Telegram-bot Virtual qabulxona

28.01.2022

Yetib kelmagan buyurtma va aldangan fuqarolar: yechim qanday?

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga uchquduqlik A.Alimov shikoyat bilan murojaat qilgan.
Murojaatda aytilishicha, u avtomashina sotib olish maqsadida belgilangan mablagʻni toʻlagan boʻlsa-da, avtosalon mashinani vaqtida yetkazib bermagan. Muammo Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilgach, shu kunning oʻzida A.Alimovaga mashina yetkazib berildi.
Yana bir murojaat Chust tumanida yashovchi fuqaro M.Mdan kelgan. Qayd etilishicha, u tuman markazidagi “ATLAS AKFA” xususiy korxonasi bilan umumiy qiymati 17. 500 000 soʻmlik shartnoma tuzgan.
Shartnomaga koʻra, M.M kelishilgan summaning maʼlum miqdorini oldindan toʻlab berishi, qolgan toʻlovni esa buyurtma yetkazilgach amalga oshirishi kerak edi, biroq fuqaro shartlarni toʻliq bajarsa-da, korxona buyurtmani vaqtida yetkazmaydi. Qolaversa, mahsulotda qator nuqsonlar ham koʻzga tashlanadi.
Mazkur murojaat ham oʻrganilib, muammo isteʼmolchi foydasiga hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00