
24.07.2023
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Mulkobod" mahallasida yashovchi fuqaro E.A. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro “Toza ichimlik suvi” unitar korxonasi Mingbuloq tuman filialiga foydalanilgan toza ichimlik suvi uchun to’lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib borgan. Ammo iste’molchiga nisbatan 1 milliondan ortiq asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat bo'yicha o’rganish ishlari o’tkazilib, “Toza ichimlik suvi” unitar korxonasi Mingbuloq tuman filiali bazasidan ma’lumot olinganda iste’molchining 461 000 so’m haqdorligi isbotlandi va murojaat ijobiy hal etildi.