
05.09.2023
Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Taxtako‘prik" MFY hududida yashovchi F.Y.ning tabiiy gazdan qarzdorlikka oydinlik kiritish masalasida tuman prokuraturasiga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida iste'molchining shaxsiy hisobvarag'idagi ma'lumotlar gaz idorasining “Billing” dasturi bo‘yicha solishtirilganda 2023-yilning 4-fevral kuni iste'molchi xonadoniga o‘rnatilgan yangi gaz hisoblash uskunasi bazada ro‘yxatga kiritilmagani hamda operatorlar tomonidan iste'molchining xatlovi o‘z vaqtida hisobga olinmagani oqibatida iste'molchi hisobraqamida haqiqatdagi 790 860 ming so‘mlik iste'mol ko‘rsatkichi o‘rniga 3 663 093 so‘m miqdoridagi iste'mol summasi (qarzdorlik) kelib chiqqanligi ma'lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati tomonidan to‘plangan hujjatlar, iste'molchiga nisbatan noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik summasini bartaraf qilinishi va "Billing" dasturidan chiqarilish chora-tadbirlari ko‘rilishi uchun "Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali tuman bo‘limiga chiqarildi.