
06.03.2024
Uychi tuman ijro etuvchi apparatiga Beruniy MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro O.A.dan ogʻzaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaroning yashash xonadonida tabiiy oqma gaz mavjud boʻlib, gaz unitar taʼminoti korxonasi xodimi iste'molchining gazdan qarzi yoʻq bo'lsa-da, toʻlov qilishi shart ekani va bu toʻlovni tabiiy oqma gaz mavjud xonadonlarning barchasi amalga oshirishib kelayotganini aytgan.
Fuqaro nima sababdan toʻlov qilishini soʻramay, toʻlovni amalga oshirgan. Gaz unitar korxonasi xodimi fuqaroga korxona muhri bosilgan xat bergan. Unda fuqaroning yashash xonadonida mavjud boʻlgan gaz piltalari va moʻrilarini texnik koʻrikdan oʻtkazganlik bayon etilgan. Fuqaro esa xat bilan tanishib chiqqandan so'ng, ko'rsatilmagan xizmat uchun haq to'laganini anglagan.
Yuqorida aytib oʻtilgan holatlar yuzasidan Uychi tuman ijro etuvchi apparati tomonidan atroflicha oʻrganilib, fuqaro O.A.dan koʻrsatilmagan xizmatlari uchun qilingan toʻlovi gaz taʼminoti korxonasi tomonidan qaytarildi.