
20.06.2023
2023-yilning 22-may kuni Yangiqo'rg'on tumani "Qorasuv" MFY da yashovchi R.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro 19-may kuni tumanning Dehqon bozori hududida joylashgan savdo do'konlarining biridan 2 310 000 so’mga gaz plita sotib olgan. Ammo unda nuqson borligi aniqlangan. Fuqaro bu bo'yicha mas'ullarni bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, muammoga yechim topilmagan.
Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, tadbirkorga "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi qonunning 13-moddasi tushuntirildi. Natijada, fuqaroga yetkazilgan 2 310 000 so’m zarar undirib berildi.