Telegram-bot Virtual qabulxona

02.05.2024

Salkam 25 million so'm ortiqcha undirilgan to'lovlar iste'molchilarga qaytarildi

Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda inson manfaatlarini himoya qilish, qadr-qimmatini ulug‘lash bosh vazifa hisoblanadi.Bu jarayonlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kabi dolzarb vazifalar ustuvor bo‘lishi lozim. Bundan kutilgan asosiy maqsad esa iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, haqqoniyligi hamda iste’mol qilinadigan mahsulotlarning insonlar sog‘ligi va hayotiga zarar yetkazmaydigan tarzda bo‘lishi talab etiladi.

Bu borada Toshkent viloyati Ohangaron tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ish jarayonida asosan, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Toshkent viloyati hokimining 2020-yil 19-fevraldagi “Viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatlar muhim dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Tuman aholisining murojaatlari o'rganilib, ularning iste'molchi sifatida buzilgan huquqlari tiklanmoqda.

Jumladan, Ohangaron tumanidagi “Ilg‘or”mahalla fuqarolar yig‘ini va “Angren Bunyod Fayz” MChJ filiali o‘rtasida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2023-yilning dekabr oyidan ommaviy shartnoma imzolangan. Biroq MChJ aholiga 2023-yil dekabr oyidan xizmat ko‘rsatishni boshlagan bo‘lsa-da, oktyabr, noyabr oylari uchun ham ortiqcha to‘lov undirilgan.

Ohangaron tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ushbu murojaat to'liq o‘rganilib, iste’molchilar foydasiga 24 684 800 so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

 

 

                                                                               

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00