
31.07.2023
Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Аlachabob" mahallasida yashovchi fuqaro B.А. federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro yer sugʼorish maqsadida oʼrnatilgan suv nasosi uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi bazasida alohida abonent raqami ochtirgan. Ammo elektr energiyasidan hisoblagich orqali foydalanib kelayotgan bo'lsa-da, unga nisbatan katta miqdorda noreal qarzdorlik hisoblangan.
Fuqaroning murojaati oʼrganilganda Koson tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr hisoblagich koʼrsatgichlaridan ortiqcha elektr sarfi hisoblanishi oqibatida, isteʼmolchiga nisbatan 469 million 555 ming soʼm asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi. Natijada, noqonuniy qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, bekor qilinishi taʼminlandi.