Telegram-bot Virtual qabulxona

14.08.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Uychi tumanida yashovchi fuqaro X.O. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga koʻra, fuqaro Uychi tumanida joylashgan  savdo doʻkonidan 4 200 000 soʻmga muddatli toʻlov asosida noutbuk sotib olgan. Biroq oradan 2 kun oʻtib, noutbuk  uchun qilingan shartnomadagi summani ma'lum sababga ko'ra to'lay olmasligini hisobga olib, doʻkonga qaytarib olib borgan va isteʼmolchi toʻlov turi arzonroq boʻlgan kompyuterga almashtirib berishini soʻragan, ammo sotuvchi rad javobini bergan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, isteʼmolchi xohishiga koʻra, boshqa noutbukka almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00