
10.04.2023
Bag‘dod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu tumanda istiqomat qiluvchi talaba G.O‘. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, u 2022-yilning oktabr oyida Xalq bankining Bag‘dod filialiga 7 472 630 so‘m ta'lim krediti olish uchun hujjat topshirgan. Bank muassasasi tomonidan noyabr oyida kreditning bir qismi, ya'ni 3 736 315 so‘m o‘tkazilib, qolgan summa joriy yilning yanvar oyida to'lab berilishi va'da qilingan. Lekin aprel oyi kelsa-da, qolgan summa o'tkazib berilmagan.
Murojaatni o‘rganish davomida tuman jamiyati mutaxassislarining masalaga aralashuvi bilan talabaning muammosi tezkorlikda hal etilib, ta'lim kreditining qolgan summasi talabaning o‘quv yurti maxsus hisobraqamiga o‘tkazib berilishiga erishildi.