27.09.2024
Muborak tumani "Tong" mahallasida yashovchi fuqaro Y.L. tumandagi “Globus 001” MCHJga qarashli maishiy texnikalar savdo do’konidan “Alif nasiya” ilovasi orqali shartnoma asosida “Samsung” rusumli uyali aloqa vositasini 5 million 450 ming so’mga, “ELT RF-205” rusumli muzlatgichni 5 million so’mga xarid qiladi. Biroq ushbu mahsulotlarning sifati iste’molchining talablari darajasida bo’lib chiqmaydi. Sotib olingan maishiy texnikalarda turli nuqsonlar kuzatiladi. Sotuvchi esa kamchiliklarni bartaraf etishni istamaydi.
Fuqaroning murojaati tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o’rganildi. O’rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va nuqsonli maishiy texnika vositalari boshqa sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.