Telegram-bot Virtual qabulxona

27.02.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Mirishkor tumani "Yangi Mirishko"r mahallasida yashovchi fuqaro H.B. "Alif shop" ilovasi orqali 2 million 385 ming soʻmga "Tecno Pova Neo" rusumli smartfonni muddatli toʻlov asosida xarid qilgan. Biroq unga mana shu rusumdagi yana bitta smartfon uchun shartnoma rasmiylashtirib yuborilgan va toʻlovlar har ikki shartnoma boʻyicha talab qilina boshlagan. Ikkinchi shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida iste'molchining murojaatlari esa qanoatlantirilmagan.

Iste'molchining bu haqda federasiya ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha oʻrganilib, hech bir asossiz rasmiylashtirilgan 2 million 385 ming soʻmlik ikkinchi shartnoma bekor qilindi va iste'molchi hisobidan ortiqcha yechib olingan toʻlovlar unga toʻliq qaytarilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00