Telegram-bot Virtual qabulxona

15.08.2023

Iste`molchilar huquqlari qonun himoyasida

Sir emaski, hech birimiz sifatsiz buyumdan foydalanishni xoxlamaymiz. Ammo har doim ham xarid qilgan mahsulotimiz kutganimizdek talabga javob beravermaydi. Yashirib nima qildik, mahsulot sifatsizligidan kuyib qolgan paytlarimiz ham boʻlgan. Bunday holatda oʻz haq-huquqini yaxshi bilgan xaridorgina mahsulotni sifatlisiga almashtirib berishlarini talab qiladi yoki tegishli idoralarga murojaat qiladi.

Xuddi shunday mazmundagi murojaat bilan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Mingbuloq tumani “Baland gurtepa” MFYda yashovchi fuqaro Mamadaliyev Orifjonning murojaat kelib tushdi Murojaatda fuqaro M.O. Savdo doʻkonlaridan narxi 5.200.000 (besh million ikki yuz) ming soʻmlik havo sovutgich sotib olganligi, ammo ushbu tovar kafolat muddati tugamay nosoz holatga kelib qolgan Kafolatlangan buyumni “Artel”servis xizmati MCHJ taʼmirlab bermagach Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali noroziligini bildirib oʻtgan.

Mazkur murojaatga asosan, Mingbuloq jamiyat masʼul xodimlari tomonidan holat oʻrganib chiqildi. Isteʼmolchi foydasiga ijobiy hal etildi .


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00