qaytarib berishni so‘rab do‘konga bir necha marta murojaat qilgani, ammo iste’molchining murojaatlari e’tiborsiz qolayotganini bayon etgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, generator uchun to‘langan 3 200 000 so‘m pul mablag'i iste'molchiga to‘liq qaytarildi.
       


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00