Telegram-bot Virtual qabulxona

06.08.2024

Sud orqali iste'molchi foydasiga 8 million so'mdan ortiq mablag' undirildi

Xatirchi tumani "Nayman" MFYda yashovchi fuqaro N.L. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro yangi imorat qurish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumani "Saroy" MFYda faoliyat koʼrsatuvchi "Аbduraxmon Elbek" MChJdan 2023-yil may-iyun oylarida donasi 1 100 soʼmdan bo'lgan 15 000 dona pishgan gʼishtni jami 16 500 000 soʼmga sotib olgan. Ammo oradan 15 kun ham o‘tmasdan, olib kelingan g‘isht mahsulotining qariyb yarmi uvalanib, yaroqsiz holga kelib qolgan. Fuqaro shu kuning oʼzidayoq, MChJ maʼmuriyatiga holat yuzasidan shikoyat qilgan, MChJ xodimlari bu kamchilikni tan olib, qisqa fursatlarda fuqaroga 7 000 dona gʼisht pulini qaytarib berishlarini aytgan. Lekin oradan 1 yildan oshiq vaqt o‘tsa hamki, pul qaytarib berilmagan.

Shundan soʼng, fuqaro Xatirchi tuman jamiyatiga murojaat qilishga majbur boʼlgan. MChJ maʼmuriyati jamiyat masʼullariga ham fuqaro pulini qaytarib berishlarini, lekin hozirgi vaqtda moliyaviy imkoniyatlari yoʼqligini aytib, turli bahonalar bilan chalgʼitishga urinishdi. Shu sababli, jamiyat tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Kattaqo'rgʼon tumanlararo sudiga fuqaro N.L. manfaatini koʼzlab, davo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, isteʼmolchi foydasiga 7 700 000 soʼm moddiy, 500 000 soʼm maʼnaviy zarar, shuningdek, davlat  foydasiga 1 020 000 soʼm davlat boji undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00