12.11.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konfrensiyasi oʻtkazildi.
Tadbir davomida, Federatsiyaning 2016-2020-yillar va 2021-yil 9 oylik faoliyati tahlil qilindi.
Konfrensiya delegati aʼzolari tomonidan boshqaruv organi rahbariyati tayinlandi.
Federatsiya raisi lavozimiga 2016-2021-yillar davomida Federatsiya raisi lavozimida faoliyat yuritgan J.Sarimsoqov saylandi.
Qayd etish joizki, J.Sarimsoqov 1974-yil Samarkand viloyatida tugilgan. 1992-1996-yili Toshkent davlat universitetini, 2003-2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat va jamiyat kurilishi akademiyasini, 2020-2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistratura bosqichini tamomlagan.